Asosiy mavzular
4 oktyabr 2023

Codiq Samarqandiyga ergashganlar tergovga tortilmoqda

Kattaqo‘rg‘onlik 49 yashar Sodiqjon Yusupovich Muhammadiev tarqatgan diniy mazmundagi videolarni  muhokama qilganlar tekshirilmoqda.

Hozir Sodiq Samarqandiy taxallusi bilan Turkiyaning Istanbul shahrida, IIV ta'biricha, «diniy ektremistik faoliyat» yurgizayotgan Muhammadiev xalqaro qidiruvga berilgani ochiqlandi.

Toshkent  Shahar ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tarqatgan videoda Sodiq Samarqandiy tarafidan o‘zbek yoshlari ekstremistik va terrorchi tashkilotlar safiga yollanayotgani aytiladi. Video rolikda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 1974 yili tug‘ilgan Sodiqjon Muxammadievning «dinni o‘rgatish niqobi ostida jixod propagandasi» ya'ni  ekstremizm va terrorizmni targ‘ib qilayotgani urg‘ulanadi.

Rolikda aytilishicha, birgina Toshkent shahrida 40 dan ziyod kishiga Sodiq Samarqandiy ta'siriga tushib ekstremistik faoliyat yuritgani uchun jinoyat ishi ochilgan.

Bundan tashqari, kamida 10 nafar o‘zbek vatadoshi Sodiq Samarqandiy tarafidan yollanib, Suriyadagi urush jabhasiga borib, xalqaro terroristlarga qo‘shilgani aytiladi.

Toshkent shahar IIBga ko‘ra Sodiq Samarqandiyga qarshi bir qator jinoyat ishlari ochilgan.

Sodiq Samarqandiy video maruzalaridan ruhlanib ektremistik faoliyat bilan shug‘ullangani uchun respublikaning boshqa hududlaridagi kishilar ustidan ham jinoyat ishlari ochilib, jazoga tortilgan.

Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tayyorlash taqiqlangan materiallarni tarqatishda ayblangan Qo‘shtepalik o‘qituvchini 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Sudning hukmiga ko‘ra, o‘rta maktab o‘qituvchisi «Sodiq Samarqandiy»ning  «jihod», «hijrat» va «shahid» amallarini bajarishga undovchi diniy ma'ruzalarini ko‘chirib tarqatgan va mamlakatda Tolibon formatidagi shariat davlati o‘rnatilishini targ‘ib qilib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, din davlatdan ajratilgan. Diniy tashkilotlar va konfessiyalar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Eltuz o‘zbeklarning diniy ekstremizmda ayblanishi bilan bog‘liq voqealarni o‘rganishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzgatib boring, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
20 may 2019
Andijon shahrida 16 may kuni viloyat faollari va prezident Mirziyoev ishtirokidagi yig‘ilishda Bo‘z tumani hokimi Inomjon Madaliev tuman nomini ...
20 may 2016
Farg‘onalik M.ismli ayol 1-sinfda o‘qiydigan qizchasini maktabga jo‘natdiyu, Xalq ta'limi vazirligining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish uchun qo‘liga telefon oldi. ...
10 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 9-qismini taqdim etadi. Rus ...
2 sentyabr 2021
Prezident Mirziyoev 2 sentyabr kuni Islom Karimovni xotirlab, uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shu kuni mamlakat Oliy Majlisi Senati, ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...