Asosiy mavzular
6 noyabr 2023

Makarevichning Toshkentdagi kontserti nega qoldirildi?

Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” rok gruppasi kontserti qoldirildi. O‘zbekistonlik galerist Bella Sobirova, Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” kontsertining qoldirilgani sabablarini izohladi.

«Mashina vremeni» solisti Andrey Makarevichning yozishicha¸ guruhga tahdid qilingan .

“Yana bir bor quyoshli o‘lkangizga borishga chog‘lanib turuvdim. Ammo qandaydir kimsalar kontsert tashkilotchilariga bir necha bor tahdid qilganlar. Bilishimcha, mening Istroilni qo‘llab quvvatlashim bu tahdidlar sababi bo‘lgan. Men o‘zim yashayotgan davlatni qo‘llab quvvatladim», dedi o‘z izohida taniqli Rossiyalik san'atkor.

Musiqachilarga aynan kim tahdid qildi? Va aynan kimdan tashkilochilar adresiga tahdid kelib tushdi? Bu savol javobi yo‘q. Ayni paytda bu holat xavotir uyg‘otadi.

Rasman guruh lideri Makarevich tarafidan tahdid haqida aytildi.  Bu esa jinoyat ishi ochilishi uchun sabab bo‘la oladi.

Gap bir guruh kimsalarniing tarmoqda o‘tirib, dunyo kun tartibiga chiqqan nizo haqida aljirashi emas.  Gap konkret odamga o‘ldirish bilan qilingan tahdid haqida ketmoqda.  Bu esa, O‘zbekiston qonuniga ko‘ra, jinoiy harakatdir.

Odamning hayoti va salomatligiga o‘lim bilan tahdid qilish O‘zbekiston Jinoyat Protsessual Kodeksining 112 moddasida xavfli jinoyat deya malakalangan.

«Taniqli qo‘shiqchi kontsertining tashkilotchilariga tahdid qilganlarni organ xodimlari topib esini joyiga solib qo‘yadi deb umid qilaman.

Agar tahdid qilganlar bartaraf qilinsa va davlatimiz «Mashina vremeni» rok guruhi xavfsizligini ta'minlasa, Andrey Makarevich o‘z qarorini o‘zgartirib Toshkentda kontsert berishidan umidvorman», deya yozdi tarmoqdagi sahifasida O‘zbekistondagi zamonaviy san'at galereyasi asoschisi Bella Sobirova.  

Eslatib o‘tamiz Rossiyalik mashhur bastakor va qӯshiqchi Andrey Makarevich Putinning Ukrainaga qilgan bosqinchilik urushiga qarshi pozitsiyasi uchun xorijiy agent deb e'lon qilingan, bunga Makarevich qo‘shiq bilan javob qaytargan edi.

Taqdirning taqozosi bilan taniqli «Mashina vremeni» guruhi solisti Makarevich Isroildan boshpana olishga majbur bo‘ldi va uning ta'kidicha endilikda u Toshkentlik mutaassiblar tahdidiga duch kelmoqda. Eltuz O‘zbekistonga oid voqealarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring.    

Tag‘in o‘qing
12 may 2023
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
12 aprel 2024
RT: Yana hafta aylanib, Ramazon Hayitida SIZ bilan yuzma-yuzman, qadrdonlar. Bugungi va'zga to‘rt ko‘z tugal yetganimizdan sevindim. MS: Nechiksizlar ...
2 avgust 2021
Taniqli o‘zbek rassomi Rahim Ahmedov tirik bo‘lganida 100 yoshga kirgan bo‘lar edi. Rahim aka nafaqat ijodi balki turli qarashdagi ...
18 yanvar 2016
Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari Gulnora Karimovaning korruptsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘yilgan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...