Asosiy mavzular
16 noyabr 2023

Qidiruvdagi shaxs energetika muhokamalarida nima qilayapti?

Shu yilning fevral oyida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi bir hafta davomida Xitoyda bo‘lib qaytdi. O‘zbekiston delegatlari safari so‘ngida Xitoy bilan ikkita kelishuvga erishilgani haqida xabar berildi:

Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 Megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi;

Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlikka erishildi.

Har ikkala loyiha bo‘yicha ham xitoylik investorlar 2 mlrd dollardan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritib, ilk quvvatlarni yil oxirigacha, rejadagi barcha quvvatlarni esa 2024 yil oxirigacha ishga tushirishini ma'lum qilgan.

Memorandumni imzolash marosimi aks etgan suratlar O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida yashin tezligida tarqaldi.   

Ammo, rasmiy muzokaralarga parallel ravishda norasmiy muzokaralar ham olib borildiki, bu haqda mahalliy matbuotga hech kim hech narsa demadi. 

Norasmiy muzokaralarga O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan, biroq bu haqda e'lon qilinmagan bir shaxs bosh-qosh bo‘ldi. 

Eltuzning bir biridan mustaqil bir necha manbasiga ko‘ra, shartnomalarda “otkat” masalasi, qaysi o‘zbek mulozimiga qancha berish masalasini hozirda aynan mana shu shaxs hal qilmoqda.  

– Rossiya va O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 54 yoshli  Azamat Yesnazarovich Sultonmuratov.

Tanishing,  Azamat Yesnazarovich Sultonmuratov 1969 yil 7 sentyabrda, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida tug‘ilgan.

Timiryazov nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi filialini tomomlagan. 

2009 yilgacha turli lavozimlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi aloqalar rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jokargы Kenesining sobiq deputati.

2009 yilda Azamat Sultamuratov O‘zbekiston jinoyat kodeksining 167 (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”), 205 (“Mansab vakolatini suiiste'mol qilish”) va 209 (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan ayblanib hibsga olingan. 

Sud nihoyasida 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2011 yilda davlatga yetkazgan 700 million so‘m zararni qoplagandan keyin qamoqdan ozod etilgan. 

2012 yilda u birdan Moskvada paydo bo‘lib qoldi va u yerda 8 yil istiqomat qildi.

Moskvada ekan u tadbirkorlik va vositachilik bilan shug‘ullandi.

Rossiyada u O‘zbekistonda yiqqan pullarini yirik tadbirkor sifatida legallashtirdi. 

Dian nomli qator xorijiy shirkatlarni birlashtirgan neft va neft mahsulotlarini tashish, saqlash va xalqaro bozorda sotishga ixtisoslashgan guruhga asos soldi.  

Bu davr ichida u quyidagi ob'ektlarga egalikni qo‘lga kiritdi:

Moskvaning Petrovskiy bulvarida joylashgan 23-domda 300 metr kvadratlik ofis;

Ayni 23-domda 190 metr kvadratli kvartira;

Neftebaza “Dian oyl” 

Dian Energy Ltd;

Senco Incotrade Limited;

“Eko kultura market”  shirkatlari

Bu shirkatlarning barchasida uning ishtiroki Britaniyada qayddan o‘tgan Dian Energy Ltd. nomidan bo‘lgan.

2021 yilning yanvar oyida Azamat Sultamurotovga nisbatan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Kipr fuqarosi Panaetta yozgan shikoyat arizasiga ko‘ra, Azamat Sultamuratov unga tegishli bo‘lgan «Intertrend Limited» hujjatlarini soxtalashtirgan va buning natijasida shirkat uning nomiga o‘tib ketgan edi.

Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi.

2022 yilda Azamat Sultamuratov Rossiya Federatsiyasi tomonidan qidiruvga berildi.

Shuning uchun Azamat Sultamuratov Rossiyaga aslo bormaydi.

Hammaga o‘zini O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmati qo‘llab quvvatloviga ega muvaffaqiyatli biznesmen sifatida tanishtiradigan Azamat Sultamuratov bugunga kelib energetika sohasida O‘zbekiston hukumati delegatsiyalari safida xorijiy safarlarga bormoqda. 

Eltuz Azamat Sultanmuratov shu yilning o‘zida Xitoyga “davlat ishlari bilan fevral, may va oktyabr oylarida uch marta safar qilganini aniqladi. 

 Eltuzni qiynagan savol bu yerda bitta: O‘zbekistonda ustidan jinoyat ishi ochilgan, Rossiyada qidiruvga berilgan shaxs O‘zbekiston rasmiy delegatsiyalari tarkibida nima qilmoqda? Azamat Sultamuratov hukumat mashinalaridan qanday maqomda foydalanmoqda?  

Azamat Sultamuratovga uning do‘sti – O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qanday vazifa bergan?

Tag‘in o‘qing
31 yanvar 2018
“Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib “Inoyatov tarafdorlarini zaiflashtirish ancha qiyin ...
15 aprel 2016
Tadbirda terrorizm, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr ...
21 yanvar 2019
Facebook shirkati 17 yanvar kuni Kreml loyihasi bo‘lgan «Sputnik» nashri tashviqotiga xizmat qilgan tarmoqdagi yuzlab sahifalar va akkauntlarni o‘chirdi. ...
21 yanvar 2016
O‘zbekistonda fonogrammaga og‘iz qimirlatadiganlar ham «Xalq artisti» unvonini sotib olayotgani borasida e'tirozlar bor. «Unvon sotish» jarayoni rassom Elesevar uchun ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...