Asosiy mavzular
2 sentyabr 2022

RTdan va'z: Tushunganlar kogortasi

Bundan 31 yil oldin O‘zbekistonning oz sonli intelegentsiyasi mustaqillik tarafdori edi. Aksar avom esa, qachon aroq yana arzon bo‘lar, deb qumaloqqa qarab fol boqqan.

MS: Intelegentsiya degani,. nima u?  

RT: Tushungan va millatga nima zarurligini birov aytmasa ham o‘zi biladigan aqlli odamga intelegent deyilgan.

MS: Kim aytgan buni, nerdan chiqqan gap?

RT: Qadimgi Rimda davlatning asosiy kuchi armiya edi. Rimning barcha grajdanlari bu armiyada xizmat qilardi. Agar siz Rim armiyasida xizmat qilmasangiz yoki ishlamasangiz, unda siz Rim vatandoshi  degan nomga loyiq bo‘lmasdingiz.  

MS: Rim davlatining tizimi qanday edi?

RT: Rim qo‘shini, o‘z navbatida, legionlardan, legionlar kogortalardan, kogortalar tsenturiyalardan, tsenturiyalar bo‘lsa manipullaridan iborat bo‘lgan.

MS: Shu bois lug‘atimizga  manipulyatsiya qilish degan so‘z kirgan ekanda, Tuz og‘a!

RT: Umuman zamonaviy davlatchilik uchun Rim o‘rnak.  Rim davlatini bosqinchilardan 5 ming askar qo‘riqlagan. Legion tarkibidagi jangchilar yangi boshlovchilar, o‘qitilgan, tajribali, faxriylar va elitalarga bo‘lingan.
Yangi kelganlar odatda birinchi kogortani tashkil qilishadi, jangda qatnashgan jangchilar ikkinchi kogortada jang qildilar, bir necha janglarda qatnashgan jangchilar uchinchi kogortada jang qildilar, barcha urushlarda  qatnashgan jangchilar to‘rtinchi kogortada jang qildilar. Va nihoyat, beshinchi kogorta yoki yengilmas kogorta. Uni ko‘p xolllarda «so‘nggi ming askar» deb atashgan.

MS: Bu najot qo‘shinning vazifasi nima bo‘o‘gan?

RT: Uning vazifasi davlat mustaqilligini asrab, mutlaq g‘alaba qozonish bo‘lgan. Ushbu kogorta eng tajribali jangchilardan, nafaqat urushda qatnashgan jangchilardan, balki butun urushlarda qatnashib, faqat g‘alaba qilgan askarlardan  iborat edi.  Bu kogorta  jangning eng hal qiluvchi daqiqasida jangga kirar va aynan ular jang natijasini hal qilardi.

Bu kogorta  hech qachon buyruqsiz chekinmagan – dushmanni mag‘lub etgan yoki o‘lgan! Shuning uchun uni «engilmas» deb atashardi, chunki uni mag‘lub etish mumkin emas edi. Uni faqat yo‘q qilish mumkin edi.

Legionning so‘nggi kogortasini yo‘q qilish degani – bu, dushman butun legionni yo‘q qilganini bildirardi. Chunki legionning asosiy tayanchi aynan ular edi. Legion lochinlari bo‘lgan yengilmas jangchilardir.  Bu botirlar kogortasini qadimgi Rimda ziyolilar deb nomlashgan. Intelegentsiya – ya'ni tushungan odamlar. Bu ziyolilar legiondagi so‘nggi kogortaning mag‘rur askarlaridir.

MS: Nima uchun bu jangchilar ziyolilar, ya'ni «tushunganlar»deb nomlangan?

RT: Bu juda oddiy. Bu odamlarga hech narsani tushuntirishlari shart emas edi, ular hamma narsani o‘zlari bilar edilar. Vatan bo‘linmasligi va sotilmasligi. Har qanday dushman rus kemasi tarafga qarab jo‘natilishi lozimligini birov aytmasa ham ichdan bilardilar.  Ular vatan uchun nima qilish kerakligini va qachon qilish kerakligini tushunar edilar.

Ularga dushmanga qarab  qachon xujum qilish kerakligini aytishning hojati yo‘q edi.  Ularga qalqonni qachon ko‘tarish kerakligini va qachon ko‘tarilmasligini aytishning hojati yo‘q edi.

Ular dushman kimu, do‘st kimligini rahbariyatdan ham yaxshi bilishardi. Mabodo rahbarlardan kimdir sotqinlik amrini bersa, bu kogorta o‘qlari unga qarab otilardi.

Bu jangchilarning o‘zlari hamma narsani bilar, hamma narsani tushunar yedilar va shuning uchun ularni tushunganlar , ya'ni ziyolilar deb atashgan.

Bu jangchilarda Rimning dahshatli kuchi tajassum qilgandi. Ushbu jangchilar orasidan  imperator gvardiyasi va Senat kogortalari tashkil qilingan  Patritsiylar, senatorlar, tribunlar, tsenzorlar, pretorlar va boshqalar. Intellektual, ya'ni oxirgi kogortaning jangchisi bo‘lishni  yoki bu jangchining qo‘lini qisishni barcha legionerlar o‘zlariga sharaf deb bilishgan.

So‘nggi kogortaning jangchisi bo‘lish, ya'ni ziyoli bo‘lish  – bu eng yuqori sinfdagi harbiy ishlarda professional  bo‘lish va Rimning eng yaxshi odamlari bilan bir qatorda yelkama-elka kurashishga loyiq bo‘lish va bu – Rimning eng yaxshi xalqi vakili bo‘lish demakdir.

Sharafli millat vakili

Ziyoli degani millatning eng sharafli vakilidir.

Ziyolilar Rim imperiyasining tayanchi. Ziyolilar Rim jamiyatining skeletidir.  Ziyolilar bo‘lmasa davlat oyoqda tura olmaydi.

MS: Tuz og‘a bundan 31 yil oldin O‘zbekiston mustaqilligini istagan kogorta bu – ziyolilar edi. Bugun ham shundaymi? Lekin qorin och bo‘lgandan ko‘ra, o‘risga qul bo‘lib, buxanka yegan yaxshi emasmi?

RT: Rossiya propagandonlari «biz o‘zbek rahbarlarining tilini qisiq qilib, umurtqasini sindirib qo‘ydik. O‘zbek xalqini esa TV orqali o‘risqul zombiga aylantirdik. Rossiya ko‘chasini supuradigan o‘zbek Putinni otasidan ham yaxshi ko‘radi. Ikki yil oldin o‘ris askariga haykal va butxona qurgan O‘zbekiston bizning paytava yuvadigan og‘ilxonamizga aylandi» deya astoydil  o‘ylashadi.

O‘rislar nazarida  o‘zbeklar ich-ichidan o‘risparast va o‘zbeklar shunchaki xo‘jako‘rsinga gimn, bayroq va paradlar qilib o‘zini aldaydi, aslida ular jon deb o‘risning shippagiga patak bo‘ladi.
MS: Rahbariyat allaqachon patakka aylangani rost, ammo lekin…

RT: O‘rislar o‘ylashicha, o‘zbeklar tug‘ilishi bilan qo‘rqoqqa aylanishadi va hech qachon mustaqillik uchun kurashmaydi.

Hatto o‘ris antropologlari beshikda yotaverib, boshi pachaq bo‘lgan o‘zbeklar kalla suratini jismoniy nuqsonning ruhiy majruhlikka aylanish o‘rnagi o‘laroq, medinstitut talabalariga ko‘rsatishadi.
Ammo, o‘ris propagandonlari oz sonda bo‘lsa ham  O‘zbekistonda oydin fikrli ziyolilar borligini hisobga olishmadi.

MS: O‘zbek ziyolisi uchun Mustaqillik nima?
RT: Mustaqillik bu – oldi ortiga qarab hurkmay istagan davlat rahbarini tabriklay olish. Masalan Zelenskiyni qutlash.

Mustaqillik bu – Z xarfini ko‘targan Abzal Rafiqovni rus kemasi cho‘kkan tarafga bemalol yo‘llash erkinligi.
Mustaqillik bu – agar mabodo o‘rislar bostirib kelsa, shisha ichiga benzini to‘ldirib bosqinchi tankiga qarata irg‘itish imkoni.
Mustaqillik bu – mamlakatni kanaday so‘rgan o‘g‘ri mulozimlarga qaramay davlatni seva olish tuyg‘usi.
Bu shu millatga (davlatga) mansublik tuyg‘usi, o‘zingga va yaqinlaringga ishonish.
O‘zbekistonni davlat sifatida yo‘q qilmoqchi bo‘lgan o‘risqullaru, ummatchi ko‘knorihayollarni etik bilan yanchib xokandoz bilan tozalash ham mustaqillik timsoli.

Mustaqillik muborak, millat!

MS: Muborak Muborak. Ammo cho‘ntakda hemiri yo‘q. Qish kelmoqda o‘tin yo‘q. Mirziyoevning kecha mustaqillik bayramida SSSRga qarshi ohangda gapirgani Moskvaga yoqmadi. Tagi namongonlik kreml oligarxi Usmonovning puliga ishlaydigan «Komersant'» gazetasi Mirziyoevni urib chiqdi. Oddiy aholi ham SSSRga qaytamiz, deydi. Hali Mirziyoevni chin dildan maqtagan samimiy odamni ko‘rmadim.
RT: Eh Matchon suqilish. Sen o‘ris matbuotini o‘qima. O‘ris matbuotini ko‘p o‘qisang, zir-zir kasaliga yo‘liqib, o‘lib ketasan. Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati  Zatulin O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning O‘zbekistondagi minglab sovet qatag‘onlari haqidagi so‘zlariga qo‘pol munosabat bildirdi. Zatulinning so‘zlariga ko‘ra, SSSRda qatag‘onlar bo‘lmagan, faqat yaxshi narsalar bo‘lgan. Mirziyoev ruslarni yoki Rossiyani emas, sovet tuzumini aybladi. Mana vatandosh Otabek Toshev gaplariga diqqat qil. U padxalim emas:
«Shavkat Mirziyoev hurmatga sazovar inson. Kechagi nutqida Rossiya bosqinchilarining qatliomlarini, Turkiston ozodliki uchun shahid bo‘lgan bobolarimizni  esladi, ularning xotirasini abadiylashtirish uchun ko‘plab ishlar qilayapti. Shu vaqtgacha 1919-yilda tashkil bo‘lgan Turkiston muxtoriyati, jadidlarni eslash ta'qiqlangan edi. Davlat rahbari mustaqillik tantanalarida so‘zlagan nutqida mustaqil bo‘lish oson bo‘lmagani, nafaqat 31 yil oldin, shuningdek yuz yildan oshiq vaqt ozodlik uchun  kurashganimiz, bu yo‘lda 100 minglarcha jasur bobolarimiz bosqinchilar tomonidan qatog‘on qilingani, o‘ldirilgani haqida aytib o‘tdi. Shavkat Mirziyoev davrida jadidlar ulug‘landi, mustaqillik bayrami tantanasida hatto Turkiston gimni o‘qildi.»
MS: Behbudiy ustoz. Tamaraxonim. Cho‘lpon turkistoni. Retro metro. Mustaqillik bayrami mamlakat istiqloli jiddiy xatar ostida bo‘lgan shu kunlarda bir qadar samimiy o‘tdi. Faqat Sirojiddin Sayyidning maddoh shig‘iri shoyi ko‘ylakka bo‘z yamog‘day bo‘ldi-da, Tuz og‘a.
RT: Ha, Go‘ro‘g‘lining gapini Jaloladdin nomidan ayttirib ochko olish ham o‘zini oqlamadi. Shou oxiridagi Karimovdan sunnat bo‘lgan «salom shox» deb nom olgan artistlar bilan «bay-bay» qilish sahnasi biroz cho‘zildi. Tirjaygan G‘ulom va abadiy g‘ijjakchi Abduxoshimning siyqa basharasi guruch ichidan chiqqan kurmak kabi odamga yoqmadi. O‘tkan yili o‘risparastlar serkasiga aylangan troynoy xajiananing yana O‘zbekistonni «Xech kimga bermayman» deb chiqishi ham siyosiy korrekt bo‘lmadi. Yaxshi tomoni shouda milliy etnik va zamonaviy qirralar ko‘rsatildi. Diniy klerikal mentor sahnalar deyarli bo‘lmadi. Shoudagi jadidlar ishtiroki ma'qul. O‘zbekistonni Rossiyaning orqa xovlisi bo‘lishiga qarshi bo‘lgan qurolsiz kuchlarni bayram bilan tabriklayman. Ular bir kun kelib kuchsizlarning eng katta quroli bo‘lgan haqiqatni aytish va qo‘rqmaslik kabi hislatlarga ega bo‘ladilar deb umid qilaman. Bizni kosmopolit bangihayollar emas, balki Turkiston zaminidagi muammolarga yechim izlashga intilish birlashtirsin. Masalan, nega Samarqanddagi  o‘spirin qiz o‘z bobosini bolta bilan chopib o‘ldirdi, degan savol javobini izlaylik.

Erkinlik nima?

MS: Erkinlik nima o‘zi.
RT: Menimcha erkinlik birov beradigan narsa emas. Balki sendan tortib olib bo‘lmaydigan narsa.
Jamoat bosimi va rejimlardan erkin bo‘lish – bu doimiy faollikdir.
Hamma qirol kiyimini maqtayotgan paytda, uning yalang‘och ekanligini ayta olish uchun odam erkin bo‘lishi kerak.
Erk so‘zi va erkak so‘zi  orasida o‘xshashlik bor.
Salomlashganda Assalomu alaykum deydigan no‘xcha (chechen)lar xayrlashganda «Erkin bo‘l» deydi.
So‘z erkinligi. Ifoda erkinligi. Sayoxat erkinligi. Yurish-turish erkinligi.
Erkinlik nimaligini shoir Paxlavon Maxmud bir jumlaga joylagan.
«Kim agar ozoddir – ul shoddir» Paxlavon Maxmud erkinlikni sevgan va minglab odamlarga erkinlik  bergan filosof edi.
Paxlavon Maxmud Xindistonda qullikda bo‘lgan minglab xorazmliklarni ozod qilgan juvonmarddir.
Erkinlikka qovushgan bu odamlar minnatdorlik ramzi sifatida  Xiva shahrini kesib o‘tadigan kanal qazib berishdi.
Kanal  Paxlavon Maxmud nomiga qo‘yilgan. «Polvon yop» deb ataladi. Bugun ham shu kanaldan suv oqib turibdi.
Davronda ko‘p ko‘zni men giryon ko‘rdim,
Neki balo bo‘lsa, beomon ko‘rdim.
Nuh-ku ming yil yashab ko‘rdi bir to‘fon,
Men Nuh bo‘lmasam ham ming to‘fon ko‘rdim.
Mustaqillik muborak, millat!!!
MS: Nega bo‘lmasa hamma yoqni o‘risqullar bosib ketgan. Huddi bizni Moskva boshqarib o‘tirganday. Nega?
RT: O‘zbekiston hukumati 2 yil oldin Rus bosqinchiligi reklamasi uchun milliardlab pul sarflab mana bunga o‘xshash pavilonlar qurdi Toshkentda. (Butun Sharqiy Yevropada bunday haykallar ontarilayotgan bir paytda bunga pul sarflash uchun super ahmoq bo‘lish joiz. Nega o‘risparastlar ko‘paydi degan savol javobi bu. Fe'lan mustaqillik dushmanlari va rasman Putin qullari davlat tepasida.
MS: Kecha o‘lgan Mixail Gorbachevni O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi deyishyapti. U o‘zi O‘zbekistonga biror marta kelganmi?
RT: Kelgan. O‘zim ko‘rganman. 1988 yilning aprel oyida Mixail Gorbachev Toshkentga kelgandi. Majlis bo‘layotgan zalda bir muddat svet o‘chib qolganida «Hayratonning narigi tarafidagi dushmanlarning ishi emasmi bu» deb hazil ham qilgandi Mixail Sergeevich. Xuddi shu kuni oddiy xalq bilan uchrashgan Gorbachev o‘zbek dehqonlariga qo‘shimcha tomorqa yeri va o‘qituvchilarga uy qurish uchun yer ajratish haqida o‘zbek rahbariyatiga topshiriq bergandi. Bungacha 600 gektarga yaqin kolxoz yerlari dehqonlarga tomora qilib berilgandi. O‘sha paytda minglab oddiy o‘qituvchilar uyli  bo‘lgan va millionlab o‘zbeklar tomorqa yeri olgandi. Yaxshilikni unutmaymiz.
MS: Nega uni lyuboy o‘zbek, hatto magzinchi G‘aybulla aka ham sotqin deydi. Shunday yaxshi davlat SSSRni ontardi deb yerlarga dumalab yig‘lashadi. Ayniqsa xojakalar qattiq sog‘inarkan SSSRni. Nega?
RT: Putinparast o‘risqul avom Gorbachevday ulug‘ siyosatchi qadrin ne bilsin. Tarixiy shaxslarga baxoni biomusorlar emas, muarrixlar beradi. Zar qadrini zargar bilar, chilangar neni bilar. Gorbachev qadrini mana men bilaman. Mixail Sergeevich Gorbachyov Nobel mukofoti uchun olgan million dollar pulini, oltita kasalxona, jumladan, Orolbo‘yida bitta kasalxona qurdirishga hayriya qilgan. Mana shunday inson bo‘lgan, Mixail Gorbachev.
MS: Shunday yaxshi ishlar qilgan bo‘lsa, nega Toshkentda unga haykal qo‘ymaymiz. Nega Cho‘lponu Fitarlarni ottirgan stalinchi jallod Usmon Yusupovga haykal qo‘yyamiz. Ne poryadok!
RT: Germaniyada oxirgi SSSR prezidentining ikkita bronza haykali bor. Bittasi Berlinda, yana bittasi Saksoniyaning Dessau-Roslau shahrida. Saksoniyaga o‘rnatilgan haykalda Gorbachev qo‘lida bolg‘a bilan tasvirlangan. Rassom g‘oyasiga ko‘ra, aynan Gorbachev bois GDR va FRG o‘rtasidagi devor ag‘darilib ikki davlat birlashgan. Gorbachev 1985 yilda e'lon qilgan qayta qurish va oshkoralik siyosati bois SSSRdagi xalqlar, jumladan o‘zbeklar o‘z mustaqilligi uchun kurasha boshladi. Aynan Gorbachev davrida Toshkentdagi Lenin maydonida yuzminglab odamlar o‘zbek tili va davlat mustaqilligi talabi bilan mitinglarga chiqqan edi. SSSRparastlar doim Gorbachevni yomon ko‘rgan. 1991 yil 19 avgustida sotqin generallar SSSRni saqlab qolish uchun davlat to‘ntarishi tashkil qilib Gorbachevni qamab qo‘yishgandi. O‘shanda Xindistondan Toshkentga uchayotgan O‘zbekiston rahbari sotqin putchistlar rahbari Yanaevga hushomadli telegramma yo‘llab ularga sodiqlik izxor qilgandi. Gorbachev SSSRni tarqatmay qurol yordamida o‘z kreslosini saqlab qolishi mumkin edi. Bosh qo‘mondon sifatida bunga haqqi bor edi. Ammo u tinch tarqalish bo‘yicha siyosiy irodali qaror qabul qildi. Shu tariqa 15 respublika mustaqil bo‘ldi. Shular qatorida O‘zbekiston ham. Shu omillardan kelib chiqib, Toshkent ko‘chalaridan biriga mustaqilligimiz sababchilari bo‘lgan Gorbachev, Yeltsin, Kravchuk va Shushkevich nomlarini berish va ularga haykal qo‘yish kerak deb bilaman. Bundan tashqari, o‘zbek xalqi mustaqilligini himoya qilib nutqlar so‘zlagan ulug‘ olim Andrey Saxarov, huquq faoli Valeriya Novodvorskaya nomini ham o‘zbekistonda abadiylashtirish kerak. Agar biz yaxshilikni biladigan va erkinlikni sevadigan mag‘rur millat bo‘lsak buni qilishimiz kerak. Qul va o‘risparast bo‘lsak, yotgan botqoqimizdan qimirlamasak ham bo‘ladi.

Gorbachev sening tog‘angmas

MS: Tuz og‘a, shu kunda bir qo‘shiq  yomon moda bo‘ldi. Dunyo sani akangmas, Dunyo sani opongmas. Dunyo sani doyingmas degan. Yuzi go‘zzini bint bilan bog‘lab avariya bo‘lg‘an bechorala aytado‘n oydim. Shu sizni gaplaringizni eshitib tunin o‘lgan Gorbachev sizni doyingizmi dapam o‘yladim lekin.
RT: Gorbachev men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti.  Mixail Gorbachyov O‘zbekiston mustaqilligining asl me'mori.
Aynan Gorbachyov bergan hurriyat bois men, jurfakning oddiy talabasi, mustaqil “Erkin so‘z” gazetasini nashr qildim, “Erkin yoshlar” uyushmasini tuzib, talabalarni harakatga keltirish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldim.
O‘shanda sovet mafkurasidan miyasi beton kabi qotgan domlalar senga bu jur'atni kim berdi deganida, Mixail Gorbachyov deganman.
Ayni jur'at qanotida O‘zbekistondagi ilk mustaqil TV tashkilotchisi bo‘ldim. Agar Gorbachyov bo‘lmaganida O‘zbekiston mustaqil bo‘lmas edi. Gorbachyovdan minnatdorman. Faqat bu minnatdorlik qatida ozgina gina-kudurat ham bor.
Bizga demokratiya, so‘z erkinligi va eng muhimi, mustaqillik ato qilgan Gorbachyov boshimizga Karimov kabi bir johil mustabidni tikib ketdi. 1989 yil 23 iyun kuni Mixail Gorbachyov O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligiga Karimovni tayinladi.
Insof yuzasidan aytish kerak, Gorbachyov avval boshidanoq Karimov nomzodiga qarshi chiqdi va uning nomzodini tasdiqlamadi. Kadrlar bo‘yicha mas'ul Yegor Ligachyov ham Karimovga qarshi bo‘ldi. Ular tasarrufidagi ma'lumotlarda Karimov boshqalardan farq qilmaydigan johil bir obkom kotibi edi.
Ammo SSSR tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze Gorbachyovni ko‘ndirgan. Sovet Ittifoqi kabi ulkan mamlakatning ming bir tashvishi bilan band Gorbachyov shartli tarzda bu nusxani O‘zbekistonga rahbar qilib qo‘ydi. U yog‘i nima bo‘lganiga tarix guvoh.
Baribir Gorbachyov bois O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi  va u o‘zi yaratgan kaltakesaklardan uzoqroq yashadi.

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
5 avgust 2019
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘nggi vaqtlarda xalqning cheksiz g‘azabiga duchor bo‘layotgan buz-buzlarda o‘zining aybi yo‘qligini bildirdi.  Davlat rahbari uy-joylar ...
16 iyun 2024
Fazliddin Madaliev “Fazliddin Madaliev” fermer xo‘jaligi rahbari. U 17 gektar yerga g‘alla ekkan edi.Markaziy Farg‘ona cho‘llarida joylashgan ekin maydonlarida ...
26 sentyabr 2017
26 sentyabr kuni tanqidiy fikrlari uchun o‘zbek hukumatining qora ro‘yxatiga kiritilgan 63 yoshli yozuvchi Nurilla Otaxonov Turkiyadan Toshkentga yo‘l ...
4 oktyabr 2015
“Yoshlar” telekanalida efirga uzatilayotgan “Senga oshiqman” (Ishani) serialini O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalari monitoring markazi zararli, deb topdi.
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...