Asosiy mavzular
17 noyabr 2023

Ko‘chaga tashlab ketilgan bola kabi xalq…

Kuz keldi, gullar hazon. Daraxtlar bargini to‘kib sovuq qishga hozirlanmoqda. Qashqadaryodagi ayiqlar dehqonobodliklardan ancha tepadagi g‘orlarga kirib, qish uyqusiga hozirlanmoqda. Turna va o‘rdaklar allaqachon issiq o‘lkalarga uchib ketdi. Faqat biz shu elning odamlari ertangi qish haqida emas, umrimizda ko‘ramagan olis afrikadagi bolalarning yarim yalang‘och ekani haqida qayg‘i chekib o‘tiribmiz. Afrikada qish bo‘lmaydi. Bir kunini ko‘rar ular. Biz esa o‘zimnizni o‘ylaylik. Hech bo‘lmaganda derazalarni g‘isht bilan urib qo‘yaylik. Qadim g‘orlarda yashaganlar ham derazasiz amallashgan.

MS: Og‘o siz sikishni orosino suqish qo‘ymang. Ulli yoshullig‘a gap qoqitmong. Maktabni oynosini karvuch bilan o‘rib tosho dadi yoshulli. O‘yni oynosi bilan kimni ishi bo. Mongo qorosa yog‘ yeb, yolongoch o‘tiringla suvuqda.

Bu chollar yomon chollar, o‘risni ontarishni poylar

Bundan 35 yil oldin O‘zbekiston SSR grajdanlari bo‘lgan o‘zbeklar SSSR prezidenti Mixail Gorbachev bergan hurriyatdan foydalanib ko‘chalarga chiqib o‘z haq huquqini talab qildi. «O‘zbek tili davlat tili bo‘lsin. Bizning bollarimizni nega armiyada urib o‘ldiryapsiz. O‘zbekiston mustaqil bo‘lsin» degan talablar qo‘yildi. Ko‘chadagi minglab milisa va xarbiylar o‘z haqini tanigan yuzminglarni eplay olmay qoldi. Ular xuddi to‘g‘onni sindirgan toshqin kabi ilgari intildi. Bu bir tashkilot edi. O‘sha davr rahbariyati asabini qaqshatgan bu tashkilotga norasmiy degan maqom berildi.

2023 yilning 11 noyabr, shanba kuni oralarida Eltuz bosh muharriri  Qudrat Bobojon ham bo‘lgan bir guruh chollar “Birlik” xalq harakati ta'sis etilganining 35 yilligi munosabati bilan onlayn formatida tabdir o‘tkazdi.

Tadbirdagilarning eslashicha tashkilotning dejurniy nomi «e'tiqod» bo‘lgan. O‘sha davrda yozuvchilar uyushmasi rahbarlaridan biri bo‘lgan buyuk shoir Muhammad Solih bu tashkilotga «Birlik» deya nom bergan.  Tadbir qatnashchilari e'tiroficha  «Birlik»ning axborot siyosatini Qudrat Bobojon shakllantirgan. O‘sha paytda u «Erkin so‘z», «Birlik», «Demokratik Xorazm», «Munosabat» kabi nashrlarning supermeni bo‘lgan. Bundan tashqari Qudrat Bobojon o‘zbek rahbarlari o‘qiydigan Moskvadagi «Komsomolskaya pravda»ning Toshkentdagi muxbiri bo‘lgan. Birlik faoli shoir Erkin Vohidov mashinasi o‘qqa tutilgani habarini o‘sha davrda million tirajda chiqadigan «Komsomolskaya pravda» gazetasida  aynan Qudrat Bobojon e'lon qilgan.

“Birlik” xalq harakati ta'sis etilganining 35 yilligi munosabati bilan onlayn formatida o‘tkazilgan tabdirning kemtik joyi, bu  tadbirda doktor Abdurahim Po‘latov, shoir Muhammad Solih, sobiq deputat Po‘lat Oxunov kabi bu harakatga mehnati singanlarning qatnashmagani bo‘ldi.

O‘sha davr ruhini «Birlik» a'zosi bo‘lgan marhum shoir Omon og‘amiz yaxshi tasvirlagan.

Bugun yurt ufqida bir nur ko‘rindi,

Beklarni kengashga chorlang, hazratim.

Qush boshli quzg‘unning qanoti sindi,

Qarang, Omon Matjon Rossiya gerbidagi ikki boshli qushni nazarda tutib istibdod tugaganidan quvongan edi.  Ammo shoir bu harakat ichida birlik yo‘qligidan g‘ussa ham chekkan edi.

Hali og‘zi ola va tumtaroqmiz,

Ba'zilar qo‘lida shundan tayoqmiz,

Birlashsak ko‘plardan qudratliroqmiz,

Yechim sifatida «tepadan buyruq kutmay» harakat qilishni orzu qiladi Shoir Omon Matchon.

O‘zimiz olaylik yo‘llardan toshni,

O‘zimiz aritib dillardan g‘ashni,

O‘zimiz boshlaylik keksayu yoshni,

O‘zbekistonning yaqin tarixidagi shon va sharafga to‘liq «Birlik»ka kimki hissa qo‘shgan bo‘lsa, minnatdor avlodlar nomidan rahmatlar aytaman.

Bizning otalarimiz biz kabi mute va qo‘rqoq bo‘lmagan. Ular demokratiya uchun kurashgan deya faxrlanishimiz uchun ham qadrli bu tashkilot.

MS: Og‘o bi gaplani topqonla xo‘r bo‘lib, yegani toyoq ishitgani gap bo‘ldi. O‘ysiz, elsiz, sargirdon bo‘ldi. Qoyto shu SSSR zamoninda Lelin otomiz, soyosinda yotomiz dayan komsorg, partkomla hazaatib, shovvozsoyni shovvuo‘llatib jit qilib yuribdi. Sho‘nichun dimom ulli gaplamin nonni ullisini tishlang og‘o.

RT: Matchonboy sen yaxshi odamsan

MS: Ëmon topniyn qolmiydi. Erkin Voxidov diyan biratni gappi bo‘ldi bi. Yaqinda o‘lgan ashlochini inisi Halim Jo‘raev oytvadi qo‘shiq atib. Shu she'rini o‘qing yaxshisi.

Sen yaxshisan,

Men yomondirman,

Sen borsanki, men omondirman.

Meni qattol yaratgan hayot,

Seni qilgan ojiz, benajot.

Sen – niholsan, zavoling o‘zim,

Sen – tiriklik, men esa – o‘lim.

Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman,

Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman.

Beomonman, lekin omonman,

Chunki sendek men ham insonman.

Bu olamning dargohi kengdur,

Yaxshisiyu yomoni tengdur.

Quyosh kezib ko‘kda sarosar,

Nur sochadi bizga barobar.

Faqat mening qo‘ynimda tosh bor,

Bundan sening ko‘zingda yosh bor.

Sen tutgansan qo‘lingga chiroq,

Men qo‘yganman yo‘lingga tuzoq.

Men yomonman, Juda yomonman,

Avvaliga ojiz ilonman,

Omon bo‘lsa bu boshim mening,

Bois rahming – qo‘ldoshim mening,

Bir kun bo‘lib ulkan ajdaho

Bo‘lajakman qarshingda paydo.

Shunda o‘tkir tishlarim sanchar

Sening yumshoq ko‘ksingga xanjar.

Men yashayman, garchi yomonman.

Chunki men ham bir tirik jonman.

Sololmaysan boshimga soya,

Mendan hujum, sendan himoya.

Dunyo ishi shu asli, oshnam,

Yomondan daf, yaxshidan chidam.

Sen yaxshisan,

Men yomondirman,

Sen borsanki, men omondirman.

Tilagim, sen doim bor bo‘lgin,

Ammo mendan minnatdor bo‘lgin.

Men bo‘lmasam, ey yaxshi odam,

Dod deb qochar eding dunyodan.

MS: Og‘o siz yoxshi odomsiz. Prezidentni qizi yomon

Gulnora Karimova haqida 20 yillik doston

Gulnora Karimova haqida yana yozyapman. Gulnora haqidagi birinchi  tanqidiy maqolani 2003 yilning noyabr oyida yozuvdim.

Maqola «Gulnoraning oltin koni» deb atalgandi. Maqolada Gulnoraning qaroqchilik yo‘li bilan G‘ujumsoydagi oltin konini o‘zlashtirgani haqida yozilgan bo‘lsa ham maqola «Butun O‘zbekiston Gulnorani boy qiladigan oltin koni» degan zaharxanda ustiga qurilgandi.

Gulnora qurgan ilk shirkat Revi Holding orqali o‘zbek qizlarini BAA ga jalablikka yuborishni potokka qo‘yganini ham 20 yil oldin yozuvdim.

20 yil oldin tug‘ilgan qulunlar ot bo‘lib yetishib, qarib, qazi qartaga aylanib millat oshqozonida hazm bo‘ldi.

20 yil oldin tug‘ilgan qizlar Dubay ko‘chalaridagi erkaklarni emizadigan va emadigan martabaga erishdi.

20 yil oldin tug‘ilgan yigitlar Rossiya bosqinchilari safida ukrainaga bostirib kirib, it o‘limida o‘lishga ulgurishdi.

Shu taxlit ular Idlibda ham yer tishlashdi.

20 yil oldin butun o‘zbek xalqi Gulnoraga sig‘inardi. O‘ziga ishonmasa ham, ko‘ziga ishonmasa ham¸ so‘ziga ishonmasa ham Gulnoraga ishonardi.

Xozirgi madvazir Ozod va troynoy  xojona Yulduz Gulnoraning maykasini kiyib «hayot uchun» deya lorsillab yugurishardi.

Munojot degan naftalin xopz «Gulnora eng zo‘r qo‘shiqchi» desa, raxmatli Murod Rajabov «Gulnoraning otasiga rahmat» derdi.

U paytdagi qushlar ham to‘tilarga qo‘shilib Gulnora deb sayrardi.

Elchixonalarda «Gulnoraning odami» degan shtat bo‘lardi.

O‘zbekistonda o‘ynashiga uchoq abergan qiz bitta bo‘lsa shu Gulnora edi.

Kino yulduzi Merilin Monro «Ayol kishiga bir juft chiroyli oyoq kiyim bersangiz, u dunyoni zabt qiladi» degan edi.

Men Gulnora haqida negativ yozgan paytimda Gulnora Karimova o‘zbekistonning yoshu qarisining ichki va tashqi dunyosini zabt qilib tashlagan edi.

Amaldor ham, imomberdi dindorlar ham, hatto turk kinosida Sulton Sulaymon rolini o‘ynagan artist ham ta'zimda edi.

Xatto Islom universiteti domlasi Gulnoraga atab muvashshax yozgan edi.

Bugun mustaqil blogerman baloman battarman deganlar, har xil firdavs mrdavslar uning tuflisidan bo‘sa olib, xursandlikdan ishtoniga iyib yotgan mahallar edi. Bla bla bla. 

Gap shu yerga kelganida Gulnora haqida 20 yil yozib charchaganimni sezdim.

Chunki karimov murda, uning qizlari tirik murda. Meni tashvishga soladigan narsa  karimov davridagi mulozimlarning tirikligi va ularning gulnoradan yuz marta ko‘proq miqyosda davlat va millat boyligini g‘orat qilayotganidir.

Xalq esa doimgiday uni ezayotgan, uni qonini so‘rayotgan zuluklarga mehr bilan qaraydi.

MS: Og‘o, o‘lganni ustinnan dapmang. Gulnora bir tiyin o‘g‘irlog‘on bo‘lsa, xozirqilo millon marta ko‘p o‘g‘illab yotibdi. Avval quri Gunnor o‘g‘irlog‘on bo‘so, xozir o‘y ichisi, qorindosh do‘g‘g‘oni bilan ozonnon gechado‘nng o‘g‘illob yotibdilo, qon toshog‘on xoroplo. Hamma narsani sotib, sovunini chiqordilo.

RT: Bir yopiq labirint halqasi – dunyo,

Aylanib chopasan unda befoyda…

Bu she'rni O‘zbekiston birinchi prezidentining poraxo‘rlik, reket va jinoiy sindikat qurishda ayblanib, jazo o‘tayotgan mahbusa qizi Gulnora Karimova 2007 yil yozganini aytgan edi. Talantsiz rahbariyat yangilik qila olmay eskiliklarni takrorlash bilan band. Ëshlar forumi o‘tkazildi. Gulnora forumining takrori. Ëshlar yili deyildi.

Xolbuki 2008 yili yoshlar yili bo‘luvdi. Xalqlar do‘stligi, dedi sobiq partkom. Sobiq sovet davridagi saqich. Sut bermagan sigirga qisir deyiladi. Tug‘maydigan xotin pepusht, tug‘dirolmaydigan erkakka tumso deyiladi. Boshqaruvni eplay olmaydigan, yangi g‘oyalardan mosuvo raxbarlarni nima deb atash kerak. Sigiri qisir bo‘lsa so‘yib, bepusht xotinni enasinikiga qaytaradigan xalq nega bularni baqib o‘tiribdi?

MS: Lekin Karimovni voxtinda diniy zombila xonasinda oqar adi. Xozir tolibon torat atkan suvni ichaman dayan jolotoylo prezidentni yoninda yuribdi. Yurtni xorop atdi bu mongloyi qorolo.

RT: Tarmoq ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra, xotin qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. Moskva, Seul, Istanbul va Pragada diniy fanat o‘zbek ayollarining ham onlayn, ham oflayn klublari bor. Ular ongli ravishda o‘zlari to‘g‘ri deb bilgan g‘oya uchun o‘lishga, o‘ldirish yoki mujoxid erkaklarga xotin bo‘lishga tappa tayyor.

Shu ma'noda ularni «bilmasdan Suriyaga borib qopti» deb haspo‘shlash noto‘g‘ri.

UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Suriyadagi lagerlarda yana ikki yuzga yaqin o‘zbekistonlik bola va xotinlar  vataniga qaytarilishini kutayotgani haqida bildirdi.

Mamedzade nazarida  Suriyadagi jangarilar safida urushgan o‘zbekistonlik erkaklarning bolalari va ayollari vaziyat qurbonidir.

Mamadzadening bu gapi qisman to‘g‘ri. Bolalar vaziyat qurboni, hamda vaziyat xosilasi.

Ammo yoshi 18dan oshgan, ko‘p xollarda oliy ma'lumotli xotin qizlarning uchta to‘rtta davlat oshib Suriyadagi jang maydonida,  ular ta'birida «kofirlarni o‘ldirish uchun» ketishi bu ularning anglangan siyosiy qaroridir.

Bu qaror uchun ular zimmasida katta masuliyat bor. Bu xolda ularni «bilmasdan odam o‘ldirib qo‘yibdi» deyish huquqiy nigilizm tupigini xosil qiladi.

O‘zbekiston 2019 yildan boshlab o‘tkazilgan “Mehr” deb nomlangan beshta amaliyot doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistondan 531 nafar ayol va bolalarni O‘zbekistonga qaytargan edi.

Eltuz tasarrufidagi ma'lumotga ko‘ra, katta byudjet puli evaziga qaytarilgan xotinlardan ba'zilari aylanma yo‘llar bilan Misrga borib diniy fanatizmga fidokorlikni davom qildirmoqda.

Bukrini go‘r tuzatadi. Bu shunchaki o‘zbek maqoli.

MS: Og‘o shu maqol ilmiy tarapdan do‘g‘ri amas. Bir  ho‘kkini go‘mib ikki yildan keyin o‘lyosini ochsongiz, sungaki shu durishinda, deformtsiya bilan durg‘onini go‘rasiz. Ho‘kkini o‘lyo ham zo‘tib bilmiydi.

RT: Ro‘mon va qissalarda qahramonlar ikkiga bo‘linadi. Ijobiy va salbiy qaxramonlar. Otabek ijobiy, Xomid esa salbiy. Kumush ijobiy, Zaynab salbiyroq va xokazo. O‘zbekistondagi bugungi jamiyat esa barcha salbiy qaxramonlardan iborat ujas kinoga o‘xshaydi.

Seksual vasvasaga chalingan qavm

Kecha bir xurmatli odamning internetdagi sahifasini yuritayotgan  mullasipat yigitchaning shu sahifaga xat yozgan shoira qizga «yalang‘och rasmingizni yuboring» deb yozganini eshitib, jaxlim chiqdi.

Bundan oldin soqoli bir metrlik «muxolipatchi» o‘z asvobini rasmga olib qizlarga yuvorgandi.

Umuman seksual ozabochenniylik bularning qovoq kallasiga  enasining emchagini emayotib, kirib qolgan shekilli.

Namanganning Aravon bilan chegarasida yashaydigan eri bor xotin xajga tekin borish evaziga bir xojaka kira qilgan xatada seks qilib yurgan  (audiosi bor annaqsa)

Xojilik maqomi fohishaga haq sifatida berilgan. (Shu yerda astoprillo, degan rasm)

Qashqadaryoning Qamashi tumanidagi Qishloq Vrachlik Punktiga ko‘rik uchun kelgan xotinga  seks taklifini bergan shifokor  mayda bezorilikda ayblanib qamaldi.

Aslida bu mayda emas katta jinoyat. Do‘xtrlikka o‘qiyotgan qizlarning o‘qish o‘rniga o‘zini jalablikka sotib yurganini yozgandim. Endi manavi duxtr rijol o‘z qabuliga kelgan bemorni darrov tagiga bosmoqchi. He o‘la..

Shifoxonaga kelgan xotin  bo‘lim mudiri bilan  muntazam seks qilib tursa, bo‘lim mudiri har oy unga 1 mln so‘mdan oylik berishini va'da qilgan.

Xotin esa shartta milisaga arz qildi. Bu jolotoy duxtr qo‘liga kishan solindi. Duxtr qamag‘da.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudida huquqbuzar erkak va jabrlanuvchi xotin ishtirokida, MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan Z.T.ga oid ma'muriy ish ko‘rib chiqildi.

Huquqbuzar Z.T. Qamashi tumani Qamay MFYdagi 47-son QVPga ko‘rik uchun kelgan S.T.ga u bilan jinsiy aloqada bo‘lsa har oyda 1 000 000 so‘mdan oylik berishini aytib, shahvoniy shilqimlik qilib, MJtKning 41-1 moddasi (shahvoniy shilqimlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi hamda 247 500 so‘m davlat foydasiga pul undirish tayinlandi.

Ashnaqa gaplar. O‘lib ketgan katta bovom bunday xolatda «Keltir masnaviyni» der edi. Va albatta har bir xodisaga mos rivoyat o‘qib berardi. Bobom o‘lgani uchun o‘zim ochib o‘qib qo‘yaqoldim.

Qiyomat kuni tangri taborak muazzinlarning bo‘yini jirafadan ham uzun qilib tiriltirar ekan. Sababi izdixom ichida ularni tez tanib, savol so‘roqsiz jannatga putevka bervorish uchun.

Bu qoidadan xo‘roz norozi bo‘lib, tangri taolaga shikoyat qilibdi.

«Men muazzindan ham erta turib odamlarni uyg‘otaman. Nega menga jannatni VIP qilmading»

Tangri taborak xo‘rozga dedi. «Sen qirqta tovuq bo‘la turib, yana devordan oshib qo‘shnining tovug‘ini ham tagiga bosadigan shahvatparast bo‘lganing uchun senga imtiyoz yo‘qdir «

Ana !!!

MS: Issop. Makkaga opporoman dap, ari bo xotinni atipmi? Manimcha bi xoji birot makkaga opporomon dam makkapoyani ichina girizib to‘nqoytirg‘on shu xotinni.

kulgi jingl

RT: Matchonboy kuladigan emas yig‘laydigan zamon bu. Yig‘laganda ham boshni devorga qarsillatib urib, ho‘ngrab baqirib yig‘laydigan zamon.

Farg‘ona tumani “Yuqori archa” mahallasi hududida joylashgan dalada 2 noyabr kuni yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi.

Sovuq bo‘lishiga qaramay, baxtli tasodif tufayli, mahalla turg‘uni chakalakzorga tashlab ketilgan chaqaloqni tirik holda topdi.

Otda borayotgan shaxs uzoqdan chaqaloq yig‘isini eshitgan. Yaqinroq borib qarasa, yig‘i ovozi kelayotgan joyda odeyaloga o‘ralgan chaqaloq yotgan bo‘lgan. Qo‘rqib ketgan shaxs o‘g‘lini yordamga chaqirgan.

Chaqaloq topilgan joyga yetib kelgan o‘g‘il zudlik bilan uchastka noziriga telefon qilgan, nozir bo‘lsa chaqaloqni o‘z mashinasida tibbiy punktga olib borgan.

MS: qiz dirimi?

RT: Qizcha tirik. Yaxshiyam davlat bor. Shu davlatning yetimxonasida o‘nib o‘sadi bu qiz.

MS: Ulli bo‘sa adliyaddayi yoshullilalara kadi bo‘ladi bu yetmak qiz.

RT: Matchonboy qo‘y bu gaplarni. Shu qiz tug‘ilishi bilan dalaga tashab ketildi. Sovuqda o‘lmadi. It, shoqol yoki bo‘ri yemadi. Tirik. Bizning xalq ham shu tashlab ketilgan bola kabi. O‘tkan yilgi anomal sovuqda o‘lmadik. Transformator o‘rniga humo hokkey zali, shovvozsoyda saroy qurgan, o‘ris hokkeychilaru har xil iprisqi kuntelarga tekin kvartira beradigan rahbariyat e'tiboridan mosuvo xalq. Gaz o‘risga o‘risdan ortsa xitoyga. Qazib chiqarilgan oltindan padarka yasab Ramzanga beramiz. Tolibonga gumpomosh jo‘natamiz. Arnasoydagi bechorani kim o‘ylaydi. Bizga kim gumpomosh jo‘natadi. Ëtibmiz sovuq dalada, tashlandiq bola kabi. Kim bizga emchak tutadi.

MS: Og‘o yeg‘lotmang mani. O‘zi dardim o‘zima yetib duribti. uring tormozo. Oching alni. potiya ating.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2024
17 ta fermer xo‘jaliklari birlashib tashkil etgan “Eko Zamin Oltin Tolasi” ishlab chiqarish kooperativi (IChK) ishi.   Fermerlar 2023 ...
8 noyabr 2021
Prezident Shavkat Mirziyoev 6 noyabr kuni yangidan lavozimiga o‘tirish oldidan qasamyod qilarkan, O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish niyatini bildirdi. Biroq ...
4 dekabr 2019
O‘zbekiston prezidenti 3 dekabr kuni qabul qilgan Tojikiston prezidentining katta o‘g‘li Rustam Imomali Shavkat Mirziyoevga otasining «salomi va eng ...
28 aprel 2020
Davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga jarima solishni ko‘zda tutgan qonun loyihasi O‘zbekistonda yashovchi rus tilli ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...