“Rusich” Ukrainaga qarshi barcha jangovor harakatlarini to‘xtatdi
Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilayotgan “Rusich” neonatsistlar guruhi «har qanday jangovar topshiriqlarni bajarishni to‘xtatganini» bildirdi.
Hammasi jangari guruhning yetakchilaridan biri “Slavyan” laqabli Yan Petrovskiyning Finlyandiyada hibsga olingani bois yuz berdi. Ukraina bu harbiy jinoyatchini ekstraditsiya qilishni talab qilib so‘rov yuborgan.
Yan Petrovskiy 2014-2015 yillarda Donetsk va Lugansk viloyatlarida sodir etilgan ko‘plab jinoyatlarda ayblanmoqda.
Eslatish joiz, «Rusich» millatchilar guruhi, Ukrainada mahbuslarni ko‘plab qatl qilishlari, harbiy asirlarni bo‘g‘izlar, kallasini olishlari bilan tanilgan. Rusichning yetakchisi Milchakovning bir necha bor nafaqat barcha asirlarni, balki barcha ukrainlarni, shu jumladan bolalarni ham o‘ldirishga chaqirgan.