Asosiy mavzular
21 mart 2017

Istanbulda o‘zbek ayol bo‘g‘ib o‘ldirildi

Istanbulning Fotih mavzeida O‘zbekiston vatandoshi 43 yashar Mushtariy. K. Ismli ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan 26 yashar Nejati. F ismli yigit qo‘lga olindi. Foto: aksam.com

Turkiyadagi “Oqshom” gazetasining ma'lum qilishicha, o‘zbek ayol kunlik ijara uyda o‘z tanasini sotish bilan shug‘ullangan.

Nashrning politsiyaga tayanib bildirishicha, o‘zbek fohisha ayol bilan mijoz o‘rtasidagi kelishmovchilik ayolning o‘limi bilan tugagan.

Vazir ko‘chasidagi uydan chiqqan jasad

Turk matbuotiga ko‘ra, dushanba kuni politsiya Fotih mavzeidagi Shahramini mahallasining Vazir ko‘chasidagi kunlik kira uylardan biriga kirganida ayol jasadi bilan yuzlashgan.

Murdaning cho‘ntagidagi telefoni tekshirilganida uning oxirgi marotaba Nejati ismli yigit bilan gaplashgani ayon bo‘lgan.

Pirovardida muxtamal qotil Nejati qo‘lga olingan.

“Shartnomani buzgani uchun bo‘g‘dim”

Turk matbuoti Nejatining ko‘rsatmalaridan iqtibos keltiradi.

“O‘zbek fohisha ayol bilan pul evaziga bir kecha yotishga kelishdik. Yarim kechagacha birga bo‘ldik. Tun yarim bo‘lganda ayol ketmoqchi bo‘ldi. Men esa butun kecha uchun kelishganimni aytdim. O‘rtamizda tortishma chiqdi. Keyin men uni bo‘g‘dim. U yiqilganidan keyin men qo‘rqib uydan chiqib ketdim. O‘ldi deb o‘ylamadim. Hushidan ketdi degan fikrda edim” degan gumondor o‘z qilmishidan pushaymon ekanini politsiyaga bildirgan.

Bu jinoyat o‘tgan shanba kuni Turkiyada ayollarni fohishalikka majburlagan o‘zbek ayoli boshliq guruh ushlangani ortidan yuz bergani e'tiborga molik.

O‘zbek fohishalari ushlangani haqidagi habarlarni turk matbuotida kunora uchratish mumkin.

AQSh Davlat Departamentigning odam savdosiga oid 2016 yilgi hisobotiga ko‘ra, Turkiya inson savdosi uchun so‘nggi manzil va tranzit mamlakat hisoblanadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 iyul 2019
Navbatdagi karikaturada 2015 yilning oktyabridagi voqea aks etgan. O‘shanda «Eltuz» nashri Buxoroda ilgari fohishalik qilgani bois jarimaga tortilgan ayollarni ...
30 iyul 2016
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek segmentiga xos illatlardan biri, biror maqolada millat turmushidagi nuqsonlar tanqid qilinayotgan payt, chet ellarda bundan yomonligiga ...
11 oktyabr 2021
Kamida 10 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh Toshkentda 64 kishini mulkidan mahrum qildi. Ishning beshta epizodi hozir poytaxtning Chilonzor ...
20 noyabr 2020
“Eltuz” ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarining shu haftada yetkazgan xabarlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Oliy ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...