Asosiy mavzular
24 noyabr 2023

Saxiy Salimboy G‘opirning uyiga Azroilni ham yuborishga tayyor

Toshkentda o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan professional boks kechasi tadbirkor-mafiozi G‘ofir Rahimovga xalq nazaridan chetda qolmaganini ko‘rsatish uchun yaxshina bir fursat edi.

G‘ofir Rahimov qolgan bor kuchi, iqtidori va tanish-bilishlarini ishga solib, jahon boksi yulduzlari – Mayk Tayson, Evander Xollifildni Toshkentga olib keldi.

Ularga osh damladi, faxriy kamarlarni taqdi. Ular qatori yana o‘nlab o‘tmishdagi va hozirgi bokschilarga zarchoponlar ulashdi.

Boks kechasida ham VIP-mehmonlar to‘rida o‘tirdi G‘ofirboy.

Yaxshigina piar qildi o‘zini o‘zi.

Ammo, boks kechasi so‘ngi kunlarda Toshkentda tarqalgan mish-mishlar soyasida qoldi va unutildi ham.

Eltuzga bir necha mustaqil manbadan yetib kelgan gaplarga qaraganda, G‘ofir Rahimov xorijiy mehmonlarni olib yurgan yigitlarni qattiq ogohlantirgan: mehmonlarni boshqa bir boy – Salim Abduvalievning Toshkentning Oq Uy guzaridagi uyiga olib borganlar qattiq jazolanadi. U hatto mehmonlarni ham Salimboy uyiga bormaslik haqida ogohlantirgan: Uning uyiga borsangiz, sizga va'da qilganim pul berilmaydi, vassalom!

Toshkent katta bo‘lishi mumkin, lekin bunaqa gap tez tarqaladi. Ayniqsa tadbirkorlar ichida gap turmaydi. Xullas, G‘ofirboyning gapi Salimboyning qulog‘igacha yetib borgan.

Saxiyligi bilan nom chiqargan Salimboy G‘ofirboyning “progoni”ga o‘ziga xos uslubda javob qaytaribdi (Eltuzga bu gapni o‘z qulog‘i bilan eshitgan biznemenlar aytdi):

– Man G‘opirboydek ziqna, baxil odam emasman. Agar mani oldimga o‘lim farishtasi – Azroil keladigan bolsa ham, man hech ikkilanmay, avval G‘opirboynikida mehmon bo‘lishiga qarshilik qilmas edim.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 25 yanvarda Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ikki keksa vakili – Salim Abduvaliev va  G‘ofur Rahimov o‘rtasida xufiya uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Bir necha soat davom etgan ma'raka – “yarash oshi” so‘ngida ikki mafiaboshi o‘rtasidagi kin va adovatga nuqta qo‘yilgan.

“Uchrashuvga judayam mashhur odamlar kelishdi. Svet umuman bo‘lmagani uchun oshni restoran orqasidagi hovlichada Toshkentning eng zo‘r oshpazi pishirdi. Yarash oshi ko‘pchilik nazaridan panada, juda to‘kin dasturxon atrofida o‘tdi,” – degan edi Eltuz manbasi.

Bu uchrashuvni ikkovlonning eski qadrdoni, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidenti Qudratullo Rafiqov tashkillashtirgan edi. 

G‘ofur Rahimov va Salim Abduvalievlar o‘rtasidagi adovat 2009 yilga borib taqaladi.

Hodisadan xabardor shaxsning hikoya qilishicha, o‘sha davr “jinoyat olami”ning eng qudratli bosslaridan bo‘lgan G‘ofur Rahimov va Salim Abduvalievlar o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqishiga Yangiyo‘ldagi yog‘-moy kombinati uchun bo‘lgan tortishuv sabab bo‘lgan edi.

Toshkentda tarqalgan so‘ngi gaplar O‘zbekistondagi eng iski va atoqli mafiozalar o‘rtasidagi kina va adovat haliyam bitmaganini ko‘rsatadi.

Eltuz O‘zbekistondagi o‘g‘rilar olami, jinoiy guruhlarga yaqin shaxslar va kriminal avtoritetlar faoliyatiga oid voqea va xodisalarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
3 avgust 2016
Viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning bug‘doydan bo‘shagan yerlarga mosh ekish haqidagi topshirig‘i, o‘z yerlariga boshqa ekinlar ekib, katta mehnat va ...
12 noyabr 2015
Bugun 12 noyabr kuni ertalab 21 yil qamoqda bo‘lgan, 4 marta raskrutka qilingan taniqli muxolifatdagi siyosatchi Murod Jo‘raev ozod ...
5 mart 2018
O‘zbekistonda “Damas” va “Spark” rusumli avtomobillarga ehtiyoj juda katta. Ammo mamlakat avtosalonlaridan ularni topish ancha mushkul. Shuning uchun hozir ...
18 avgust 2023
Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham! MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar bo‘lib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...