Asosiy mavzular
16 iyun 2023

Kolbasa qori – RTdan va'z

RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. 

MS: Nichiksizla? Jollimisizlo, mo‘chchi bika, ham xo‘jik birrilo…

RT: Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz borsizki, men borman! Siz taraf uzatgan qo‘lim istiqboliga minglab qo‘llar salom va olqish uchun uzalayotganini ko‘rib turibman. Saflarimiz kengaymoqda. Qo‘llarni qo‘llarga beraylik, ellardan ellarga yuraylik. Kunlar kaleydaskop kabi yetti marta aylandi. Xafta o‘tib sizlar bilan yuzlashdim. O‘tkan safar meni yutubda tomosha qilib o‘tirgan buxorolik  talaba bugun tomashabinlar orasida yo‘q.

MS: Nishatdi yo, issi urib  o‘ldimi?

RT: O‘zini o‘ldirdi  Matchonboy. Buxorodagi Osiyo Xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyining 6-qavatidan o‘zini tashlab, voqea joyida o‘ldi.

Qirilishga loyiq xalq

MS: O‘zbekistondayi odamlo yoshoshni istamin qo‘ydi. Bu getishda xolq o‘lib qirilib getsa garak. 

RT: Matchonboy xalq qirilib ketsa demak qirilishga loyiq. Jorj Noel Gordon Bayron degan ingliz shoirining bir gapi bor «Kimki o‘z vatanini sevmasa demak u hech kim va hech narsani seva olmaydi» 

MS: Odamlar navchun yaxshi go‘rishi garak bi jillixonanani. Piyodo bo‘lsada, Kanada chegarasina yetib oljoqlo. Krokodil yesada Meksikaya qarab getjakla. O‘zbekistonnon ko‘pirni tiyam yoxshi bo‘lg‘on zamon bi.

RT: Matchonboy keyingi bir xafta ichida kamida bir shaharni odami O‘zbekistondan tuyog‘ini shiqillatdi. 

Oqdaryo tumanida yashovchi, 1992 yil tug‘ilgan shaxs tanishlari orqali Toyloq tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni “O‘zbekiston – Ispaniya – Meksika – AQSh” yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 44 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi…   

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1995 yil tug‘ilgan shaxs G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 yil tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Kanada davlatiga ishga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 7,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari mansabdor tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Polsha davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5100 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.   

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Boysun tumanida yashovchi, 1998 yil tug‘ilgan shaxs Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 yil tug‘ilgan fuqaroni tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Kanada davlatiga ishga yuborish evaziga 138 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.  

MS:  Daa. Serquyosh diyan madxiyani yozib O‘zbekistonni jannat dab moqtog‘on shoir Abdula G‘aripom o‘mrini oxirinda amerikada o‘ldi. G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lg‘on shon tarafdagi el vungo mehribon bo‘lg‘on bir zamon bo‘ldi og‘o. Masalan, O‘zbekistondan boshqa lyuboy yerda oltin arzon.

Oltin devor

Hindistondagi aeroportda 16 yarim kilogram oltin olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston qashshog‘i   ushlandi.

Bu ikki o‘zbek xotin  qo‘lga tushishdan qo‘rqib, oltin solingan sumkalarini tashlab ketgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

MS: Yo‘qay. 16 kilo oltinni toshab qochibmi xoroplo. Oltin olmin duo olado‘n xiylinnan akan bu yetmakla.

RT: Matchonboy bu ikki xotin «Daydi» filmodagi Raj Kapur kabi «Ovvoraman» degan qo‘shiqni aytib,  Xindiston qishloqlaridagi xotin xalajdan oltin sotib olishgan. 

MS: O‘zi xindilar bir g‘arip bo‘lsa oltinni nerdan oladi?

RT: Matchonboy, dunyo oltin bozori o‘sha sen aytgan g‘arib va joxil xindining xotini bois bir maromda ishlaydi. Agar xindi xotinlar oltin olmay qo‘ysa, dunyoda oltin arzonlaydi. Gap shundaki, erdan ajragan paytda xotin kishi faqat bo‘yniga osgan oltinni olib ketishga haqli.

MS: Ha, tushundim. Shunga akan bi xindila burninom oltin avarak osadi. Siz yonqi gapni davomini aytding. Oltinni tashab qochg‘on xotinlo nerda?

RT: Xotinlar qamoqda. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning ikki nafar ayol fuqarosi aniq «razvedka» asosida qo‘lga olingan. Bojxonachining ta'kidlashicha, bu ikki o‘zbek xotin katta miqdordagi oltinni olib  Dehliga ketayotgan paytda kimdir chaqqan.

MS: Baxti qoro. Chug‘ul bo‘ladi bi yekgo‘rinjila…

RT: Xullas,  bojxonachilar kelayotgan yo‘lovchilarni «aziz mehmon» kabi kutib olishgan.  

«Yo‘lovchilardan birining shaxsi zudlik bilan aniqlanib, u samolyotdan tushganidan beri kuzatuv ostiga olindi. U qo‘lga olindi, biroq yukini ko‘zdan kechirish chog‘ida kontrabanda tovarlari topilmadi», – deydi bojxonachi.

Keyin xuddi shu ma'lumotlar asosida o‘zini shubhali tutgan ikkinchi yo‘lovchi aniqlangan. U kuzatuv ostiga olinib, «yashil yo‘lak» orqali o‘tmoqchi bo‘lganida, uni to‘xtatib, yukini tekshirishgan. Lekin hech narsa topilmagan. Keyinroq bojxonachilar uni qo‘lga olishdan qo‘rqib, kelgan hududiga bir sumka oltinni tashlab ketganini aniqlashgan.

MS: Damak, bi ikki xotin shuxerni bilib, oltinni tashab zingjoq bo‘g‘on.

RT: Buni Xindiston tergovchilari  mana bunday izohladi:

«Sumkani skanerlash chog‘ida oltin buyumlar borligini ko‘rsatuvchi shubhali tasvirlar topildi. Sumka yo‘qolgani haqida hech kim xabar bermagani uchun u ochilib, undan zanjir ko‘rinishidagi 16,5 kg. ga yaqin oltin olib tashlandi».

Keyin aeroport xodimlari sumkani tashlab ketgan shaxsni aniqlash uchun videokuzatuv kamerasi tasvirlarini ko‘rib chiqqan. Ayolning konveyer yonida sumkasini tashlab ketayotgani ko‘ringan.

Aniqlanishicha, «Air Astana» aviakompaniyasining Olmaota shahriga uchayotgan reysi parvoz hujjatlarida avval «O‘zbekiston havo yo‘llari» reysida uchib kelgan fuqaroning ma'lumotlariga mos keladigan yo‘lovchi topilgan.

«Qochib ketgan yo‘lovchining shaxsi aniqlanib, videokuzatuv kamerasi tasvirlariga juda o‘xshashligi bois qo‘lga olindi. U sumkani tashlab ketganini tan oldi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, asosiy gumondor bo‘lgan birinchi ayblanuvchi ham qo‘lga olingan», – deyiladi aeroport xabarida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

MS: Xotinlo qamoqda. Oltin politsiyada musodara. Ina songo rotoollo. Olo kishtak rotoollo!

RT: Matchonboy. Sen «Oltin devor» spektaklini ko‘rganmisan. Unda shunday satrlar bor «Bizga oltin ne kerak. Oltin muhabbat birlamiz.

(Videodan parcha)

RT: Amerikada oltin vasvasasi boshlangan paytda bir kishi faqat oltin izlovchilarga belkurak sotib millioner bo‘lgan edi. O‘zbekistonda esa artis bo‘lib to‘y tomoshada yursangiz millioner bo‘lasiz. Mana masalan Muqaddas Sadullaeva. Uning ota onasi katta pul xarjlab psixolog bo‘lsin deb o‘qitdi. Lekin qon tortadi shekili Muqaddas o‘zini artistlikka urdi. Artistlik o‘xshamay qolganda diniy ma'ruzalar qilib boshladi. Lekin bu ishni ham tagi oldi. Artist Muqaddas Sa'ddulaevaga diniy ma'ruzalar tarqatgani uchun ma'muriy tartibda jazo qo‘llanilib,ogohlantirish berildi.

MS Og‘o bu artistni labini ashak ori cho‘qibmi. 

Xozir barcha kasbdagilar o‘z vazifasini unutib mulla bo‘lgan zamon. Hazrati Alisher Navoiy bobomiz nima degan edilara…

Kolbasa qori

Peshanasiga palonchiy nomidagi odobiyot instituti deb yozilgan binoga kirib bordim. Bugun G‘arb adabiyoti nazariyosi haqida lektsiya o‘qish uchun prapesr kegan. U prapesurni «kolbasa qori» ham deyishadi. Ya'ni Karimov davrida ustidan «dindor», deb, chaquv tushganida SNB kuratorining oldida namoyishkorona cho‘chqa etidan bo‘lgan kolbasani yegan ekan. 

Mayli, u kunlar o‘tib ketib, bu prapesrning bag‘riga shamol tegdi. Mana prapesr kelyapti. Sumaya degan kursdoshim yugurib borib, «domlajon salom», desa, «men ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishmayman¸ nari tur», deb, hassasi bilan turtdi. Mo‘ylovsiz iyak tagidan soqol qo‘ygan Asomiddinxon degan marg‘ilonlik student borib, prapesrning qo‘lidan portfelini olib, minbargacha hamrohlik qildi. Prapesr minbarga chiqib, hammaga jovdirab qaradi. Shunda Asomiddinxon «Do‘mla bir duo qiling», devdi prapesr sevinib ketib, uzoq duo qildi. Shu bilan darsga ajratilgan 45 minutning 12 minuti xarj bo‘ldi. 

Keyin prapesr ko‘zoynagini kiyib, portfelini titib, bir suri qog‘oz chiqarib, o‘rtaga qo‘ydi. Bittasini ko‘ziga yaqin tutib o‘qidi: «Ingliz adabiyoti va Shekspir». Studentlardan biri turib, «maylimi qazo nomozlarini o‘qib kesam», deb, chiqib ketdi. Domla bu bolaga izn berib, auditoriyadagi benamoz studentlarga nafrat bilan nazar tashadi: «

“To‘g‘risini aytaymi? Men, ingliz adabiyoti bo‘yicha prapesr bo‘samam, inglizchani bilmayman. Keragi yo‘q inglizchani. Ertaga qiyomatdagi so‘roq savol inglizcha bo‘maydi. Sizdan farishtalar «xovayu navoryu», deb so‘ramaydi. Mayli, bugungi temamiz Shekspir. O‘zi menimcha, «shayxs piyr» bo‘gan u kishining ismi. Shayxlarning piri. Keyin inglizlar tili kelishmay «Shekspir» deyishgan. Pirligi aniq. O‘zi asli musulmon bo‘g‘an. Yetti porasini aniq tushirgan. Mana fakt! O‘layotganida tili tutilib qolsa ham, qo‘li bilan kalimai shahodat shaklini chizib ko‘rsatgan. Qani istudentlar shu piyrimiz arvohiga duo qilaylik.» Yana 8 minut duo o‘qildi. 

Keyin prapesr davom etdi: «G‘arb adabiyotidagi po‘st modern oqimlar. Xo‘o‘sh, kerakmi bizga bu? G‘azzoliy yoki Ibni Taymiya turganida shu g‘arbdagi har xil oqimlarga ergashish qanchalik to‘g‘ri?! Mana muhtaram yurtboshimiz aytdilar, ommaviy madaniyatning zarari haqida. Umuman…» Shu yerga kelganida prapesur qo‘lidagi soatiga qaradi. «Uzr men peshindi rektor bilan billa o‘qiyman deb kelishib qo‘yuvdim. Asomiddinxon, kel balam».

Shu bilan dars tugadi. Keyingi dars Frantsuz adabiyoti haqida bo‘ladi. Yaqinda umradan qaytgan pi eych di opa erkak studentlarga dars berolmayman deb, usloviya qo‘ygani uchun bu darsni Oltinxon to‘ra masjidi mutavallisi kelib o‘qitib yuruvdi. Bugun uyam kemay qoldi.

MS: Og‘o lekin xozir sal ipni tortdilar. Vahobiy, xizbut, salafiylani pochkalab qamab yotibdilar. Visotskiy aytganidin jinoyatchi qamoqda o‘tirishi garak.

(video)

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 8 mingga yaqin maktab o‘quvchisi va o‘nlab maktab o‘qituvchilari bir biriga diniy ekstremistik sms yuborgani uchun jarimaga tortilgan. O‘qituvilarga aniq qilib aytilgan. Ë o‘qituvchi bo‘ling, yoki machitga borib mulla bo‘ling. 

MS: Ovo. Etchi etchilikini, sutchi sutchiligini atsin. Qo‘yni qossop so‘ysin. O‘lini yuvg‘uchu yuvsin. Har kim o‘z ishini atsin. Mo‘llani o‘kchasina sovun. Ismomutda is chiqsa yuguradi xoroplo.

Isli suv

 Duz og‘a lekin tunin Toshkentni bir is bosdi. Kim is chiqardi. Bir mozoli isla galdi. Isqosang chukking turib getadi.

RT: Matchonboy odekolon, atir upa va umuman isli suv yuklangan mashina yonib ketdi.  14 iyun kuni soat 20:32 da Toshkent shahar Sergeli tumani “So‘g‘diyona” MFY Obihayot ko‘chasida joylashgan yuk avtomobillar turargohida turgan parfyumeriya mahsulotlari yuklangan yuk tashuvchi avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan va uning yaqinida bo‘lgan boshqa bir yuk avtomobili ham yong‘indan zararlangan.

MS: Shuncha isli suv yonib getdimi? Bir shishasi 100 dollarlik odikulonlo. O‘lgan qotqon yo‘qmi?

RT: Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

MS: Iloyim galgan balo shu odiqulono ursin. O‘tni o‘chirganlara chopon giygizish garak. Xozir Toshkentda eng krutoy chopon bir yarim ming dollar. Sizni uch jo‘rangiz giydi yoqinda. Lekin siz navchun giymadingiz duz og‘o.

Chopanizatsiya 

«Chopanizatsiya» va «Chopanizator» – bu yangi O‘zbekistonda mo‘da bo‘lgan ikki so‘z. Masalan, O‘zbekistondagi mayda mulozimlarning Moskvadagi egalari Toshkentga kelsa, ularni siylash uchun chopon kiydiriladi. Bu xolatga «Chopanizatsiya» deyiladi. Choponni zo‘ridan topib kelib kiygizadigan shotirning oti «Chopanizator».

Aslida o‘zbeklar O‘zbekistonni bosib olgan Kaufman va Ostroumovlarga chopon kiygizib, bu «podxalim» ritualga asos solishgan. Keyin esa Leninga, undan keyin Kal Leninga va boshqa leninlarga chopon kiygizishgan. O‘zbeklarni itday qirib tashagan killer Stalinga ham chopon kiygizishgan. Gitlerga ham chopon kiygizmoqchi bo‘lganida u xohlamagan. Xullas, chopon – bu o‘zbek podxalimligining yaqqol timsoli. Mana bu she'r esa shu ritualga bag‘ishlanadi. She'r muallifi Matnazar Abdulhakimov:

SARUPO

«Oling. Mahallamiz ahlidan. Xolis…»

Tushunmadi. Lekin choponni kiydi. 

«Odobliroq bo‘ling endi. Iltimos». Tilini tiydi.

Choponmisan chopon. Asl beqasam. 

Quyoshda tovlanib tapatar nurlar. 

«Muborak bo‘lsin, ho, muborak bo‘lsin». 

Duxobadan jiyak. Ipakdan qurlar… 

To‘ylarda g‘alva yo‘q. Ziyofatlar tinch. 

Oqsoqol xotirjam. Hech g‘am yemaydi. 

Yomonga yomonsan demaydi hech kim,

Ablahga ablahsan demaydi. 

Hamma og‘iz-burun o‘pishgan. Yallo. 

Falonga «falon» yo‘q, pistonga «piston» 

Opoq-chopoq hatto it bilan mushuk,

Xullas kalom, olam guliston. 

«Nahotki, sarupo qilgandim tama'»

U birdan jirkandi. Dili g‘ashlandi. 

— Ol-e choponingni!… uloqtirdi u. 

Yana boshlandi. 

MS: Sho‘rda to‘xtab, uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2016
Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezidentlikka tayinlanishi ortidan kriminal doiralar tag‘in hokimiyatga qaytib kela boshlashdi. Hukumatdagi bir qancha mulozimlar ishdan bo‘shatildi, ...
15 noyabr 2016
O‘zbekistonda 4 dekabrda o‘tadigan saylov har galgidek cho‘ntak partiyalarning o‘zaro kelishuvi natijasida o‘tishi aytilmoqda. Birorta partiya hokimiyat tepasiga kelishni ...
21 yanvar 2020
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih hayoti haqidagi “Begona” filmining oxirgi 14-qismi uning umr yo‘ldoshi, biolog olima, ...
7 mart 2023
1) Siz tug‘ilganingizda o‘g‘il bola tug‘ilgani kabi quvonishmaydi. «Bola o‘ldirishdan ko‘ra kamroq tarqalgan selektiv abortlar bilan ulkan miqdorda qiz bolalar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...