Aldangan Shavkat yohud Oqqo‘rg‘ondagi qoradog‘
Sizga aytmoqchi bo‘lganim voqeani «Otalar so‘zi aqlning ko‘zi» degan TV formatda hikoya qilsam.
Tasavvur qiling, bir ko‘zoynak kiygan marg‘ilon do‘ppilik boboy sizga teleekrandan turib aql o‘rgatyapti:
«Mana azizlar sizlarga nega nikohning ZAGSda o‘qilishi salomatlik va osoyishtalik uchun yaxshi bo‘lishligi va parazit mullalar bekitiqcha o‘qigan nikohdan zalolat chiqishi garantiya ekanligini tushuntirib bermoqchiman.
Talevizor ekranlari oldiga yaqinroq jaylashib o‘tirvolinglar. Ballardi uxlatib, svet gazlar murvatlarini kontrol qilib, eshiklarni qulflab kelinglar. Gap ko‘p.
Avvalamboshi rivoyat etibersam.
Bir kuni Hizr bovo qari bukri kampirdan «tila tilagingni, seni yelkangdagi ho‘kkini yo‘q qilib go‘zal juvonga oylantirib taylaymi»¸ debdi.
Kampir bo‘lsa, «Yo‘q. Dunyodagi barcha xotinlarni bukri qil. Menam ulardi ustidan bir kulayin,» degan ekan.
Niyatni qarang? Buni majruhlik psixologiyasi deyiladi. SPIDga chalinganlar ham boshqalarga yuqtirishni istar ekan.
Shu yerda TV ko‘rib o‘tirgan Matchon Suqilishning toqati toq bo‘ldi.
«Ey boboy kirish so‘zi uzayib ketdi. Maqsadga o‘t»
TVdagi boboyda o‘z teletomashabinlarini ko‘rib turish kabi texnik imkoniyat bor edi.
«Ey Matchon balam, shoshma. Enangning qornida 9 oy qanday yotgansan. Eshit»
Shundan keyin voqeani teatr qilib ko‘rsatiladi
MALOHAT VA ShAVKAT
Parda ochiladi. Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on.
56 yashar Shavkat 40 yashar Malohatga qarab gap otadi:
«Seni ko‘rdimu yuragim qopqonga tushgan kaptarday potir putir qilib boshladi»
Malohat bo‘lsa ko‘zini suzib: Nima balo meni yaxshi ko‘rib qoldingizmi? Ustimda erim yo‘q. Ikki bolani baqib o‘tirgan nochor zaipa bo‘lsam. Sizam uylangan erkaksiz. Ikkinchi xotin qimoqchimi bo‘sangiz, imomga tilpon qilay,» dedi.
Shu yerda Shavkat xursand bo‘lganidan ashla aytvordi.
Bitta imomberdi qora kaptivada kelib, nikohni o‘qib, gonorarni o‘zi qarg‘aydigan Shimoliy Amerika valyutasida olib dap bo‘ldi.
Shavkat Malohatga qarab: «Siz o‘shami?» dedi. Malohat bo‘lsa o‘zining yangi erini yotoqqa sudradi. Ag‘i ko‘rpachani ustidagi 18 qo‘shuv.
Kadrda yana ko‘zoynakli chol.
«Mana azizlar. Bir qaraganda Layli Majnun kabi go‘zal manzara. Aslida Shavkat va uning birinchi xotini uchun bu katta va tuzatib bo‘lmas fojea edi. Chunki Malohat duch kelgan bilan yotib turaverib SPID kasaliga chalingan¸ bu aniqlangach boshqalarga yuqirmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirilgan edi. Malohat, bila turib Shavkatga SPID yuqtirdi. Shavkat ham Malohatni uyidan chiqib, xotini bilan ham zakarqopsiz seks qilib yurdi. Oqibatda o‘zi va birinchi xotini SPIDga yo‘liqdi.
Bu esa O‘zbekiston qonunlarida ko‘zda tutilgan jinoyat hisoblanadi.
Shu tariqa Oqqo‘rg‘on tumani, “Zarafshon” mahallasi, Oxunboboev ko‘chasi, 68-uyda yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan Xamraqulov Shavkat Qo‘ldashevich she'riy er maqomidan jabrlanuvchiga aylandi.
Oqqo‘rg‘onga qora dog‘ bo‘lgan bu dahshatli yovuz jinoyat yuzasidan 1-1109-2301/187 sonli jinoyat ishi ochildi.
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudi mahkamasida ayblanuvchi Kubaeva Malaxat Xakimbekovna o‘a aybiga to‘la iqror bo‘ldi.
Nafsini tiya olmagani bois Shavkat Hamraqulovni o‘z to‘shagiga tortganidan pushaymonligini va qamalib ketsa ikki bolasiga qaraydigan odam yo‘qigini aytib yig‘lab siqtadi.
Shavkatning sudda qatnashgan birinchi xotini erining uylangani¸ bo‘libam spidga chalingan g‘arga ilakishganidan xabarsiz bo‘lganini aytib qarg‘andi. Oyog‘idagi tapochkani Malohatga qarab otdi.
Kadrda sudda bir birini sochini yulayotgan ikki xotin ko‘rinadi.
Kadrda yana ko‘zoynakli chol:
Mana azizlar. Qilmish qidirmish. Yelkasidagi boshi qolib choti orasidagi kallaning istagiga bo‘ysungan Shavkatning holi nima bo‘lganini ko‘rdingiz. Unga atay SPID yuqtirgan Malohat sud hukmi bilan jazolandi.
Kadrda sud hujjati gir gir o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan
ayblangan. M.Kubaeva 2017 yil 13 fevral kunidan buyon OIV
kasalligi bo‘yicha dispanserda musbat natija bilan ro‘yxatga olinib,o‘zining OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) bilan zararlanganligi hamda ushbu kasallikni boshqa shaxsga jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqtirishi mumkinligi uchun zakarqposiz jinsiy aloqadan tiyilishi haqida qatiy ravishda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay o‘zining jinsiy sherigiga o‘z kasalligini atayin qasddan yuqtirganlikda aybdor dep topildi.
Qubaeva OIV kasalligi bilan kasallanganligini bilgani holda, 2021 yil 8 dekabr kuni Oqqo‘rg‘on tumani, “Zarafshon” mahallasi, Oxunboboev ko‘chasi, 68-uyda yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan Xamraqulov Shavkat Qo‘ldashevich bilan sha'riy nikohdan o‘tib, shu kunga qadar Sh.Xamraqulovni o‘zining statusidan xabardor qilmasdan, o‘zining yashash xonadonida timimsiz va tiyiqsiz jinsiy aloqa qilib,
uni OIV kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.
Sudlanuvchi M.Kubaeva sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
O‘z qaramog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi
borligini, og‘irroq jazo tayinlansa ikki nafar farzandi qarovsiz qolib ketishini bayon qilib, suddan yengillik berishni so‘radi.
Sudlanuvchi M.Kubaevaning aybi uning aybiga to‘liq iqror bo‘lib bergan ko‘rsatuvidan tashqari, jinoyat ishida to‘plangan hamda sud majlisida tekshirilgan quyidagi dalillar bilan to‘liq isbotlanadi.
Karda yana ko‘zoynakli chol
Dunyodagi eng odil sud bu Chinoz sudi. Aynan bu sud hakamlari
jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik,
jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olish bilan birga Malohatning uzoq vaqt seks ko‘rmagan tashna ayolligini, aybiga to‘liq iqrorligini va pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy sharoitini, qaramog‘ida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi
borligini, jabrlanuvchining unga nisbatan da'vosi yo‘qligini inobatga oldi.
Kadrda sud hukmi o‘qib yog‘och bolg‘a bilan sandonga urayotgan sudya tasviri.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 454-457, 462-463, 465-468, 471-473-moddalariga amal qilib, sud H U K M Q I L AD I :
Kubaeva Malaxat Xakimbekovna (Kubayeva Malaxat Xakimbekovna) O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilsin. M. Kubaevaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, sutkaning soat 22:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtida yashash joyi – Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Zarafshon” mfy, Oxunboboev ko‘chasi, 68-uydan chiqishi cheklangan holda 3 (uch) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlansin.
Mahkuma M.Kubaevaning zimmasiga:
– alkogolli ichimliklar iste'mol qilinadigan va ko‘ngilochar joylar (kafe, bar, restoran va tungi klublar)ga bormaslik;
– ommaviy tadbirlar (bayram sayllari va namoyishlar)da ishtirok etmaslik;
– muqaddam sudlangan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;
– alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslik;
– jazo ijrosini nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash
joylarini o‘zgartirmaslik hamda Toshkent viloyati hududidan
tashqariga chiqmaslik kabi qo‘shimcha majburiyatlar yuklatilsin.
Jazoni ijro etish Oqqo‘rg‘on tumani IIBning jazolarni ijro
etish inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilsin.
Jazoni o‘tash muddati, mahkuma M.Kubaeva jazoni ijro etish
inspektsiyasida hisobga qo‘yilgan kundan boshlab hisoblansin.
Kadrda ko‘zoynakli chol:
Mana azizlar. Navoiy bobomiz nima devdilar. Bilmayin bosdim tikanniy tortadurmen jabriniy. O‘zbekistonda ikki xotinlilik taqiqlangan. Nikoh faqat ZAGSda qayd qilinadi. Oqqo‘rg‘onlik Shavkatjon buni bilganida edi boshiga bundaychikin balolaar kelmasdi. Yana zangori ekranda uchrashguncha xayr azizlar. Ikki dunyo saodati sizga yor bo‘lsin.
Reklama. To‘xtaniyoz otaning kolbasalari va ayollar chotiga yopiladigan latta reklamasi biror o‘n besh marta qayta namoyish qilinadi.