Asosiy mavzular
28 yanvar 2024

Milliy gvardiyadagi kontrabandachi jazolanmay qoldi

Milliy Gvardiyachining narkotik savdosi bilan shug‘ullanishini tasavvur qila olasizmi? O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin, deyishingiz mumkin. Lekin, bangivor moddalar tujjori yoki tashuvchisi qo‘lga tushib qolsachi. U jazoga tortilishi muqarrar deb o‘ylaysizmi? Javobingiz ha yoki yo‘q bo‘lishi mumkin. 

Ammo, keling, avval barchasini bir chekkadan aytib bersam, xulosani esa keyin o‘zingiz chiqaraverasiz.

Eltuz telegram kanali tahririyatiga 29 yanvar kuni kelib tushgan anonim xat egasi narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanganmilliy gvardiyachining jazodan qutulib qolganiga alohida e'tibor qaratgan.  

U o‘z so‘zlari isboti sifatida rasmiy bildirgi, narkotiklar va milliy gvardiyachi suratlari hamda milliy gvardiyachininghujjatini taqdim etgan

Voqea esa bunday bo‘lgan:

2024 yilning 9 yanvari. Soat tungi 22 dan oshgan. Bektemir Tumani yo‘l patrul xizmati inspektorlari Toshkent viloyatidan Bektemir yo‘l patrul xizmati maskani orqali Toshkent shahriga harakatlanib kelayotgan oq rangli Spark avtomobilini to‘xtatishadi. 

Nozirlar nazarida shubhali ko‘ringan ushbu avtomobil saloni va yo‘lovchilar ko‘zdan kechiriladi.

Tekshiruv paytida orqa o‘rindiqda qora rangli charm barsetka ichidan qora politilen paketga o‘ralgan 3 regapen pachkasi, 34 dona kapsula va to‘rt dona tropikamid suyuqligi bilan flakon idishi hamda qizil politilen paketda oq-ko‘k rangli 209 dona kapsula borligi aniqlanadi. 

Bu dorilarning kimniki ekanligi haydovchi va yo‘lovchilardan so‘ralganida ularning Bektemir tumani Namuna MFYda yashovchi 27 yashar Jasurbek Avazovga tegishli ekani aniqlanadi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, Bektemir tumani ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Nazarovga yo‘llanadi. 

Aytib o‘tish joiz, bugungi kunda Toshkent shahrida eng ommabop “dorixona narkotiklari ” asosan uch xil – Antiepileptik preparat, pregabalin, Lirika va Regapen brendlari ostida sotiladi. Ular narkomanlar sotib olishi qulay va arzon tabletkalardir.  

Asnoda Jasurbek Avazovning Milliy Gvardiyada safdor xodim ekani aniqlanadi. 

Jasurbek Avazov qo‘lga olindi deb o‘ylagan bo‘lsangiz, xato qilasiz. 

Uni Milliy Gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati umuman ovoza qilmay ishdan bo‘shatishadi.

Va ish ochilmay, yopiladi. 

Nega? – deb so‘rashingiz mumkin, javobi oddiy: Agar milliy gvardiyachining psixotrop moddalar bilan savdo qilishi oshkor bo‘lsa, Milliy Gvardiyachi bilan bir qatorda uning rahbarlari ham, rahbarlarining rahbarlari ham jazoga tortiladi. Bunday sharmandalik esa  Milliy Gvardiya rahbariyatiga umuman kerak emas.

“Ushbu fotosurutdagi xodim narkotik bilan ko‘lga olindi, lekin qo‘riqlash boshqarmasi rahbarlari va kadr boshliqlari o‘zining kreslosidan ko‘rqib, uning jinoyatini yashirib,  katta rahbar va qo‘mondonlarga ma'lum kilmasdan, ishdan bushatvorishdi,” deydi Eltuzga bu haqda ma'lum qilgan shaxs.

Milliy Gvardiyadan asossiz haydalganini qo‘shimcha qilgan ushbu manba Milliy Gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi rahbariyatini korruptsiyada ham ayblab chiqqan.

“Serjantlikka o‘qish uchun kadrga odam topib,  50 AQSh dollari berishing kerak, serjant rutbasini olishing uchun esa 100 dollar berishing kerak,” deydi u. 

“Mana 4 kundan buyon toifa berish uchun imtihonlar olinmoqda. Men bilan ishlagan xodimlarning bildirishicha, barcha tumanlar kombatlari toifangni hal qilaman deb, xodimlardan pul yig‘ishga o‘tyapti. Uchtepa kombati mayor Oybek Pardaev 2 kun oldin Uchtepa gvardiyasida ishlovchi 100 dan ortiq xodimlardan toifa uchun 400 va 500 ming so‘mdan pul yig‘ib, Inspektsiyaning qo‘liga tushdi,” deydi Eltuzga maktub yo‘llagan sobiq Milliy Gvardiyachi. 

Eltuzda uning bu da'volarini mustaqil manbalar orqali tekshirish imkoni yo‘q. Eltuz – el og‘ziga elak tutma.

Tag‘in o‘qing
4 aprel 2021
O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan Nozim Jumaev birinchi aprel kuni Buxoroda ko‘mildi. Bundan oldin u ...
3 yanvar 2018
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda. Kimdir bunda Amerikaning qo‘li ...
26 fevral 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Xorazmning ...
21 mart 2017
Istanbulning Fotih mavzeida O‘zbekiston vatandoshi 43 yashar Mushtariy. K. Ismli ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan 26 yashar Nejati. F ismli yigit ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...