Asosiy mavzular
19 dekabr 2016

Karlov o‘ldirilgan joyda o‘zbek elchisi ham bo‘lgan

Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida rus fotosuratchilarining «Rossiya turklar nigohida» ko‘rgazmasining ochilish marosimida va'z o‘qiyotgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib o‘ldirildi.

Ba'zi manbalarga ko‘ra, Mert Oltintosh turk politsiyasi tezkor guruxi zobiti bo‘lgan

Voqea joyida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Ulfat Qodirov ham bo‘lgan. Qotil ilk o‘qni uzgan paytda Qodirov birinchilardan bo‘lib zalni tark qilgan.

Ko‘rgazma bo‘layotgan zalga «politsiyadanman» deya kirgan zamonaviy kostyum shimli kishi avvaliga osmonga o‘q uzib «daf bo‘ling hammangiz» deya baqirgan. Keyin esa elchining yelkasiga o‘q uzgan.

Qotil elchiga qarab ketma-ket o‘q uzarkan, «Halabda o‘ldirilgan norasida go‘daklar uchun qasos olaman. Ollohu Akbar» deya hayqirgan.

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov qotillik sodir etilgan payt Tsar pushka va uchta zambarak o‘qi aks etgan rasm fonida nutq so‘zlayotgan edi.

Odamlar zalni tark etganidan keyin qotil elchiga qarab yana o‘q uzgan.

Asnoda qotil turk maxsus kuchlari tarafidan o‘ldirilgan.

Rossiya rasmiy manbalari rus elchisi Andrey Karlovning o‘lganini tasdiqladi.

Eltuz muxbirining aniqlashicha, rus elchisini o‘ldirgan 22 yashar yigitning ismi Mert Oltintosh bo‘lgan. Ba'zi manbalarga ko‘ra, u haqiqatdan ham turk politsiyasi tezkor guruxi zobiti bo‘lgan.

Rossiyaning Suriyada olib borayotgan harbiy harakatlariga javoban qurolli hujum uyushtirilgani iddao qilinmoqda.


Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2015
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yashar o‘zbek yigit 18 qavatdan yiqilib o‘ldi. Eltuz.com
29 mart 2021
Avtomobilda otvyortka borligi uchun haydovchi avtomobili Yo‘l- patrul xizmati xodimi tomonidan tintuv qilingani ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. 23 ...
29 mart 2016
26 fevral kuni qabul qilingan qaror ijrosi shu kunlarda viloyatdan Toshkentga kelganlar uchun jiddiy muammoga aylanib ulgurdi. Guvohnoma olish ...
18 oktyabr 2016
Sobiq sho‘rolar davrida agrar soxani mexanizatsiyalash masalasiga ozmi-ko‘pmi e'tibor berilgani, mamlakatda katta miqdorda paxta terish kombaynlari ishlab chiqarilgani, paxta ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...