Kundalik
6 yanvar 2016

“Aybga iqror bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi o‘lgin!”

Aramays Avakyan va uning do‘stlari ustidan sud bugun soat 11 da, kutilmaganda boshlandi.

Sudlanuvchilarning yaqinlari sud boshlanishi haqida tasodifan bilishgan.

Kanadada yashovchi jurnalist Ulug‘bek Ashurovning olgan ma'lumotlariga ko‘ra, mahkumlarning yaqinlarini dastlab sud zaliga kirgazishmagan. Ular aks holda sudni qamal qilishlarini bildirishganidan so‘nggina ularni zalga qo‘yishgan.

“Erim ancha gavdalik edi. Shu darajada abgor holga solinganki, uni ko‘rganimda taniyolmay qoldim, hatto uning oldida kichkina bo‘lib ko‘rinadigan yigitlar ham endilikda undan jussaliroq ko‘rinishmoqdi”, – deydi Shirin Tursunova, sudlanuvchi Aramaysning turmush o‘rtog‘i.

Sud mahkumlarni tanishtirish bilan yakunlangan. Shirin Tursunova, mahkumlarning aybi yo‘qligini, sud hakamlari va tergovchilar ularning ko‘ziga qaray olishmaganini aytadi.

“Ularning qo‘lida o‘zlari turmadan uyushtirgan SMSdan, menga tegishli “Namozni o‘rganamiz” degan kitobchadan boshqa dalil yo‘q”, deydi Shirin.

Eslatib o‘tamiz, Eltuz ilgari xabar berganidek, Aramais Avakyan va uning 4 nafar o‘rtog‘iga “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish” (O‘zb.JK 159 modda) va “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish” (O‘zb.JK 2442 modda) kabi moddalar bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.

Voqealarni kuzatayotgan, Kanadada yashovchi kurnalist Ulug‘bek Ashurov, o‘z manbalaridan iqtibos keltirib, bugun mahkumlarni sud zalidan olib chiqishayotganida, Aramaysning onasi Flora Sakuns o‘g‘lining ortidan arman tilida “Aybga iqror bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi o‘lgin!”, deya qichqirganini aytadi.

Sud majlisi dushanba kuniga qoldirilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2021
Navoiyda fan olimpiadasiga borishda avtohalokatga uchragan o‘quvchi va o‘qituvchi 7 yanvar kunida ham jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ular 5 yanvar kuni ...
23 iyul 2018
Toshkent shahri IIBB narkotiklar tarqatish ishi bo‘yicha ayblanayotgan tadbirkor Jahongir Umarovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. IIBBning ...
29 oktyabr 2015
Huquq himoyachisining o‘zi yong‘in chiqqan payt uyida bo‘lmagan. Bu haqda u bir necha kun keyin bilgan. “20 oktyabr kuni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...