Asosiy mavzular
29 yanvar 2024

Xatirchida 10 nafar konchi tushgan to‘la ko‘mib tashlandi

Xatirchida klasterchi 10 nafar ruda qazuvchi tushgan tashlandiq kon to‘lasini ko‘mib tashladi

Yeltuzga yetib kelgan videolarda shu yilning 8 yanvarida sodir bo‘lgan ayanchli xolat aks etgan.

Xatirchi tumani Oltinsoy MFYda joylashgan Samarqand kon boshqarmasiga qarashli tashlandiq kon mavjud.

Asosan barcha qishlok ahli 2004 yildan buyon shu tashlandiq to‘lalarga kirib, oila tebratadi.

2012 yil Xatirchi tuman va viloyat rahbarlari oddiy aholiga “dolya berasan” deb, barchasi qamalgan edi.

Hozirgi kunga kelib Xatirchi tuman klastir boshlig‘i Zuhriddin isimli shaxs, fermerman deb yurgan Jonuzoqov Bunyod ismli yigit, ularning shotiri Bobosher, Abror va boshqalar oddiy xalqdan “dolya berasan kattalarga” deb, noqonuniy tilla qidiruvchilardan dolya olib keladi.

“O‘zlaridan rahbar va ko‘cha egalari yasab olishgan. Organda ham odamlari bor. Shu uchun ularga hechkim indamaydi. Ular borgan sari kuchayib bormoqda. Qishloq odamlarini bir-biriga tezlab urishtiradi, kim dolya tashlasa ishlaydi, bo‘lmasa reyd chaqirib, ma'muriy va jinoiy javobgarlikka torttirishadi,” deydi tashlandiq konlardan noqonuniy foydalanayotgan shaxslar haqida so‘zlab bergan Eltuz obunachisi.

Shu yilning 8 yanvarida  tashlandiq to‘lalardan birida tushgan o‘n nafar yosh yigit ustidan Xatirchi tuman klastr boshlig‘i Zuhriddin o‘z traktori bilan to‘la og‘zini to‘ldirib tashlagan.

To‘la ichida o‘n nafar yigit, jumladan bir o‘spirin qolib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan aholi ularni yer ostidan qutqarib olgan. Videoda o‘sha hodisaning ayrim lahzalari tasvirlangan.

Yer ostida qolgan yigitlar yaqinlari ichki ishlarga shikoyat qilganlar, ammo ularning so‘zlariga ko‘ra, ularning arzini hech kim eshitishni xohlamagan.

Xatirchida g‘ayriqonuniy oltin qazib oluvchilar texnika xavfsizligiga rioya qilmasdan, ibtidoiy usulda ruda qazishadi.

Ular yer ostidagi konni shamollatish maqsadida turli joylarda qazilgan tunnellardan beliga arqon bog‘lab 60 metrgacha pastga tushadilar.

Kirka va lopatkalar yordamida rudani qazib, yuqoriga olib chiqishadi.

Ana shu ruda tarkibida oltin bor bo‘lishi mumkin.

Odatda oltin qidiruvchilar brigada bo‘lib yer ostida bir necha kun qolib oltin izlashadi. Gaz ballon vositasida tosh qizdiriladi va u uqalanib tushadi. Yerga yoyilgan palatkaga tushgan ruda yig‘ilib, qoplarda tepaga olib chiqiladi.

Eltuz O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelayotgan xabarlarni yoritishda davom etadi. Videolarimizga layk bosing. Kanalimizga obuna bo‘ling!

Tag‘in o‘qing
5 sentyabr 2023
Kaliningradda otboqar bo‘lib ishlaydigan Samandar ismli o‘zbek voyaga yetmagan o‘ris qizni olib qochib uyiga oborib boylab qo‘ydi. Qiz qutqarildi. ...
8 iyun 2017
Muttasil elektr uzilishlari va Internetdagi to‘siqlarga qaramay o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 million 163 ming ...
12 iyun 2022
Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanayotgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilayotgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston ...
18 fevral 2021
Liberal Rossiyaning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan shaxs, Putinga muxolifat timsoli sifatida namoyon bo‘lgan Aleksey Navalniyning obro‘si aksariyat qismi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...