Asosiy mavzular
26 noyabr 2023

«X-Factor» ko‘z yoshlarga ishonmaydi

Shou loyihasidan ko‘rsatuv homiylari, va prodyusserlari bosimi ostida bir necha iste'dodli yoshlar chetlatildi. 12 finalistdan biri bo‘lgan Vlada Kim protest bildirib shouni tark qildi.
Lola o‘z instagramida ko‘z yosh to‘kib, prodyusserlardan nolidi. Jasmindan kutmagan edim bunday harakatni dedi. Anglashimizcha homiylar va prodyusserlar yuqoridagilar nimani istasa shuni qilishmoqda.

Avvaliga Vladaning shouni tark etishini oilaviy sababga yo‘yishgan, lekin u «X Factor»da tsenzuraga yo‘l qo‘yilgani bildirib chiqish qildi.

Qadrli muxlislar ilgari xabar berganimizdek, Eltuz jamoasi X-Faktor O‘zbekiston shou ko‘rsatuvini sharxlab borishga qaror qildi. Bu Eltuzning shu seriyadagi uchinchi ko‘rsatuvi va u X-Faktorning 10-soniga bag‘ishlanadi.

Toshkentda shu kunlarda keng tarqalgan o‘tkir respirator kasalligi X Factor shousi qatnashchilarini ham chetlab o‘tmagan ko‘rinadi.

Shouda qolgan yetti ashulachi va ikki guruh 26 noyabr, yakshanba kuni FTV kanalida ikkinchi jonli efirda chiqishdi.

Bu safar ular 90-yillar xitlarini aytishdi.
Ko‘pchiligi tomog‘i og‘rigani sabab ko‘shiqni yaxshi ijro etolmadi.
Shou favoritlaridan biri, qulog‘iga pirsing xalqa kiydirib olgan Yulduz Musa uchun shamollash qimmatga tushdi.
Tomog‘i og‘rib tomoshabinlarning eng kam ovozini olgan uch ijrochidan biri bo‘ldi.
Madonnaning “La Isla Bonita” qo‘shig‘ini aytar ekan ovozi “mi” notasidan ko‘tarilmadi.  
Murabbiysi Lola Yo‘ldoshevaning aytishicha,  shouning hamma qatnashchilari bir joyda yashaydi,  shogirdi Yulduz Musa ham qolgan ishtirokchilar ham va  o‘zi ham shamollab qolgan.
U o‘z shogirdining betob bo‘lishiga qaramay sahnaga chiqqanini “qahramonlik” deb atadi.  
Lekin shu o‘rinda adolat nuqtai nazaridan Xonqali bratning qizi aybini ham aytish kerak.
Lolaning xatosi pank uslubida qo‘shiq aytadigan shogirdini barbiga aylantirgani bo‘ldi. Yulduz Musoga Madonna emas Pank yarashardi.
Yulduz Musa bilan o‘lim guruhiga tushganlardan biri tenor, DXX kapitani Davron Abdusalomov bo‘ldi.
U Lou Bega ni “Mambo No. 5” ashulasini aytdi. Bo‘g‘iq ovozdagi ijro havaskorlik darajasidan past bo‘ldi.
Ohirida shouda qolish uchun Yulduz bilan Davron kaytadan bellashishdi.
Yulduz Sevara Nazarxonning ko‘shig‘ini aytdi. Davron «Oshiqlar gul tutar…» ko‘shig‘ini bo‘g‘ilib zo‘rg‘a aytdi
Lekin, hakamlar uni qutqarib qolishdi.  
Jyuri orasida Lola Yo‘ldoshevadan boshqa xammasi Milliy gvardiya kapitani Davronga ovoz berishdi.
 “Minor” triosi va “Zamin” akapellasi yigitlari ham sahnada betob ko‘rindi.  Betob bo‘lmasalar ham bu ikki guruh shouda boshidan yaxshi ijroni ko‘rsatmagan.
Murabbiysi Ravshan Komilov yigitlar qo‘shiqni uddalay olmaganining sababi ularning shamollab qolgani ekanini aytdi.
«X-faktor» teleshouda dumbul jyurilar o‘tirib olib, juda nohaqlik qilishdi.
Judayam zo‘r yosh iste'dod – Yulduzni chiqarib yuborishdi. Bir tiyinga qimmat «Minor» jamoasini Ravshan Komilov «xurmati» uchun qoldirishdi”, deya izohladi voqeani jurnalist Mehribon Qurboniyozova.
Bu yerda region faktori ham bor. «Minor» Buxoro va Samarqand qo‘lida. O‘zbekistonda nima ko‘p, DXX va milliy gvardiyachi ko‘p, do‘mboq kapitanga ular dastak.
Hayriniso Akbarova “Setora” guruhi repertuaridagi “Tarona” rekords studiyasining  “Borsan” qo‘shig‘ini kasal bo‘lishiga qaramay, hakam Ibrohim Ahmedov aytganidek “yorivordi”.
Hakamlardan biri Lola Yo‘ldosheva otasining studiyasida yozilgan bu qo‘shiq aytilganida yig‘lab yubordi.
Otasi xorazmlik prodyuser Ravshan Yo‘ldoshev “Tarona rekords” studiyasi asoschisi va rahbari bo‘lgan. U uch yil avval yurak hurujidan o‘lgan.
O‘zbek Dimash laqabini olib ulgurgan namanganlik Shoxruxxon Halimxonovga “Modern toking” guruhining Brother Lui qo‘shig‘i umuman o‘tirmadi.
Muhammad Ali esa “Laskaviy may” guruhining “Oq atir gullar” ashulasini aytmasa yaxshi bo‘lar edi.  
Murabbiysi Jasminning aytishicha, shou qatnashchilari hammasi bir joyda yashaydi, hammasi shamollagan.  
O‘tkir respirator kasalligi xorazmlik Javlon Sapaevni chetlab o‘tgan aftidan, u “Aisha” qo‘shig‘ini maromida aytdi.
Ulug‘bek Xafizov ham “Habibi” qo‘shig‘ini nuqsonsiz ijro etdi, lekin bu safargi uning ijrosini oldingi chiqishlaridan yaxshi deb bo‘lmaydi.
Shou qoidasiga ko‘ra, har jonli efirda  tomoshabinlarning eng kam ovozini to‘plagan qatnashchi loyihani tark etishi kerak.
Bu safar “Zamin” kapellasi va Yulduz Musaning omadi chopmadi. Ular keyingi bosqichga o‘ta olishmadi.
Shu kunlarda O‘zbekistonda o‘tkir respirator kasallik tarqalgan. Shifoxonalar bemorlarga to‘lib toshgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi uch yil avval Covid 19 bemorlari uchun maxsus qurilgan Zangiota 1 kasalxonasida o‘rinlar sonini 300 tadan 500 ga oshirilganini bildirdi.
Aholi orasida millionlab odam yostig‘ini quritgan Covid 19 qaytib kelgani haqida ovoza tarqalgan.
Dunyodagi eng mashhur vokal shoulardan biri X Factor O‘zbekistonda  24 sentyabr kuni start oldi.
Shou qatnashchilari va hakamlar, ayniqsa, to‘rtta hakamdan biri Ibrohim Ahmedovning shlyapasi “xeyterlar”ning nafrat nishonida bo‘ldi.

Kudrat Babadjanov, [11/26/2023 9:04 PM]
“Shlyapani kiyib olib o‘tirib oladi. Baho qo‘yadi.Turib olib vooooy deydi, manaqa qilib. Anovi bittasi o‘tirivolib, gitarada vata-vata qilib, anovi, nima deydi, bir paytlar zonani ashulasi deyilardi, ana shu ashulani aytib o‘tiribdi. O‘tirib olgan hamam manaqa qilib o‘tiribdi. Zo‘r deydi. Ha o‘la” degandi Madvazir muovini Bahodir Ahmedov shu oy boshida o‘tkazilgan majlisda.

O‘zbekistonlik prodyuser Ibrohim Ahmedov namoyishkorona shlyapasini kiyib vazir muoviniga tarmoqda javob qildi, vazir muovinining gaplarini haqorat deb bilishini aytdi, O‘zbekistonda buning uchun javobgarlik borligini vazir muoviniga eslatdi.
X Factor shouci yangi iste'dodlarni kashf etish va xalqaro miqyosda yulduzlarni chiqarish uchun maydon hisoblanadi.
Shouning asosiy kontseptsiyasi erkinlik va plyuralizm. Sahna ko‘rinishlaridan tortib hakamlarning o‘zini tutishida ham shu erkinlikni ko‘rish mumkin.
Va bu shou O‘zbekiston Madaniyat vazirligi zonasidan tashqarida o‘tkazilayotgan yirik musiqa tadbiridir.
Tadbirning bosh xomiylari O‘zbekiston Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidir.
Ular orasida qo‘shiqchilikka bevosita mas'ul Ozodbek Nazarbekov boshliq Madaniyat vazirligi yo‘q.
Loyihaning dastlabki bosqichlari – kastinglar O‘zbekistonning beshta yirik shahri – Samarqand,  Namangan,  Buxoro,  Xiva va Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
6000 kishi shu kastinglarda elakdan o‘tkazildi.
12 ashulachi va guruh  tanlab olindi. Ular uchtadan «Yigitlar», «Qizlar», «25 dan kattalar» va «guruhlar» toifasiga bo‘lindi.
O‘tgan yakshanba bo‘lgan birinchi jonli efirda shulardan ikkitasi o‘tolmadi.
Shu tariqa tanlovda 9 nafar vokalchi qoldi.  
Ular hozirda shouning jonli efirlarida “O‘zbekistonning eng yaxshi ijrochisi” nomini olish huquqi uchun kurashmoqda.
Jonli efir bosqichida qaysi qo‘shiqchi tanlovda qolish-qolmasligini hakamlar emas, tomoshabin SMS orqali har biri 5 ming so‘mlik ovoz yo‘natish yoki PayMe to‘lov tizimi orqali bepul ovoz berish yo‘li bilan hal qiladi.

Eng kam ovoz olgan qatashchi loyihasini tark etadi.

Shou g‘olibi 100 million so‘m miqdoridagi mukofot,  shuningdek,  FTV telekanalidan axborot ko‘magi va efirga uzatiladigan qo‘shiqlarni qo‘lga kiritadi.

FTV telekanali Britaniyaning FremantleMedia shirkatidan X Factor frenchayzini sotib oldi va bu turdagi shou dasturni  o‘zbekistonga kiritgan birinchi telekanal bo‘ldi.

“X-Factor” bundan oldin dunyoning ellikdan ortiq mamlakatlarida namoyish etilgan.   O‘zbekiston esa bu mashhur vokal talant shousini o‘tkazayotgan ellik sakkizinchi davlat bo‘ldi.

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2019
Ko‘plab manbalarda Muhammad CAV tug‘ilgan kunlari turlicha talqin qilinadi, biroq sahih deya atalgan ko‘p manbalarda 571 yilning 20 apreli ...
12 avgust 2019
(Prokurorlarning ochiq xati to‘liq va stilistika saqlangan holda e'lon qilinmoqda)  Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirzieev, xalqsevar yurtboshimiz, murojatimiz boshida Sizga, ...
30 oktyabr 2023
Mirziyoevning Qashqadaryoga tashrifi oldidan paxta terimi bo‘yicha Qashqadaryoda reja bajarilgani haqidagi ma'lumot aslida qo‘shib yozilgani aytilmoqda. Qashqadaryo viloyati paxta ...
24 aprel 2016
«Hurriyat» gazetasi bugun xalqning kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng og‘riqli nuqtasiga e'tibor qaratib, isitish tizimi va issiq suv bilan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...