Asosiy mavzular
22 mart 2024

Qo‘ynimdagi ilonlar – RTdan va'z

Mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman millat.

MS: Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Og‘o tozoliqladan so‘llang. O‘lgan qotqon kim? Bir biraavni go‘ttini g‘ijimlog‘on kim?

Musappo osmon nyus

Shuncha uzoq Xittoydan kelib, Toshkentda uy kira qilib yashayotgan Bai Li Mei xonim o‘z uyiga vodoprovod tuzatishga kirgan o‘zbek chilangar amaki seksual tegajog‘lik qiladi deb sira o‘ylamagan edi.

Axir serialda o‘pishish saxnasini ko‘rsa, iyolib Bosh vazir yoki portalga shikoyat yozadigan, mullalari ishton yechmay, kiyim bosh bilan seks qilishni targ‘ib qiladigan manaviyati kuchaygan millat chilangari kelib-kelib xitoylik xolani quchoqlab dumbasini shappatilaydiimi. Yo‘q aslo. Oy qaytadan ikkiga bo‘linsa bo‘linadiki bunday bo‘lmaydi deb o‘ylardi Bai Li Mei xonim.

Ammo unday bo‘lmadi. Jumadan chiqib Xitoylik ayolning yashash uyiga santexnik ishlarini bajarish uchun kelgan o‘zbek erkak shilqimlik qilib, qo‘lidan ushlab quchoqladi. Kachayt kachayt deya  xiringlab xuddi seks qilganday harakatlarni qildi. Emchagini g‘ijimladi.

Bu voqeadan shokka tushgan xitoy xotin bu yobir terrorchini so‘tga berdi. 

20 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida sudlanuvchi o‘zbek sentexnik S.U.ga doir ma'muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida sudlanuvchi S.U. yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytib yengillik berishni  so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi S.U.ga nisbatan Ma'muriy Javobgarlik tugrisidagi Kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Seks tegajoq qamag‘da. Xitoy xola xursand. 

MS: Yashasin dunyodagi eng odil so‘t. Chilonzor so‘ti.

RT: Toshobldagi bosh go‘rkov go‘rkovdan  pora olgani uchun qamaldi.

Rasman: “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i J.A. tadbirkor I.T.dan dafn marosimlarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga 2000 AQSh dollari talab qilib, shundan 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan. U yana 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh go‘rkov qamag‘da. Go‘rlar sotuvda.

MS: Mirziyoevni poshsholiqinda o‘li go‘mish zo‘r biznesa oylondi.  Mo‘llolo plni bikib yotibdi.

RT: O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘li aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod shahrining “A.Navoiy” MFY hududini Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlog‘i bilan bog‘lovchi 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib o‘tish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek kuyildi. 

Dastlab Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi yerosti yo‘li orqali O‘zbekistonga 16 ta qopda jami 813 dona mobil telefon vositalarini olib o‘tib, yurtimizdan esa 1 kg. 745 gr. oltin yombilari va zargarlik buyumlarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning Andijon shahridagi boshqa sheriklari aniqlandi hamda ularga tegishli 10 ta manzil ko‘zdan kechirilganida, mazkur yerosti yo‘laklari orqali olib o‘tilgan mobil telefon apparatlari, planshet, noutbuk va ularning aksessuarlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta'kidlash lozimki, har ikki yer osti yo‘li 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 sm.ni, balandligi 170-180 sm, birinchisining uzunligi 350 metrni,  ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qiladi. 

Tezkor tadbir davomida, guruh a'zolaridan dastlabki kiymati 11 mlrd. so‘mni tashkil qiluvchi jami 3813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planshet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, shuningdek 1 kg. 745 gr. oltin yombi va zargarlik buyumlari olindi. 

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

MS: Monopoliyani yuk qisin, ina man telefonimni ishlatib bilmayotirman. 

Navchun man chet elda sotib olg‘on telefonima 174 ming to‘lab registratsiya atishim garak? Yo Uzbekistondagini sotibol, yo 174 ming to‘la! Nauchun???? Maksad registratsiya bo‘sa, mut atsin, navchun man pil to‘lashim garak?????

Rasman: Toshkent viloyatida 7 yoshli qizni tayoq bilan urib o‘ldirgan amma qamaldi.

Qotil amma  qizchani dars tayyorlamaganligi va yolg‘on gapirganligini vaj qilib, tanasining turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib o‘ldirganligini tergovda tan oldi. 

Joriy yilning 12 mart kuni soat 01:00 da N.A. (ayol) akasi T.A. (erkak) uning qaramog‘iga ishonib topshirib ketgan voyaga yetmagan qizi 2017 yilda tug‘ilgan A.Ch.ni (qiz bola) dars tayyorlamaganligi va yolg‘on gapirganligini vaj qilib, o‘zini Ch.A.ni mazkur xatti-harakatlari uchun go‘yoki jazolayotgandek ko‘rsatib, o‘ta shafqatsizlik bilan Ch.A.ni tanasining turli joylaridan qo‘llari bilan chimchilab, tanasining boshqa joylariga qo‘llari va yog‘och bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning matbuotga aytishicha, bu qotillik yuzasidan 2024 yil 12 mart kuni Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2024 yil 13 mart kuni N.A.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qotil amma qamag‘da. Qizcha go‘rda.

Matchon suqilish: O‘z  bolasini qotil ammaga topshirib O‘risyurta ishlamaka getgan ma'suliyatsiz dangasa mardikor ota anani huquqdan maxrim atish garak. Vula ota ona diyaan noma noloyiq. Ishlagan puli qizini janozasina sarp bo‘ldi.

RT: O‘zbek ertaklarida ijobiy obraz bo‘lgan ota o‘z qizi Zumradni o‘rmonga borib adashtirib keladi. Ertakning sovet filtridan o‘tmagan variantida bu ijobiy ota  adashtirishdan oldin Zumradni o‘rmonda zo‘rlaydi. 

O‘zbekning o‘z bolasiga bo‘lgan munosabati aks etgan bu ertakda.

Xafta davomida yuzlab xolatda xotinlar bolasini zapchastga  sotishdi.

Samarqandda bir bolani it kabi zanjirga baylab qo‘yishdi. Toshobo‘lda amma o‘z akasininmg 7 yashar qizini g‘o‘la bilan urib o‘ldirdi. Bu aka bolasini tashab o‘risga ishlashga ketibdi.

Bittasi aqli oshib ketgan yozyapti «xavasga ketmaganku o‘risga» deb. Ota ona bo‘lish bu majburiyatdir. Bolani qarovsiz amma xolaga tashab ketish masalan siz la'natlayotgan AQSh va G‘arbda mumkin emas.

Shu kunlarda o‘nlab o‘zbek ota onalar Shvetsiyada ota onalik huquqidan maxrum qilinib, bolalari tortib olindi. 

Chunki bolalarning dunyo yaralgandan beri to qiyomatgacha bitta yovuz dushmani bor. Bu o‘zbek ota ona. 

Ming la'nat bu bola dushmanlariga. Moxov qo‘tir bo‘lib tiriklay chirisin. Saxari oshib ketsin, davleniya, gemoroy, xullas nima tuzalmas dard bo‘lsa shu bolakushlarga yopishsin.

Kurva bilat kokain.

MS: Og‘o so‘kindingizmi, yo qoqitdingzmi. Oldingizmi, yo soldinizmi?

Avomga xos illat

Avomga xos illat bor – oqni qoradan ajratmaydi, barcha illatlarga bir kishini mas'ul qiladi. Murakkab tizmiy chalkashliklarni tushunmaydi. Asl sabab nima, oqibat qanday bo‘ladi, falokatga kim javobgar degan savollarni o‘ziga bermaydi.

Yurtdagi parokandalik, talon-taroj, yetishmovchilik qo‘ynimizdagi ilonlar sababli ekani ayon bo‘lmoqda. Bu haqda o‘zbek rasmiy axborot manbalari ham xabar berib boshladi. Masalan, Abulaziz Komilov sobiq tashqi ishlar vaziri. Oqsoqol, O‘zbekistonning Braziliya, AQSh va Kanadadagi elchisi ham bo‘lgan bir paytlar. Abdulazoz Komilov Sharof Rashidovga kuyov bo‘ladi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganda Abdulaziz Komilov farishta misoli urushga qarshimiz dedi. Hamma uning dovyurakligini tik turib olqishladi. Bu bayonot shunchaki o‘yin, teatr tomoshasi edi.

MATChON SUQILISh: Oqsoqolning o‘g‘li katta davralarda yurarmish. Kompaniyalari soni itini bitinan ko‘pmish.

RT: Asl holat bunday, Matchon. Abdulaziz Komilovning yolg‘iz o‘g‘li Doniyor Komilov yirik oligarx. O‘zbekistonda Doniyor Komilov “First Premium Alianc” MChJga egalik qiladi. Spirtli ichimliklar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan bu kompaniya “Qo‘qon biokimyo” zavodini sotib olgan. 

Delta global dinamics”, “Progress tex Asia”, “Metropol grup” kabi quruq ismi bor konsalting kompaniyalar ham Doniyor Komilovga tegishli. 2021-yil korchalon Toshkentdagi DXX binosini sotib oldi, bino o‘rnida Radisson mehmonxonasi quriladi.

Doniyor Komilov “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi”, O‘zbekneftgazning zapravkalarini ham tag-tugi bilan sotib oldi.

MATChON SUQILISh: Qish chillasi kirmasdan gaz yo‘q bo‘ladi. Gaz zapravkada qizil kurtkali yigitni dapganlar adresda adashibdi. Komilovni oxtiqini dapish garak edi.

RT: Doniyor Komilov Moskvaga serqatnov. Abdulaziz Komilovning yagona o‘g‘li Doniyor Komilov 2010 -2014 yillarda Gazprombank tizimidagi Strategik aktivlar nomli yopiq hissadorlik jamiyatini boshqardi. 2015-2016 yillarda Uralmashzavod direktorlar kengashi a'zosi bo‘ldi

Moskvadagi qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanadigan Selena, ko‘chmas mulk kompaniyasi Glomaks, KS kompaniyasi, mashina va uskunalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi VLK va Holding invest kompaniyalari ta'sischisi ham shu Doniyor Komilov. Sobiq vazirning o‘g‘li Rossiyadagi Uralmashzavod, “Holding Transkomponent” kompaniyalarida ulushdor.

Sanab o‘tilgan kompaniyalar daromadi ofshor hududlarga oqib boradi, ularning moliyaviy sxemalari, oldi-berdisini yozishga siyoh tugul kompyuter xotirasi ham yetmaydi. Buncha korxonalarni sotib olishga otasidan qolgan meros, vazir maoshi yetmasligi aniq. Doniyor Komilov O‘zbekistondagi kompaniyalar daromadini qo‘lga olgan Rossiyaning ishonchli vakili. Otasining qo‘lida O‘zbekiston pasportidan tashqari Rossiya fuqaroligi borligi ham tasdiqlangan fakt.

MATChON SUQILISh: Kompaniyalari dim ko‘p ekan rostan. O‘zbekistondagi gaznam, pulnam qo‘ynimizda so‘rib yotqan miyda ilon amas, ulli bir piton akan-qu. Navoiy bobomiz oytvadiqu oxir.

Jingl

QIZIL POLOS USTIDAGI KONTsLAGYeR

Ijtimoiy tarmoqlarda To‘ra Bek va Shodiyabegim Sharofiy nomi bilan tanilgan baxtli, ideal er-xotinning uyidagi noxush gap tashqariga chiqdi.

Eri Shodiyabegimni muntazam kaltaklab kelgani, doimiy tepkilab, qayishda urgani ma'lum bo‘ldi. Er uch kun Frantsiya qamog‘ida yotdi, hozir bu psixopat sudgacha qo‘yib yuborilgan.

MATChON SUQILISh: Ayol bu parazit erdan qochib, jandarmlara bormabmi, og‘a?

RT: Shodiyabegim Sharofiy kuchli, irodasi mustahkam ayol. Farzandlari Frantsiya fuqarosi. U bolalarini O‘zbekistonga olib ketolmasligini bilib psixopat erining kaltagiga chidadi. Eri farzandlarini urib, qo‘rqita boshlagach, pichoq suyakka taqaldi. Shodiyabegim frantsuz politsiyasiga murojaat qildi. Eltuz Frantsiya prokuraturasi va xotin qizlar bilan shug‘ullanadigan tashkilot bilan bog‘lanib, ishni batafsil o‘rgandi.

MATChON SUQILISh: Ari urmag‘an xotin bomi dar adi deravarsin buvim. Bir-ikki shappatni vohimasimasmi bi?

RT: Odam odamni ham, hayvonni ham urmaydi, Matchon. Shodiyabegim To‘ra Bekning tarqmoqdagi ideal va mehribon obraziga ishonib, 2019-yil u bilan turmush qurdi. Qizning kursdoshlari, qarindoshlari Frantsiyadagi hayoti, ikki totli farzandi va totuv oilasiga havas bilan qarardi. Chiroyli manzaralar, instagramdagi go‘zal suratlar yosh qizlarni rom etdi. Lekin tarmoq hayoti reallikdan ancha yiroq, Shodiyabegimning hayoti achchiq zahar-zaqqumga to‘ldi.

Frantsiyada ovqat tashuvchi bo‘lib, so‘ng ishdan haydalgan To‘ra Bek shu kungacha bola puli hisobidan kun ko‘rib keldi. U Shodiyaga har bir qadami o‘lchangan kun tartibini tutqazib, oilaviy shartnomani imzolatdi. Shartnoma talablari o‘z vaqtida bajarilmasa xotinni charm kamarda urish yoki jarima jazo sifatida belgilangan. To‘raev Rahmat 36 kvadratlik sotsial ijara uyda 6 ta kamera o‘rnatib xotinini kuzatib turgan. Eri Shodiyani ikkita aynib qolgan piyoz uchun kamar bilan kaltakladi, bolasi sindirib qo‘ygan zaryadnik uchun tepkiladi, tishini sindirdi. Xotiniga kunlik xisobot yozishni buyurib, uyqudan oldin taroziga chiqishni ham tayinladi. Hatto vazni ortsa ham jazolanadigan Shodiya ijtimoiy tarmoqda o‘zini baxtli ko‘rsatishga majbur edi.

MATChON SUQILISh: Ko‘chada arkaka gapi o‘tmagan ayrimla o‘yda xotinina xonlik, zo‘ravonlik atadi.

RT: Shodiyaning tarmoqdagi post va kommentlarini ham o‘z nazoratiga olgan To‘rabek bolalariga faqat polos ustida o‘ynashni buyurgan. 20 evro turadigan kichkina polos kir bo‘lsa shu bahonada xotinini yana kaltaklagan. Bu kaltaklar uydagi kameralarga yozib olingan. Hozir Shodiyaning eridan qarzi 920 yevro. Bu qarz Shodiyaning bo‘yniga jarima qilib ilingan.

Homilador holida so‘ramasdan shokolad yeganligi, yoki bir haftada ikki martadan ortiq cho‘milgani kabi holatlar uchun eri unga jarima soldi.

Hozir Shodiya himoya orderi olgan, bolalar onasi bilan birga. Er esa sudgacha ozodlikda yuribdi. To‘rabek Sano hozir ham xotiniga seni o‘ldiraman, deb tahdid qilyapti.

Yaltiroq rasm ortidagi urong‘ich er

Oldinlari «Qishloq haqiqati», «Toshkent haqiqati», «Xorazm haqiqati» degan nashrlar bo‘lgich edi. Xozir esa «Instagram haqiqati» bor. 

Aslida sovet davridagi nashrlar faqat yolg‘on yozardi.

Shu ma'noda ularga  biz «Qishloq yolg‘oni», «Toshkent yolg‘oni»,  «Xorazm yolg‘oni» o‘laroq qarardik.

Bugungi instagram ham absolyut yolg‘on va pontdan iborat. 

«Ëlg‘on bu yashash uslubi» degan narsa bu instagram va boshqa tarmoqlardagi yaltir yulturlarga taalluqli.

Masalan Toshkentda «Erimga sovg‘a» deb yozilgan nomerli yangi moshinani  bir kunga kiraga olsa bo‘ladi. Shuni ijaraga olib erga sovg‘a qilib rasmlarga tushib bo‘lgach moshina qaytariladi.

Er jonvor o‘sha eski valasapitga shimini boloqini tishlatib yurouradi.

Instagramda yolg‘on yasash bu o‘ziga xos sanoat. Masalan Lili Xurram degan sariq olmaxon Dubayga bordim deb rasm qo‘ygani ortidan pulimni oldirdim deb becharashkani yoqib onlayn tilanchilik qildi. Bu endi boshqa mavzu.

Shu kunlarda tarmoq axli «parijdagi boy erga tegib jit qivotgan» zolushkaning oyrilganini eshitib, ko‘zidan siyib o‘tiribdi. «Ayrildimi ular. Nieega deb».

Chunki To‘rabek Sano degan tip Shodiya degan qizni Frantsiyaga obketib instagram axli nazarida «baxtli qip tashagan  edi».

Odamlar o‘zlari erishmagan orzu ijobini boshqalarda ko‘rishni istaydi.

Bir vaqtlar o‘zidan pravozashitnik yasab, Karimov davrida ezildim deya Qirg‘izistonga kevolib BMTda asalim sikalim bo‘lib Frantsiyadan qochqinlik olgan barcha o‘zbek pravazashitniklari kabi g‘irt moshennik tip instagramda yaltiroq rasmlar qo‘yib «la do‘lche vita» jasab o‘tirdi.

Ammo bu «la do‘lche vita» g‘irt yolg‘on edi. Bu taviyaga tekkan xotinning yegani zaqqum, ichgani zaxar, eshitgani minnat va hayoti kunora tepki yeyishdan iborat edi. 

Instagramda o‘zidan sipo jasagan jumronqoziq aslida xotini Shodiyani endigina tuqqan paytida kaltaklagan urong‘ich zolim manyak edi. 

Frantsiya politsiyasi nega bu qo‘ling singurni 3 kun qamab keyin sudgacha qo‘yib yuborgani boshqa masala. Haliyam bo‘sa oborib qamag‘ga tiqib qo‘yishsin. 

Ey mardum. uzoqdan joltillab ko‘ringan narsa brilliant emas balki shunchaki shisha sinig‘i ekanligini tushunib yet. 

Instagramdagi yolg‘onlarni ko‘rish o‘rniga o‘zingni ustinga ishla. Bo‘lmasa sening ustinga ishlashadi. 

Mendan oytsh…

MS: Ono langir lungr. Ina langr lungr. Bi xotinloni boxti tiyrdin qoro. Go‘rjaki xo‘rliq. Yijaki toyoq. 

RT: Ex o‘zbek xotunlari¸ mujaassam iffat. Mujassam nafosat¸ mujassimiy or.. Sizga bugun oytar gapim shul. Mana ko‘rasizlar hammasi yaxshi bo‘ladi.

Eringiz sizni lo‘m bilan urib o‘ldirmaydi. Bu azoblardan tirik qolgan yoki kasalga chalinmagan odam albatta siz bo‘lasiz. Chunki siz bunga loyiqsiz. 

Hali o‘n gulingizdan bir gulingiz ochilmadi. Siz safar qilmagan ellar, siz tanavvul qilmagan yemaklar, siz iskamagan chechaklar bor. Belingiz to‘la bola. Ko‘nglingiz to‘la orzu. Amalga oshirmagan bir suri ishingiz bor. Siz kiyaman degan kiyimlar hali tikilmadi. Siz minaman degan mashinalar hali konveyrdan chiqmadi. Siz xarjlaydigan pullar bosmaxonada bosilmadi. Siz yo‘ldosh bo‘lmoqchi bo‘lgan odam esa siz sari ilk qadamlarini otdi. Siz baxtli bo‘lasiz. Chunki bunga xaqlisiz. Ming bora xaqlisiz. Uzoq qorong‘u tunnel ichida yurgan odam bu tunnel  oxirida nur borligiga ishonadi. Albatta bu nurga qovushadi. Bu qora  kunlar o‘tib ketadi. Baxt, saodat, rafoq salomatlik ustivor  bo‘lgan kunlarda yeyilib yozilib yashaysiz. Qadamingizda gullar ochiladi. Nazaringiz tushgan bog‘lar meva tugadi. «Olmazorlar gulin tugadi¸ meva bog‘lab shoxin bukadi. Tog‘lardagi qip qizil lola. Bo‘lib go‘yo oltin piyola. Buloqlardan uzatadi suv» (Xamid Olimjon) Mana ko‘rasiz. Meni aytdi deysiz. Siz uzoq yashaysiz. Siz ekkan nixollar daraxt bo‘lib soya berganini ko‘rasiz. Bugun tug‘ilgan qulunlar ertaga ot bo‘lib chopganiga guvoh bo‘lasiz. Qarang yomg‘ir yog‘a boshladi. Ëmg‘ir yer yuzidagi butun kirlarni yuvib tashlayotganday. Ana yomg‘ir tugadi. Bulut orasidan kun chiqdi.Quyosh nurlari ko‘zni qamashtiradi. Jivil jivil, piril piril nurlar va ranglar o‘yini. 21 asrning eng buyuk o‘zbek shoiri Muhammad Solih aytganiday «Ertaga albatta baxtli bo‘lasiz.

Agar bugun o‘lmasangiz» 

MS:  Rassom Tuz og‘omiz sizlarning ortingizda qoya kibi turibdi. Og‘o urung potyani»

RT: Assalom O‘zbekiston Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
8 iyun 2017
Andijon Hususiy avtomobillar bozorida ham narxlar keskin ko‘tarilib ketdi. GM Uzbekistan shirkati 31 may kuni mamlakat ichki bozorida avtomobillarini ...
27 mart 2017
O‘zbekistonda shu paytgacha ko‘klarga ko‘tarilib maqtalib kelingan ta'lim tizimining asl ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlar oshkor bo‘layotgani, ommaviiy axborot vositalarida ...
7 iyun 2017
Andijonga safari payti «Oltinko‘l» tumanidagi fermer xo‘jaligidagi zotdor echkilarni ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev har bir xonadonga ikkitadan echki tarqatishni ...
21 aprel 2021
Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning «Imperativ» kitobi «Eltuz» muxlislariga muallifning o‘zi o‘qigan audiokitob tarzida yaxshi tanish. Bugun «Eltuz» taniqli ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...