Asosiy mavzular
28 avgust 2023

Yangichoshtepadagi hovuzdan ikki qizaloq jasadi topildi

25 avgust kuni Toshkent viloyatining Yangi Hayot tumani Yangi Choshtepa mahallasi ko‘prigi tagidagi hovuzga tushib halok bo‘lgan ikki yosh qizaloq jasadlari topildi. Eltuzga jo‘natilgan videoda ularning jasadlari olib chiqilayotgani aks etgan.

Ushbu mahalla yashovchilarining aytishicha, Jo‘n va Salar kanallari o‘rtasida barpo etilgan bu mahalla atrofini xavfsiz deb bo‘lmaydi. 

«Kechqurun va azonda juda yomon hid keladi. Kanallar atrofi xavfsizlik talablariga umuman javob bermaydi. Bu mahalla yaqinida 32 maktab bor.  Bolalar bu maktabga borish un shu kanalni ustiga qurilgan ko‘prikdan o‘tishadi,» dedi Eltuz bilan yozishgan Yangi choshtepaliklardan biri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘prik piyodalarga mo‘ljallangan, ammo uning ustidan yengil avtomobillar ham harakatlanar ekan.

«Maktabda o‘quvchilar soni tobora ortib bormoqda. Mutasaddilarga necha marotaba murojaat qilingan. Ular esa faqat talabga javob bermaydigan dom qurib sotish bilan ovora. Yo yangi maktab qurishsin yoki kanallar havfsizligini ta'minlashsin. Bu joylar obod bo‘lgunicha yana necha norasidalar ko‘milishi kerak?» dedi u.

Eltuz Toshkentdagi ikki qizaloq o‘limi tafsilotlarini o‘rganishda va O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2017
Mart oyining oxirlarida rus tilida chiqadigan Uzmetronom sayti «ishonchlik manbalari»dan iqtibos qilib, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi ...
17 yanvar 2019
Jurnalist Karimberdi To‘ramurod o‘zining feysbukdagi sahifasida Samarqanddagi 64-maxsus maktab-internat direktori Shuhrat Sadinov aslida shantaj va tuhmat qurboni bo‘lgani, uning ...
16 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
29 oktyabr 2023
Lekin bir xalq mudrab, yotinqirasa,Har kimga o‘z tinchi yoqinqirasa,Shoirlari qo‘rqib bosinqirasa,Xalqni kim uyg‘otar,Savolim shuldir?! Ushbu satrlar muallifi, o‘zbek modern ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...