Asosiy mavzular
4 dekabr 2023

Baxti Tashkentskiyni nima kutayapti? Salimnichi…

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) va 276-modda 2-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) agar sudda tasdiqlansa, Baxti Tashkentskiy birinchi modda bo‘yicha o‘n yildan o‘n besh yilgacha, ikkinchi modda bo‘yicha uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hozirda ehtimoliy jabrlanuvchilar Baxti o‘g‘riga qarshi ko‘rsatma berishga majburlanayotgan bo‘lsa ajablanmaymiz. Ammo, jabrlanuvchilar, “jinoyat olami”ning yozilmagan qonunlariga ko‘ra, “vor v zakone”ga qarshi ko‘rsatma berganlardan qasos ham ayovsiz olinishini yaxshi bilishadi. Sudda Baxtiyor Qudratullaev ko‘ziga qarab, bu shaxs mendan tovlamachilik bilan shuncha pulni oldi, deb aytishga botina olmaydi. Shunday ekan, 165 moddaning sudda olib tashlanmaslik ehtimoli deyarli yo‘q. 

Baxti Tashkentskiyda ikkinchi ayblov qoladi: Ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash. O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” o‘tmishda ayni modda bilan sudlanib, jazo o‘tab chiqqan. Agar bu gal ham qo‘yilayotgan ayni ayblov sudda o‘z tasdig‘ini topsa, Baxti Tashkentskiy nari borsa uch yil qamoqda o‘tirib chiqadi. 

Bir necha kun oldin hibsga olinganidan keyin Baxti Tashkentskiy yaqinlaridan biriga bog‘lanib “Bir ikki yil “uyda” bo‘laman. Zonalarni tartibga solishga to‘g‘ri kelyapti” deb aytgan. 

O‘g‘rilar tilida “Uy” – “Dom”deganda jazoni o‘tash koloniyalari nazarda tutiladi. 

Mahkumlar orasida bir ibora bor: komu tyurma, a komu – mat rodna. 

Baxti Tashkentskiy qamalsa aslo xafa bo‘lmaydi, chunki qamoq o‘g‘rining uyi ekanini u yaxshi biladi.

Ammo Salimboy – Salim Abduvaliev haqida bu gapni aytib bo‘lmaydi. Uning ahvoli odam aytishga uyaladigan darajada yomon. Cholning sharti ketib, parti qolgan. Odamlar uning pontiga ishonib yuruvdi. Eltuz insayderlari Salim Abduvaliev boshiga kelgan kulfatga uning tili sababchi ekanini aytishadi. 

Ammo, 73 yoshni urib qo‘ygan boy ota unchalik tushkunlikka tushmasa ham bo‘ladi. Vaziyatdan xabardor Eltuz manbalariga ko‘ra, uning ishi sudgacha bormaydi, borsa ham boy ota suddan keyin Oq uydagi uyiga qaytib keladi.

Eltuz jinoyat olamiga aloqador shaxslarning qamalishi bilan bog‘liq jarayonlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizni kuzatib boring, videolarimizga layk bosing.

Baxti Tashkentskiy laqabi bilan mashhur “vor v zakone” Baxtiyor Qudratullaevga qo‘yilayotgan ayblovlar ancha jiddiy: 

Tag‘in o‘qing
25 may 2020
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi «o‘zbek olimi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi», deb xabar berdi. «Ixtiro» muallifi – o‘zbekistonlik olim Olimjon ...
19 fevral 2018
Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 ...
11 yanvar 2021
Surxondaryoda hayvonot bog‘i xodimlari kiyik go‘shtini Yangi yil dasturxoniga tortmoqchi bo‘lishgani borasidagi ayblovlarni Termiz shahri prokuraturasi o‘rganmoqda.  Prokuratura “Eltuz” ...
26 fevral 2022
Nega o‘zbeklar Putinni sevadi? Bu savolga normal mantiq bulan javob berish qiyin. Hozirgina taqirboshlar kaltaklagan, ho‘rlagan o‘zbek o‘sha zolimga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...