Asosiy mavzular
10 may 2024

Yot bayramni to‘ylagan el – RTdan va'z

Mana xafta aylanib qarshingizdaman. Siz bilan gurung qilish, siz balki botinib aytolmagan, ammo ichingizni kemirayotgan gaplarni aytishdan sevinaman azizlar.

MS: Og‘o, buyun ulli beram. Stolin buvoni o‘zi aptomot kutarib, nemisni yurtino borib, Gitlrni o‘ldirgan gun. Agar Stalon bo‘lmog‘onda biza o‘risloramas, nemislara qul bo‘lar adik.

RT: Kimga qul bo‘lishning farqi nima? Ë albatta kimgadir qul bo‘lish shartmi? 1937 yili millionlab o‘zbek oydinlarini o‘ldirgan, Turkiston muxtoriyatini qonga botirgan, Xorazm respublikasini yo‘q qilgan manfur sovetlar ittifoqi bayramini to‘ylash fe'lan mustaqillik g‘oyalariga zidku. Nahot yot bayramni to‘ylashdan boshqa ishimiz yo‘q?

MS: To‘y vo‘lsin, bayram vo‘lsin, hayot farovon vo‘lsin. 

O‘zga tilda beraman men o‘z salomimni,

O‘zga tilda nonushtaga qilishar taklif.

Bu shaharning ko‘chasida ko‘r misol meni

O‘zga tilning uch-to‘rt so‘zi yurar yetaklab.

O‘sha tilda ko‘rsatarlar menga yulduzni,

O‘sha tilda uyg‘oturlar meni saharda,

O‘z tilimni emas,

O‘sha uch-to‘rtta so‘zni

Unutmoqdan qo‘rqaman bu ulkan shaharda.

Vatan bo‘lsa – mening tushim,

Vatan – tushimdir,

O‘z tilimda gapiraman faqat tushimda.

(1977) Muhammas Solih 

MS: Og‘o siz novvi dasangizam ulli yoshulli o‘ris poshshoni yoxshi go‘radi. Dayaninda yuradi. Bi gaplar naya garak, dayanimda yursang yijaking go‘mma barak. Dayanimdan chiqsang yumirtongni sug‘uroman diydi Putin doyi. 

Sharmanda parad

Shavkat Mirziyoev jaxon jamiyati tomonidan bosqinchi deya yakka moxov qilingan  Rossiyada 9 may kuni 1941–1945 yillardagi SSSR va Germaniya urushi bilan bog‘liq g‘irt propagandistik  harbiy paradda ishtirok etdi. 

Bu haqda MO vassallarining egasi bo‘lgan Kreml xabar bermoqda.

Bu tadbirda birorta taraqqiyparvar rahbar ishtirok qilmadi.

Mana spiska.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev, 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, 

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, 

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, 

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, 

Laos Xalq Demokratik prezidenti Tongloun Sisulit va 

Gvineya-Bisau prezidenti Oumaru Sissoku Embalo va yana allambola diktatorlar.

Nima degandilar Navoiy  bobomiz. Muteligimizga shubha qilsang ahvolimizga qara!

MS: Otpuskani Georgiy lentasini doqib o‘risa cho‘qinado‘n guna do‘g‘illab osa bo‘laradiqu oxir.

RT: Toshkentdagi boqchalardan birida hijob kiygan qizga sovet askari kiyimi kiydirilib katyushaga raqsga tushib yotibdi. Ikki razolat bir stakanda. Ham arabqul ham o‘risqul. Ammo bu yil «jaa katyushani berilib aytmanglar» degan amr bo‘libdi yuqoridan. Shungayam shukr. Esingizda bo‘lsa sal oldin bir muddat sovetparastlik davlat siyosati darajasiga chiqqandi. «G‘alaba» bayrami deya bosqinchilar lattasini prezident doxil butun mulozimlar taqib olgan. Buxoro hokimi qo‘liga balalayka olib katyushani kuylagan davr edi. O‘zbek kinochilari esa «o‘zbeklar SSSR uchun urushda o‘risdan ham ko‘proq sodaqatli bo‘lgan» degan plakat kinolarni qatorlashtirib olib tashashdi. Qizil askarlarning haykallarini xitoyda yasatib kelib Toshkentga tikib qo‘yishdi. Kontsert zalidan «istiqlol» nomi olib tashlandi. Mustaqillik bayramining gradusi pasaytirildi. Ramzan¸ pamzan¸ Narishkinu Jirinovskiylar O‘zbekistonda aziz mehmon. O‘ris hokkeychilariga Toshkentdan tekin kvartiralar padarka qilingan. Shoirlar esa «Mening og‘am o‘risdur, uni sevish durustdir» degan sh'erlarni yozg‘ilab tashashdi. Konyunkturani ko‘ti bilan his qiladigan Yulduz troynoy xojona bo‘lsa shartta qizil askar kiyimni kiyib «Moy adres sovetskiy soyuz» deb qo‘shiq kuylagandi. Bu yil mana qisibgina o‘tiribdi Sheralini speermasi haqida  mushohada qilib.

MS: Og‘o, shu Botirni akasi kim indi? Gitlerdan bo‘lmog‘ondir oxir. Lekin ashulochilar Gitlerni yoxshi go‘radi. Ina  sovirotoni oxtiqi Hamdam Sobirov 9 may arapasinda klip chiqordi Maloxat deyan. Shu klipda bir suri o‘yinchi bilan qo‘shilip qo‘lini kutarib zig xayl ishoratini atdi. Tufalam tufalam.

RT: O‘zbekistonning asosiy bayrami haqiqiy mustaqillik olingan kun bo‘ladi. Bu kun tezroq kelishi uchun Ukrainlar jang maydonlarida biz uchun urushmoqda. O‘zbek mulozimlari bo‘lsa kremldagi xo‘jayinlaridan qo‘rqib, ukraincha qo‘shiq yangrasa ham titrab qaltirab ketishadi. «Ovoz» loyihasida Konservatoriya talabasi Kamola G‘ayratova ukrain tilida qo‘shiq kuyladi. «Trimay» taronasi Ukrainada ancha ommalashgan. «Ovoz»da jarang sochgan qo‘shiqqa birorta hakam qayrilib qaramadi. Ijroni eshitayotgan Farruh Zokirov «qaysi tilda aytyapti?», deb Sevara Nazarxondan so‘radi. U «ukraincha» deya izoh berdi. Ozodbek Nazarbekov esa «hozir qaysi tilda qo‘shiq aytdiz?», deya qizdan so‘radi. Xullas qo‘rqdi bu taviyalar.

MS: ina kishtak roto ollo. Og‘o, bi yetmaklani bir birinnon porqi bomi?

RT: Joriy madvazir Ozod bilan Farrux Zokirovni birlashtiradigan bir jihat bor. Bu qo‘rqoqlik.  Ular ukrain tilida qo‘shiq yangrashi bilan ishtoniga siyib qo‘yishdi. Qizil kreslo ham dabdala bo‘ldi. Anchagacha shiptir isi ketmasa kerak.

Karimov davrida davlat mulozimlari va rahbarlar jim edi. Tarmoqda ham yozmas edi. Sag‘al oshkoralik bo‘lgach, bular ham gapira boshladi. Jim turganda aqlli ko‘ringan bu raxbarlarning savodsiz, joxil va aksar xolatda O‘zbekiston mustaqilligi dushmani ekani o‘rtaga chiqdi.

Bir soat ham o‘qimasdan, birorta imtihonga qatnashmasdan Toshkent Davlat san'at institutining bakalavriat va magistratura diplomlarini olgan savodsiz Ozodbek Nazarbekov boshliq hakamlar guruhidan bundan boshqa munosabatni kutib ham bulmasdi. Afsus…

MS: Og‘o bizani o‘ris boqib o‘tiribdi. O‘ris bo‘maso ochdan o‘lib biri birimizni go‘mmani ichina ijjon atib solib yiymiz.

RT: Ko‘cha supuradigan mardikori ham, sovuqda tappi yoqib qarzga borgan qashshog‘i ham, senat raisasidan tortib, ashulachisigacha mustaqillik dushmani, o‘risqul bo‘lgan to‘da bor dunyoda. Bu rasmda ashlachi, sobiq ministr va sobiq deputat Farrux Zokirov Ukrainada go‘daklarni o‘ldirayotgan Rossiya davlati elchisiga ta'zim qilmoqda. «Ha endi ashlachi degani shunaqa sotqin bo‘ladi» demang. Gurji qo‘shiqchisi Vaxtang Kikabidze Rossiyaning «Do‘stlik» o‘rdenini olishdan rasman voz kechdi. Moskvalik mashxur qo‘shiqchi Shevchuk esa «Vatan bu Putinning ko‘ti emas» deya bosqinchini qoraladi.

MS: Nemis chiqdi o‘rmonnon, pichoq oldi karmannan. Ë o‘lasan yo qoloson kimni do‘sti bo‘loson. Og‘o bizani yoshulli putinni do‘sti!

RT: Axmoqlikning cheki yo‘q. Bugun Ukrainada go‘daklarni o‘ldirayotganlar armiyasini sharaflagan O‘risparastlarni qodiriylar ruhi ursin. Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy, Elbek, Botularni shu qizil armiya jallodlari o‘ldirgan edi. 

Oldiniga Gitler bilan Stalin kelishib Polshani vayron qilganidan keyin orasidan ola mishiq o‘tib urushib qolishdi. Bu  begona urushga kreml mustamlakasi bo‘lgan O‘zbekiston xalqi ham zambarak yemi sifatida majburan haydab ketildi. Vali Qayumxon ota, Boymirza Hayit kabi ziyolilar buni tushunib yetib, Turkiston legioni saflarida qizil askar jalloldlariga qarshi turishdi.  Bu urushning bizga aloqasi yo‘ligini bilgan Islom Karimov «g‘alaba» degan so‘zni musorga tashavorgandi. U o‘lgandan keyin kelgan o‘risparast putinqullar yana g‘alaba deb sayrab georgiy paytavasini kamziliga taqib moskvaga poyi patak bo‘lishdi. Butxonalar qurishdi, xalq puliga o‘ris askari uchun haykal tikishdi. Mana bu haykal esa Polshaning Gdantsk shaxrida o‘rnatilgan. Haykalda polyak qizni zo‘rlayotgan sovet askari aks etgan. Jallodlarni ulug‘lagan qavmning  baxti doimo qarodir.

MS: Alasa nemis tarapa plena chshib, miltiqni stalin otog‘o qorotqonlo geroymi oxir sizninchalli?

RT: Ikkinchi jahon urushi tugagani o‘zbekistondagi sholg‘omkalla rahbarlar tarafidan «g‘alaba» deya   nishonlanayotgan ayni kunlarda  Turkiston milliy ozodlik harakatining Germaniyadagi faoliyati haqida eslash joiz. Mustafo Cho‘qay, Vali Qayumxon ota va Boymirza Hayitlar boyrog‘ini ko‘targan turkiston da'vosi haqida.

Turkiston milliy ozodlik harakatining aynan ana shu davri haqida mustaqillikdan shuncha yil o‘tib ham O‘zbekistonda og‘iz ochilmaydi, tarix kitoblarida bu davr mutlaq tilga olinmaydi. Bunday chala tarix o‘qitilayotgan o‘zbeklarning nechta avlodi milliy ozodlik mafkurasi, Turkistonni sovetlar bosqinidan ozod qilib, unda yashovchi millatlarni istiqlol va istiqrorga olib chiqish urinishlari 30-yillarda Cho‘lpon va Fitratlar bilan birga tuproqqa ketdi, bitdiYu degan xato tasavvurda ulg‘aydi va hamon ulg‘aymoqda.

Turkiston milliy ozodlik harakatining muhojiratdagi yetakchilaridan biri Vali Qayumxon va uning rahbarligida 1942 yilda tashkil etilgan Turkiston legioni maqsadi fashizmga xizmat qilish emas, balki Turkistonni bolshevizmdan qutqarish edi.

Tarix istak mayliga ega emas deydilar. Zero uni kimningdir istak va xohishiga ko‘ra o‘zgartirishning iloji yo‘q. Shu bois tarixni boricha qabul qilish va undan kelajak uchun muayyan saboqlar chiqarish lozim. Qolaversa tarix millat tafakkuri hamda uning kelajak yo‘llarni yoritguvchi o‘ziga xos chiroqdir. 

Vali Qayumxon muhojiratdagi Turkiston hukumatining prezidenti bo‘lgan. Mana uning gaplari:

«Men Toshkentda tug‘ilganman. Pichoqchilik mahallasida o‘sganman. Men turli maktablarni bitirgandan so‘ng, hattoki eski maktabni bitirgandan so‘ngra¸ Navoiy maktabini bitirgandan so‘ngra¸ ayniqsa¸ menga katta ta'sir bergan kishi Fitrat. Oramizda katta ustoz bilan yaqinlik paydo bo‘ldi va meni Buxoroga chaqirdi. Buxoroga bormasdan ilgari buyuk hoqon Temur sag‘anasining oldida tiz cho‘kib va'dalarda bo‘ldim. Ko‘zimdan yosh chiqdi. Fitratning oldiga borgan vaqtimda Fitrat mendan biror milliy masalalar ustinda so‘z olmoqchi bo‘ldi. Qo‘l berdim¸ ont ichdim va mening Ovro‘poga qaytib ketishimda “Qaytib kelmaysan. Vazifalarni ado qilmaguncha qaytib kelmaysan” dedi. Men xo‘p dedim. Istasyo‘nga (temir yo‘l vokzali – tahr.) otam¸ akam chiqib zo‘rladilar qolgin deb. Men “Va'da berdim. Qaytmayman yo‘limdan” deb ketdim. Otam va akam ko‘zida yosh bilan qaytib ketdi. Kelgandan beri shu berilgan va'da¸ shu berilgan so‘zlar ostida¸ shu bergan va'dalarimning asosida Turkiston milliy istiqlol bayrog‘i ostida qasam ichganim uchun bugunga qadar bir davlatning qaramog‘iga o‘tganim yo‘q. Men Turkiston milliy istiqlol bayrog‘i ostida ont ichdim. Shu ontga bugunga qadar turg‘un bo‘lib kelmoqdaman.»

Buyuk sohibqiron sag‘anasi oldida tiz cho‘kib bu kabi ulug‘ mas'uliyatni o‘z bo‘yniga olgan zot Vali Qayumxon otadir. 1921 yili bor-yo‘g‘i 18 yoshida Germaniyaga o‘qishga kelganicha¸ umrini muhojirlikda o‘tkazgan marhum Qayumxon ota bugun oramizda yo‘q.

Xo‘sh¸ bugungi o‘zbeklar¸ qolaversa turkistonliklar Turkiston milliy ozodlik harakati rahnamolaridan biri¸ Abdurauf Fitrat topshirig‘iga ko‘ra xorijga ketib ana shu oliy maqsad yo‘lidagi kurashni imkon qadar davom ettirgan Vali Qayumxon shaxsi haqida nimalarni biladi? Afsuski¸ deyarli hech narsa. Bilganlari¸ u kishi bo‘yniga “vatan xoini” degan tavqi la'nat osilganidir.

Bugun kimlargadir yoqish-yoqmasligi va ziddiyatli bo‘lishidan qat'iy nazar bu la'nat tamg‘asi ostidagi shaxsning asl qiyofasiga boqish fursati yetmadimikan?

Qayumxon 1920 yil boshida qurilgan Buxoro Xalq jumhuriyatining raisi Fayzulla Xo‘jaev¸ Maorif noziri Abdurauf Fitrat¸ Turkiston muxtor jumhuriyati rahbarlari Turor Risqulov¸ Abdulla Rahimboevlar tarafidan o‘sha yillarda Ovrupoda ilm-fanda taraqqiy etgan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 70 nafarga yaqin turkistonlik talabalardan biri edi. Qayumxon Berlin universitetining Ziroat va qisqa vaqtdan so‘ngra Siyosiy fanlar fakultetini tugatib¸ har ikkisida ham davlat imtihonini qozonadi. Germaniya matbuotida ishlab¸ Turkistonning milliy masalalariga oid maqolalar yozishga boshlaydi.

MS: Og‘o quri siz oytosiz shu gapni.

Rauf Parfi: Turkiston legioni uyg‘ongan ziyolilar harakati edi

Sobiq Ittifoq davrida Turkiston legioni to‘g‘risida gapirish taqiqlangan, uning qatnashchilariga esa vatan xoinlari tamg‘asi bosilgan edi.

Hozir ham bu legion tarixini xolis o‘rganish masalasi hal bo‘lgani yo‘q.

Bu legion Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyada Mustafo Cho‘qay, Boymirza Hayit, Vali Qayumxon, Ro‘zi Nazar kabi bir guruh turkistonlik ziyolilar tomonidan urushda asirga tushgan turkistonliklardan tuzilgandi. 

Germaniya qo‘mondonligi tarkibida shunday legion tuzish taklifini sobiq Turkiston muxtoriyati rahbari Mustafo Cho‘qay bergan edi. 

Qayta qurish yillarida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan Turkiston xalq harakati raisi, shoir Bahrom G‘oyibning so‘zlariga ko‘ra, M.Cho‘qay Gitlerning yovuz siyosatidan ezgu ishda foydalanishga uringan. U 1939 yilda gestapo qo‘liga tushgan va qanchadan-qancha chig‘iriqlardan o‘tib, shaxsan fyurer bilan mana shu legionni tuzish haqida kelishuvga erishgan. Bu kelishuvga muvofiq O‘rta Osiyoga fashistlar emas, Turkiston legioni askarlari kirishi va alohida davlat qurishi lozim edi. 

Marhum shoir Rauf Parfi bundan ancha yil oldin mazkur legionni tuzish harakatlari millat ziyolilarining Turkiston birligi, mustaqilligi uchun kurashining davomi bo‘lganini ta'kidlagandi. 

“Legion rahbarlari Turkiston xalqlarini fashizm balosidan qutqarib qolish yo‘llarini izlagan. Turkiston muxtoriyati fojeasidan keyingi bu harakatlarni uyg‘ongan ziyolilarning chet eldagi olijanob ishlaridan biri, deyish mumkin”, – degan edi Rauf Parfi.

«Tarixchi»lardan biri o‘risga vassal bo‘lgan xiva  yurtboshisi Madrimxon georgiy lentasi taqqanda «ichidan rosayam  xapa bo‘lgan» deb o‘zini ovutib badiiy to‘qima yozgandi.

MS: Ichinnan novvi o‘tkanini ishtoni biladi. Tarixda nichik bo‘lso shunninlayin oytib baring og‘a.

RT: Xujjatlardan bilganimiz shuki Madirimxon  Gandimiyon kapituliyatsiyasini imzolaganda bosqinchi Kaufman etagini o‘pgan. 

Piterga borib Oqposhshodan o‘rdenlarni ham, general rutbasiniyam  mamnuniyat bilan olgan. 

Uning ichki tuyg‘usini bilmayman. Mana bu  esa qissadan hissa!

Bir erkakning uyiga bosqinchi kirdi. Bosqinchi uydagi erkakning qo‘lidan tutib, yotoqxonaning bir chekkasiga olib bordi. Keyin bo‘lsa, qo‘liga bo‘r olib, polga doira chizdi. Erkakni shu doira ustida turg‘izib qo‘yib.

«Chiziqdan chiqsang, o‘ldiraman», dedi. Shundan so‘ng, bosqinchi bu erkakning xotinini yechintirib, biror ikki soat zo‘rlab uydan chiqib ketdi. Eridan xapa bo‘lgan xotin: «Qanday odamsiz? Ko‘z oldingizda meni zo‘rlashdi. Siz tomoshabin bo‘lib turdingiz,» deydi. Erkak yesa: «Xotin, seni anavi bosqinchi zo‘rlayotganda ikki marta chiziqdan chiqdim,» dermish.

Shu yerda kulinadi.

Balki yig‘lash kerakdir?

MS: uring potyani!

RT: Assalom O‘zbekiston Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
3 fevral 2020
Adliya vazirligining kengaytirilgan hay'at yig‘ilishida notariuslarga diniy talablar qo‘yilgani haqida 2 fevral kuni O‘zA xabar berdi. «Ularga qonuniy ishlash ...
26 dekabr 2016
Yer Oydan, Quyoshdan ajralib qolsa, u yo‘q bo‘lib ketadi. Buni bilish uchun astronom bo‘lish shart emas. Lekin O‘zbekiston misolida ...
24 may 2016
Buxoroning so‘kong‘ich hokimlaridan birini majlisda bir urib yiqitgan olotlik fermer Bahodir Sharipov nomi elga ovoza bo‘ldi. Ayrim manbalar, hususan ...
23 yanvar 2018
World Politics Review onlayn jurnalida muallif ko‘plab sharhlovchilar «o‘zbek iliqligi» deya atayotgan so‘nggi voqealar tahlili haqida maqola e'lon qildi. ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...