Asosiy mavzular
13 sentyabr 2022

EP 30: Vodiyning qo‘rqinchli ko‘chalari, mablag‘ga muhtoj tadbirkor, ta'mir bois sarson yo‘lovchilar

Bugungi shikoyatlar Andijonning qo‘rqinchli ko‘chasi, mablag‘ga muhtoj tadbirkor, ko‘prik ta'miri bois sarson bo‘layotgan marg‘ilonliklar. Dastlabki videomurojaatda serqatnov ko‘cha aks etgan:

Qo‘rqinchli 80-metr

“Andijon shahridagi xalq tilida “80 metrlik” deb ataluvchi ko‘cha bo‘yida yashovchi aholi nomidan yozmoqdamiz. Ushbu ko‘chaning Shodlik MFY hududida yashaymiz. Ko‘chaning “Oqshom” burilishidan to Qo‘shtepa guzariga qadar qismi tungi vaqtda umuman yoritilmaydi. Holbuki, ko‘cha o‘rtasida eng zamonaviy yoritgichlar o‘rnatilgan. Tungi vaqtda ko‘chani kesib o‘tish xavfli, ayniqsa, bolalar va qariyalarga qiyin. Shu sabab har haftada 1-2 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lmoqda. Chunki avtomobillar katta tezlikda harakatlanadi. Andijon shahri mas'ullaridan hududning tunda yoritilishini ta'minlashlarini so‘raymiz”.
Keyingi maktub Farg‘onadan:

Baland Machitning asfaltciz ko‘chasi

«Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Baland Machit M.F.Y. Norin ko‘chasidan murojaat yo‘llayapmiz.
Bizning ko‘chamiz qachon asfalt bo‘larkan? Jahon bankidan ajratilgan pullar xokimning 1-sektori va 2-sektorga ketib qolayapti. Jahon bankidan ajratilgan pullardan 2022-yilda Norin ko‘chasini asfalt qilib berishlarini so‘raymiz»

«Ish bor, ishchilar bor, pul yo‘q»

Farg‘onalik tadbirkor ayol ish yuritishga mablag‘i yo‘qligini aytmoqda, Samarqandlik vatandosh esa ko‘chani lotok yotqizish uchun buzishgani va u yerda chala payvandlangan quvur ochiq yotganini yozmoqda.

«Gaz sizayotgan havfli quvur»

“Camarqand shahri Isaeva ko‘chasi 53-uydan murojaat qilyapman. Ko‘chamizdagi binoyidek turgan joyni lotok quramiz deb buzishdi. Gaz quvurini ham uzib qo‘yishdi. Mayli, yomon gapirmadim, yonimdan xarajat qilib quvur olib kelib berdim. Lekin chala payvandlab ko‘mib ketishibdi. Gaz hidi chiqib yotibdi. Biror kor-hol bo‘lmasin, holatga jiddiy e'tibor qaratishlarini so‘rayman”.
«Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi holat. Ta'mir ishi cho‘zilyapti. Odamlar sarson bo‘lyapti. Ish kuni ham bu yerda hech kim yo‘q…” deya yozadi farg‘onalik piyoda.

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

Video: https://youtu.be/SJqzrRpNAG4

Tag‘in o‘qing
25 may 2018
Markaziy osiyolik bir guruh faollar O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli, kelib chiqishi korruptsion aktivlarning mazkur ...
20 noyabr 2020
Istayman: uyimning derazalari Doim ochiq tursin, lang ochiq tursin. Xonamda o‘ynasin quyosh zarlari, Yetmish yurt – iqlimdan shamollar yursin. ...
19 dekabr 2016
Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida rus fotosuratchilarining «Rossiya turklar nigohida» ko‘rgazmasining ochilish marosimida va'z o‘qiyotgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov ...
26 iyun 2019
Nihoyat 23 iyun kuni Istanbul shahri hokimligi uchun qayta saylov bo‘lib o‘tdi. Istanbul shahri hokimligi uchun 21 mart kuni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...