Catira
16 may 2024

Farg‘ona viloyat kadastrining so‘kong‘ich boshlig‘i

Yuqoridagi videoda Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov xodimlarni og‘ziga kelgan gap bilan bo‘ralab so‘kyapti.

Nodir Mashrapovning so‘kong‘ichligi viloyatda ovoza bo‘lib ulgurgan – laqabi «Nodir ko‘cha». Boshqarma xodimlari iddaosiga ko‘ra Mashrapov viloyatda ko‘p yerlarning jinoiy oldi-sotdisisiga aloqador, biroq shu paytgacha «suvdan quruq chiqyapti».

Eltuz nashriga so‘kong‘ich, badfe'l rahbarlar haqida ko‘p shikoyatlar keladi. Ma'naviy yuksaklikni da'vo qiladigan xalqning ayrim amaldorlari so‘kinmasdan biror majlis o‘tkazolmaydi. Xodimlarning izzat-nafsi bor, hamiyatiga tegmaslik kerak degan tushuncha ularga begona.

Amaldorlarning baqir-chaqir qilmasdan, haqoratlab so‘kinmasdan ish boshqarishga salohiyati yetmaydimi yoki farosati? Bu rahbarlar so‘kinishda kimdan o‘rnak olyapti?

Tag‘in o‘qing
9 noyabr 2017
2017 yilgi paxta terimida «Umumxalq hashari» shiori ostida byudjet idoralari xodimlari, jumladan, o‘qituvchilar mehnatidan tobora kengroq foydalanilmoqda. Sirdaryo viloyatidan ...
20 may 2016
Farg‘onalik M.ismli ayol 1-sinfda o‘qiydigan qizchasini maktabga jo‘natdiyu, Xalq ta'limi vazirligining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish uchun qo‘liga telefon oldi. ...
19 sentyabr 2016
«XXI asr» gazetasi (17.09.2016) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan bo‘lajak davlat rahbari sayloviga vaqtinchalik prezident ...
4 fevral 2020
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tgan uchrashuvda «bir kichkina bojxona posti rahbari»ning uyidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...