Catira
5 avgust 2019

Prezident buzilishlarda aybi yo‘qligini aytdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘nggi vaqtlarda xalqning cheksiz g‘azabiga duchor bo‘layotgan buz-buzlarda o‘zining aybi yo‘qligini bildirdi. 

Davlat rahbari uy-joylar va maishiy ob'ektlarni keng ko‘lamda buzishlar sabab Yakkabog‘ va Urganchda yuz bergan voqealar ortidan xalq oldida o‘zining bu ishlarga aloqador emasligini ma'lum qilishga majbur bo‘ldi. 

Belarusdagi rasmiy tashrifdan qaytgach, 2 avgust kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev eng ko‘p shov-shuvli noroziliklar kuzatilgan Qashqadaryo, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari hokimlarini, ular timsolida buzilishlarga bosh bo‘layotgan boshqa amaldorlarni asosiy aybdorlar sifatida ko‘rsatdi. 

“Noinsoflar, men sizlarning qay biringga buzgin, deb topshiriq berdim? Men sizlarga avvalo odamlarni rozi qilib, keyin janob Zokirov degan vazir bilan o‘tirib, loyiha qilib, bosh vazirga hisobot berib, keyin qilinglar, deb topshiriq berganman”, dedi prezident.

“Mantiqan olib qaraganda, bu davlat rahbarining o‘zini o‘zi oqlashiga urinishidir. Zero, so‘nggi vaqtlarda qurilish bahonasida buzilishlar ko‘payib, xalqning ichki noroziligi kuchayib ketdi”, dedi vaziyatni kuzatib borayotgan tahlilchi Abubakr Tursunov “Eltuz” bilan suhbatda. 

Uning ta'kidlashicha, mamlakatda zamonaviy qurilishlar qilish prezidentning tashabbusidir. Davlat rahbari bu borada barcha viloyatlar rahbarlariga topshiriqlar bergan, shahar va qishloqlarning qiyofasini tubdan o‘zgartirish tashabbuslari bilan chiqqan.

“Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlarini amalga oshirish, turli sitilar qurish tashabbuslari aynan prezidentga tegishlidir. 

“Ammo joylardagi amaldorlar Shavkat Mirziyoevning bu tashabbuslarini qalqon qilib, yana pul ishlash yo‘liga o‘tib ketdi. Masalan, hududlar markazidagi eng yaxshi joylar turli qurilishlar bahonasida buzilib, amaldorlarning yaqinlari va biznesdagi sheriklari tomonidan egallab olinmoqda”, dedi tahlilchi A.Tursunov. 

Uning fikricha, O‘zbekistondagi yangi qurilishlar bugungi kunda korruptsiyaning amaldorlar “pul qilishi” mumkin bo‘lgan eng dolzarb sohasiga aylangan. 

Prezident yig‘ilishda hokimliklarning buzilish ishlaridagi o‘zboshimchaliklari, zo‘ravonliklari mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘siga soya bo‘lib tushayotganini ham ta'kidladi. 

Ammo uning gaplari mazmunidan kelib chiqilsa, davlat rahbari o‘z hukmronligi boshlanishi davridagi ancha ijobiy bo‘lgan imiji salbiylashayotganidan ham tashvishda ekanini ko‘rish mumkin. 

Mana, odamlar izohlarda yig‘layapti, sening rasming yo‘q, prezidentning rasmi bor… Bularni o‘qib men qanday kabinetimda tinch o‘tira olaman?.. Endi butun internet prezident topshiriq bergan, buzish, odamlarni norizo qilish bilan to‘lib-toshdi”, deya yozg‘irdi Shavkat Mirziyoev

Tahlilchi Abubakr Tursunovning “Eltuz”ga aytishicha, prezidentning bunday gaplari tabiiydir. Chunki O‘zbekistonning so‘nggi vaqtlarda xalqaro maydonda imiji yuksalishi aynan Shavkat Mirziyoevning qilayotgan o‘zgarishlari ortidan yuzaga kelgan ijobiy imijiga bevosita bog‘liq. 

“Bunday zo‘ravonlik siyosati bilan biz uzoqqa bora olmaymiz. Agar zo‘ravonlik siyosati foydali bo‘lganida 30 yilda zo‘r bo‘lib ketgan bo‘lar edik”, dedi prezident yig‘ilishda. 

Tahlilchi Abubakr Tursunovning fikricha, yig‘ilishda yangrayotgan bayonotlarning eng e'tiborlisi mana shu gaplardir. 

“Mazkur messaj ham O‘zbekiston xalqiga, ham xalqaro hamjamiyatga qaratilgan. Mirziyoev bu gaplari bilan mamlakat avtoritar, zo‘ravonlikka asoslangan tuzumdan demokratik tizimga o‘tish sari borishini anglatmoqda. Qolaversa, xalqning dardiga quloq tutish kerakligi aytilmoqda. Nazarimda, bu juda kuchli messaj”, dedi A.Tursunov. 

Yaqinda yozuvchi Murod Muhammad Do‘st internet orqali chiqishida mamlakatdagi qurilishlar bahonasidagi buzilishlarni nazarda tutib, shishirilayotgan bu pufak tez orada yorilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Yozuvchi pufakning yorilishi xalqqa yana bir og‘ir zarba bo‘lib tushishini ta'kidlagandi. 

Ammo Shavkat Mirziyoevning bir guruh maddohlarni yozuvchining bu ogohlantirishini uni bugungi islohotlarni ko‘rolmayotganlikka yo‘ygan, har tomondan ijodkorga toshlar otgan edi. 

Shavkat Mirziyoevning yuqorida tilga olingan yig‘ilishda aytgan gaplari esa aslida mana shu maddohlarning yuziga urilgan keskin tarsaki hamdir. 

“Eltuz”ning O‘zbekistondagi hamkori

Tag‘in o‘qing
2 avgust 2016
Ko‘zbo‘yamachilikning bu usuli Toshkentda Mustaqillikning 25 yilligi oldidan qilinayotgan xo‘jako‘rsin amaliyotlarning bir qismi ekani aytilmoqda. «Chinorlarni chopishmoqda – archalarni ...
20 aprel 2016
Xususan, «XXI asr» gazetasining yozishicha, 2015 yilda O‘zbekiston bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7,7 ...
23 oktyabr 2015
Ulug‘bek Ashur, Eltuz.com Shu yilning 4 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yashovchi 33 yoshli Aramais Avakyanning xonadoniga noxush ...
6 mart 2018
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa badavlat ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...