Asosiy mavzular
19 aprel 2023

Urib o‘ldirilgan qariya, yiqilgan dorboz va Toshkentda qurilayotgan rus cherkovi – 600’41

Salom qadrli muxlislar, bugun 19 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.

+++

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi maktabda erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan ikki o‘qituvchi ayol ishi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tomonidan nazoratga olindi. 

+++

«Qani bosdik bo‘lmasa…» Dorbozning zo‘ri faqat O‘zbekistonda bo‘ladi. Tarmoqda tomosha paytida ustunning sinib ketishi oqibatida dorbozning zarb bilan yerga qulagani aks etgan video tarqaldi. 

+++

Telegram chatlarida o‘zini ayol deya tanishtirib, tarmoqqa yalang‘och videolarni qo‘yib “xizmat” evaziga  “klient”lar kartochkalarini bo‘shatib kelgan shaxs ushlandi. “Peredogi bo‘sh” yigitlarga o‘z xizmatini taklif qilib kelgan qiz aslida Toshkentning Uchtepasida yashovchi, soqol qo‘ygan va besh vaqt namozni kanda qilmaydigan 29 yashar yigit bo‘lib chiqdi.

Ma qipti, gulday hunar! 

Faqat bu hunar uzoqqa bormadi. 

Bolta soqolli  “qiz“ 5 yildan 8 yilgacha kesilishi mumkin. Qamoqda…

+++

Qarz olsa qaytarmaydi¸ ijaraga uy olib haqini to‘lamaydi. Bu aqalliyat vatandoshlar tasnifi.   

13 aprel kuni soat 15:30 larda Kitob tumani «Guliston» mahallasida yashovchi U.E. bilan T.Q. o‘zaro janjallashib qoldi.  Fuqaro T.Q. qo‘lidagi tayoq bilan qariya U.E.ni urib, o‘ldirdi. 

Aniqlanishicha, marhum ayblanuvchining xonadonida ma'lum haq evaziga ishlagan. Uy egasi qariyaning haqqini berish o‘rniga uzoq vaqt uning haqqini bermay kelgan. Hodisa sodir bo‘lgan kuni qariya 1 200 000 so‘m pulini so‘rab ayblanuvchining uyiga borgan.

T.Q. jinoyat ishida JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qotil qamag‘da. Chol go‘rda. 

+++

Pul yig‘ishlar jonlariga tekkan Samarqanddagi maktab o‘quvchilari quyidagi matnni tarqatishda Eltuzdan amaliy yordam so‘rashdi.

«Loish Oqdaryo tumani Ulug‘bek Mavlum mahallasida joylashgan 9-maktabda direktor va o‘qituvchilar 11-A sinf o‘quvchilaridan majburan remont pulini olib kelishlarini talab qilishyapti. Pul olib kelmagan o‘quvchilar attestat ololmasligi va maktabga kelmaganlarni 47-modda orqali jarimaga tortishlarini aytishyapti. 

Ta'lim olish bepul emasmidi?

Ota onalarimiz to‘lagan soliqlardan ta'limga deb pul ajratilgan emasmi?

Pul yig‘ishlarni to‘xtatolmas ekansizlar har yerda «ta'limimiz bepul» deb, maqtanmasdan, yaxshisi, rasmiy qilib «endi ta'lim bepul emas» deb qo‘yaqolinglar. 

O‘qituvchilarning oyliklari yetmaydi o‘ziga deysizmi? Unda biz o‘quvchilarga o‘xshab ular ham haqlarini talab qilishsin. Ba'zilarning bizni pulimizdan boyib ketishiga qarab turmaylik.» 

O‘quvchilarning o‘z haq-huquqlarini himoya qilishni boshlashgani quvonarli albatta. Tahdidlar bo‘lmasligi uchun ular shaxslari sir saqlanishini iltimos qilishdi.

+++

DXX Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorini pora olayotganda qo‘lga oldi 

Sirdaryo viloyatidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan birining direktori yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbaridan uning o‘quv markazida tahsil olayotganlarning darslarga qatnashish holatini monitoring qilmaslik va MChJ faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 300 AQSh dollari talab qilib, muqaddam 2 mln so‘m olgan. Tezkor tadbir davomida u qolgan 1,4 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi. Poraxzho‘r mulozim qamoqda, Rassom Tuz esa ishi prokuraturaga o‘tsa, pora bilan uslovni olib chiqib ketsa kerak, degan gumonda. 

Ishongan tog‘da kiyik yotmas. Toshkentda voenniy biletni 600 dollarga sotgan voenkom ushlandi. Unga nisbatan  pora olish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Voenkom qamoqda.

Farg‘ona shahar Oybek ko‘chasida  yashaydigan qo‘shmachi xotin G.J o‘zining jinoiy sheriklari, M.A hamda M.Sh. ismli xotinlar bilan birga, N.K. ismli xotinni ikki kuniga 200 dollarga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Kelishuvga ko‘ra, bu xotin 200 evaziga ikki erkak bilan ikki kun davomizda seks qilishi kerak edi. Qo‘lga olingan paytda sotilgan xotin «meni manovlar majburlab pasportimni apqo‘yishdi. Meni voxtida rosa ezishgan bular» dedi. Xotinlar qamoqda, ularni seksga yollagan erkak haqida esa hech qanday ma'lumot yo‘q. 

Samarqandning Narpayida 70 yoshli cholni 60 yashar qaynukasi pichag‘lab tashladi. 

Ichki ishlar tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, ayblanuvchi mast bo‘lib pochchasini pichag‘lab qo‘yganini tan olgan. Pochcha esa janjalga ayoli bilan bo‘lgan janjal sabab ekanini aytgan. Jabrlanuvchi tirik. Ayblanuvchi bir yarim yilga kesildi. 

Toshkentlik biznesmenga pichoq tirab, «davay ikki million dollirni chig‘or» degan talonchi qo‘lga olindi. Shu kunning o‘zida bu talonchining Namangandagi besh sherigini ham qo‘liga kishan solib, ichkariga apkirib qo‘yishdi. Qo‘lga olinganlar yaqinda qamoqdan chiqqan tuzalmaydigan jinoyatchilardir. 

Qo‘lga olinganlarning asosiy qismi muqaddam sudlangan  sportchilar bo‘lib, ularning aksariyati bosqinchilik rejalashtirilgan biznesmen  bilan tanish bo‘lgan va hatto u bilan birga ishlab  birga yeb ichib birga jumaga chiqib yurishgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 164-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Talonchi qamag‘da. Biznesmen tirik. Pul temir qutida.

Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 mln so‘m yechib oldi. Bu payt ustoz komandirovkaga ketgan bo‘lgan. Pul qaytarildi. O‘quvchi qamoqda emas.

Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan 18 metrlik elektr avtobusi jiddiy sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qozog‘iston hukumati Ukraina hududidagi urushda qatnashgan mamlakat fuqarolariga nisbatan 10 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 

Hozirda fuqarolarning qaysi tarafda jang qilgani va bu ishlarda kimlar ayblanuvchi ekanligi noma'lum. 

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, xorijdagi qurolli mojarolarda qatnashish 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.  

2022 yilda Putin xizmat shartnomasini tuzgan chet el fuqarolariga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini beruvchi qonunni imzolagan edi. 

Putin Ukrainaning qarshi hujumiga yadroviy tahdidlar bilan javob berishi mumkin.

Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, shu kunlarda Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari sammitida Buyuk Britaniya vakillari Rossiyadan Ukrainaning bosib olingan hududlarini saqlab qolish uchun “ekstremal taktika”ni kutishlarini aytishgan.

+++

Finlandiya hukumati o‘z hududidagi Rossiya fan va madaniyat markazi binosini musodara qildi. Binoni sotib puli Ukrainaga beriladi. Tasanno. Bu paytga kelib Kreml kalishiga patak bo‘lgan o‘zbek hukumati bosqinchi Rossiya uchun Toshkentda cherkov qurib bermoqchi. Toshkentda «Qutqaruvchi Preobrajenskiy» degan rus provoslav cherkovi butxonasiga qo‘shib qurilarkan.

Buyuk Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini yubordi

Bu haqda Buyuk Britaniya qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

«Buyuk Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini yubordi. Buyuk Britaniya instruktorlari ukrainalik harbiy xizmatchilarga ushbu tanklarni boshqarish va ulardan jang maydonida foydalanishni o‘rgatdi», — deyiladi xabarda.

Rossiya masjidlarida musulmonlar Rossiya tomonida urushda qatnashishga da'vat etilmoqda. 

Masalan, Moskvada juma namoziga borganlarga mana shunday varaqalar tarqatildi. 

Bilingki, bu urushni Ukraina va ukrainlar boshlagan emas,  ukrainaliklarning uylariga urush kelgan. 

Bu so‘nggi 600 sekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
18 oktyabr 2022
Qashqadaryo viloyat Nishon tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli maktab o‘quvchilari shanba yakshanba kunlari paxta terimiga chiqarildi. «Ta'lim sifatining yo‘qligiga ...
6 sentyabr 2019
“Oramizdan chiqsa gar millatni yaxshi sevguvchi, biz oni dushmon bilib, taffoncha birlan otamiz”. Bu misralarni buyuk millatsevar yozuvchi Abdulla ...
20 dekabr 2022
«Eltuz» portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Samarqanddan. Yangi transformator o‘rnatilganiga qaramay, ayrim hududlarda hanuz chiroq ...
5 may 2016
«Gumrohlar», «Aldangan ayol», «Ajal jodusi», «Odnoklassniki» kabi bugungi hukumatning mafkuraviy talablariga javob beradigan filmlar rejissyori Hilol Nasimov bu kabi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...