Asosiy mavzular
19 yanvar 2024

Benzin va ko‘mir mafiyasi havoni buzmoqda

RT: Azizlar mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ina amdolli yana go‘riship duripmiz sizla bilan. Nichikizla xo‘jik brri mo‘chchi oybikala?

RT: Toshkentda havo zaharlangfan. Mashina narxi oshdi. Yo‘llar o‘ydim chuqur. Benzinda oktan oz. Hamma yoqni benzin va ko‘mir mafiyasi talab yotibdi. Bosh vazir Chivintepani nomini o‘zgartirgani bilan havo yaxshilanmadi.

MS: Bir artist chiqib viloyatdan galganla, xonqoli bilan hivolilar Toshkenta moshin minib galib, havoni bizib yotibdilo, dap aytdi.

RT: Matchonboy, viloyatliklar emas, Toshkent havosini buzayotgan bu sifatsiz benzin va ko‘mir sotishdan manfaatdir amaladorlar mafiyasi.

MS: Shashlikchilani ko‘mir yoqqan tutuni havoni bizib yotibdi…

ENYeRGYeTIKA VAZIRI XALQNI KO‘MIR BILAN ZAHARLAMOQDA

Shu kunlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qor yog‘a boshladi. Poytaxt aholisi xursand bo‘ldi. Aslida qorning yog‘ishi azonni ko‘paytirib, havoni tozalaydi.

Ammo, Toshkent shahri va viloyatida buning aksi bo‘lmoqda. Xalq ko‘mir tutunidan bo‘g‘ilmoqda.

Chunki gaz bilan ishlagan issiqxonalarda ko‘mir yoqila boshladi. Gaz esa uzib tashlangan. Zavodlardan burqirab chiqayotgan hid xalqni nafas olishiga qo‘ymayapti. Zavodlar mo‘rilariga soxta filtrlar o‘rnatilgan. Har kimam yuzlab million to‘lab, haqiqiy havo filtrini o‘rnatavermaydi.

Ko‘mirga o‘tish Energetika vaziri janob Jo‘rabek Mirzamahmudov tashabbusi bilan boshlatildi. 

«Yevropa davlatlari ham energetik resurslar kamaygani hisobiga ko‘mirga o‘tishni boshladi. Va bu tendentsiya faqat O‘zbekistonda emas, hamma joyda bo‘lyapti», – deya yaqinda Energetika vazirligi bo‘lim boshlig‘i boshlig‘i o‘z raxbari tashabbusini himoya qilib chiqdi.  Lekin uning yolg‘oni o‘xshamadi.

Aslida, Yevropa va AQShda ko‘mir iste'moli kamaygan. U yildan yilga kamayib borayapti.  Ko‘mir – eng kir yoqilg‘i. U boshqa yoqilg‘i manbalariga qaraganda, ancha ko‘proq issiqxona gazlarini chiqaradi. Buning zahrini poytaxt va voha aholisi tatib ko‘rmoqda.

Nima, Jo‘rabek Mirzamahmudov xalqni ataylabdan zaharlab o‘ldirmoqchimi? Bunaqada Toshkentdan Chernoblga ko‘chib ketish afzalroq bo‘lib qoladi-ku.

MS: Bilamiz, pil kavopsizlar, lekin xalqa sal ichingiz uvishsin. Ëqinda protivogoz giyib ko‘chada yuriymiz bi getishda

Musappo osmon nyus

Sapyor bir marta yanglishadi. Tsirkdagi bozingarni arslon yeb tashaydi. Bu kasb bilan bog‘liq xatarlardir. Baxmallik  47 yashar elektromontyor «Oyqor» QFY «Sartyuzi» qishlog‘ida simyog‘ochga chiqqan vaqtida tok urib o‘ldi. Monter go‘rda¸ stolba Oyqorda, kasb bilan bog‘liq xatarlar peshanada.

MS: O‘zi mutaxassis bulsa, navchun endi uni tok uradi?! Yo texnik xavfsizliq qoidalarina rioya atmagan, yo mast-alas bo‘lg‘on. Unnonam ulliroq savab – tok o‘tkizgich sim, asvob-uskunalarni eskirib kolg‘ani, almashtirilmag‘ani bo‘lishi garak.

RT: Sirdaryo viloyati Guliston tumanida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi.

Ma'lum qilinishicha, 14 yanvar kuni haydovchi avtomashinani Guliston tumani, “Inoqlik” mahallasi hududidan o‘tgan “O‘ng tarmoq” kanalining o‘ng tomonida joylashgan mahalliy ichki yo‘l bo‘ylab boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, kanalga tushib ketgan.Tarmoqlarda bolalarning 3 nafari tirik qolgani, 2 nafari esa suvda oqib ketgani aytilmoqda. Ikki yigit egizak bo‘lgan.

NAMANGANDA TUG‘ILGAN TO‘RT EGIZAK ChAQALOQ VA ULARNING ONASI o‘ldi.

Namangan viloyati Markaziy tug‘uruqxonasida to‘rtta egiz chaqaloq tug‘ilgan va ko‘p yashamay o‘ldi. 

Eltuz manbasining qo‘shimcha qilishicha, ona ham chaqaloqlarni dunyoga keltirganidan so‘ng dunyodan ko‘z yumgan. Ko‘zi yorigan ayol talaba bo‘lgan.

MS: Duxtrla o‘ldirdimi ?

RT: Yo‘q. Joxil oilaning o‘zi aybdor. Doktorlar ogohlantirgan ekan, 4 egizakli homila hayotiga havf tug‘dirayotganini. Ayol Anemiyaga uchragan va doktorlar nazoratida bo‘lgan. Homila vыkidыsh bo‘lgan, keyin onani organizmi otkaz bergan. Doktorlarning aybi deb o‘ylamiman.

MS: Duxtrlani oytishincha banan yesang dizing og‘rimiydi akan, lekin Ekvadordagi banan davlatinda potirdi chiqib, bozordo banan qimmotlobdi.

RT: Banan davlatiga xos narsa nima? Javob oddiy. Bu davlatdagi o‘roq, ketmon yasab sotadigan boy ota qo‘lbola parlamentga aytib, mamlakatga chetdan o‘roq ketmon kirishini taqiqlab qo‘ya oladi.

Endi O‘zbekiston juda banan bo‘masayam, bodring davlat.

Mana kelasi oydan boshlab, artelboy ota istagi bilan mamlakatga ashqol-dashqol apkirishga taqiq qo‘yildi.

Changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, sovutkich, muzlatgich; televizor, monitor, gaz plitalari, duxovkalar, pechlar, dazmollar¸ konditsionerlar, xullas artelda nima chiqsa shuning analogini chetdan obkira olmaysiz. Artel nomini tefal qo‘yib choydi ichaverasiz aylanib o‘rgulib.

MS: Bodring diring diring monopolga yo‘l baring. Toshkentni xoropini chiqorvadi bu qon toshog‘on…

Toshkent abobil qushini kutmoqda

Agar 80 kilolik odam uchun mo‘ljallangan kursiga 6 tonna og‘irlkdagi fil o‘tirsa stul sinadi. Toshkent shahrining texnik va ekologik imkoniyati sovet shaharsozlari tomonidan bir yarim million kishining yayrab yashashi uchun mos ekanligi aytilgan. Shunga enlab kanalizatsiya, vodoprovod, elektr va shahar transport tizimi yasalgan.

Endi bu infratizimni 80 kilolik odam uchun mo‘ljallangan kursi deb bilsak, xozir uning ustiga «uy qurib sotish» degan biznes lixorodkasiga yo‘liqqan murot-parot-bildinglardan iborat fil minvoldi.

Markazlashgan byurokratiya sababli bitta imzo qo‘ydirish yoki «bacha o‘qitish» uchun hamma otini molini sotib Toshkentga endi.

Ippodrom, o‘rikzor va boshqa o‘ptim bozorlarning o‘zi alohida fil.

Aytish joizki, Toshkent fillar to‘dasining oyog‘i ostida majaqlanib ado bo‘ldi.

Qani edi abobil qushlari tumshuqlari bilan  bittadan bomba tashab bu fillarni o‘ldirsa.

MS: Og‘o nishatish garak. Energetika mafiyasi Ekovazirga ugrojat qilib, diljakina toyoq diqib o‘tiribdi.

Yashil energoyaga o‘tish kerak Matchonboy.

Ekologiya vazirligi harakati bilan Ekologiya 2023 yil oxirida mamlakatdagi «yashil energiya»ning global quvvati oshdi. Bu o‘sish so‘nggi 20 yil ichida rekord ko‘rsatkichga aylandi. Mutaxassislarning fikricha, 2028 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 42 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Qayta tiklanadigan energiyaning global quvvati 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 50 foizga oshib, 510 gigavatt (GVt) ga yetdi. Bu so‘nggi 20 yildagi eng yuqori o‘sish sur'ati bo‘ldi, deyiladi Xalqaro energiya agentligi (International Energy Agency — IEA) yangi hisobotida.

Hisobot mualliflaring prognoz qilishlaricha:

2024 yilda shamol va quyosh energiyasi birgalikda gidroenergetikadan ko‘ra ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi.

2025 yilda barcha qayta tiklanadigan energiya manbalari quvvati ko‘mir ishlab chiqarishdan ham oshadi va eng yirik elektr energiyasi manbaiga aylanadi.

Shamol elektr stantsiyalari 2025 yilda atom elektr stantsiyalarini, 2026 yilda esa quyosh elektr stantsiyalarini ortda qoldiradi.

2028 yilda qayta tiklanadigan energiya global elektr energiyasi ishlab chiqarishning 42 foizdan ortig‘ini, shamol va quyosh ulushi esa 25 foizini tashkil qiladi.

Kelgusi besh yil ichida deyarli 3700 GVt yangi qayta tiklanadigan quvvatlar tarmoqqa qo‘shiladi. Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishning jadal o‘sishi ushbu sohani 130 dan ortiq mamlakatlarda keng ko‘lamli siyosiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq, deyiladi hisobotda.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari global o‘sishining 95 foizi quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri keladi — 2028 yilga borib, har yili qo‘shiladigan quyosh va shamol quvvatlari hajmi 2022 yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proq oshadi va qariyb 710 GV tga yetadi. Bunga «yashil energiya»ni ishlab chiqarish xarajatlari qazib olinadigan yoqilg‘ilardan ishlab chiqarishga nisbatan past bo‘lishi yordam beradi.

2023 yilda yangi quyosh va shamol quvvatlarining 96 foizi yangi ko‘mir va gaz elektr stantsiyalariga qaraganda ishlab chiqarish xarajatlari pastligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 2023 yilda quyosh panellarining narxi yillik hisobda qariyb 50 foizga pasaysi va ularning dunyoda ishlab chiqarish hajmi 2021 yilga nisbatan uch barobarga oshgan.

2023 yil dekabr oyida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammitida (COP28) 120 dan ortiq davlat qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish uchun 2030 yilga kelib dunyoning qayta tiklanadigan energiya imkoniyatlarini uch barobar oshirishga kelishib oldi. Hujjatda O‘zbekiston ham o‘z imzosini qoldirdi.

MS: Og‘o gap ko‘p, ko‘mir oz. Bir sig‘on galip songa kadingni isitib barinmi, dadi.

Man ungo, opobiyi shu o‘yimni isitib qizdirib bar, qo‘lingnan galsa dadim. Navoiy otom oytvadiqu g‘azal birlan uyingni isitaman deb. Novvi davadi Navoiy otimiz…

Jingl

«Lenin to‘g‘ri gapirganu ammo Stalin noto‘g‘ri talqin qilgan» degan ezibichki chaynalardi bir zamonda. «Poshsho yaxshiyu vazir kispurush»deganga o‘xshash gap. Prezidentning «o‘zbek axborot muxitini chetdagilar to‘ldirmasin» degan gapi aslida Rossiya propaganda mashinasini ko‘zda tutadi.

Shu bilan birga Qatar, Misr va Turkiyadagi diniy terror markazlaridan turib o‘zbeklarni zombiga aylantirish ham shu postulat ichiga kiradi.  Endi bir paytlar Karimov davrida karnaylik qilgan tug‘ma ovsar Xayrilla Nuriddinov chiqib mamlakat tashqarisidagi o‘zbek jurnalistlariga qarshi sovetcha uslubda aljirab boshlabdi. Nuriddinovning qarib marazmatik bo‘lib qolganini bilamiz. Ammo bu kasallik mamlakat imidjini oyoq osti qilish, davlat rahbari gapini o‘zicha tafsir qilishga olib kelsa, bundan ixota lozim. Xuddi moxov kasalni izolyatsiya qilgan kabi Xayrillo Nuriddinovni tselofan bilan o‘rab qo‘yish kerak. Ilovadagi rasm sovet davridagi «xayrillolar» ning mafkurasini aks ettiradi. 70 yil chet eldagi «ovozlarga» qarshi kurashgan SSSR oxiri ichdan chirib ado bo‘ldi. Xayrilla Nuritdinov kabi mikroblar sog‘ bo‘lsa O‘zbekiston ham chirib xaritadan  o‘chib ketishi hech gap emas.

MS: Og‘o sho‘rda tormoza bosib, yonqi gapni oyting

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2019
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar ...
21 sentyabr 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
10 noyabr 2016
O‘zbekistondagi partiyalar o‘z nomzodlariga tarafdorlar uchun kurash boshlarkan, xatto ayrimlarda Mirziyoevga muqobil nomzodlarning xam yutishi mumkinligiga zaif bir umid ...
10 sentyabr 2016
O‘zbekistonda Islom Karimov o‘limidan so‘ng hokimiyatning Bosh vazir tomonidan qo‘pol tarzda uzurpatsiya qilinishi kuzatilmoqda. O‘z mushtumzo‘rligi bilan tanilgan Bosh ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...