Asosiy mavzular
21 may 2024

Rassom Tuz «Tehron qassobi» va uning o‘limi haqida

Vertoleti ontarilib o‘lgan Eron prezidenti minglab odamlarni qatl qilgan sharafsiz bir jallod edi. It o‘limida o‘ldi desak haqqimiz ketadi. Zotan it bu qadar ko‘p razillikka qodir emas.

Bir boshdan kelsam. Ibrohim Raisiy 1960 yili Mashhadda mulla oilasida tug‘ildi. Besh yoshida otasi Said Hoji o‘ldi. Ibrohimni madrasaga berishdi. Avvaliga Mashhad¸ keyin esa Qumdagi madrasada o‘qib ashaddiy diniy fanatik bo‘lib yetishdi. Hali 19 yoshligidayoq diniy zombiga tugal aylanib bo‘lgandi. Ibrohim Raisiy 1978 yildan boshlab Eronda shia shariatini o‘rnatish uchun tirishganlar safida bo‘ldi. Pogromlarda ishtirok qildi. Tehrondagi Reks kinoteatrini ichida odamlari bilan yoqib yuborish¸ AQSh elchixonasiga hujum va ishg‘ol ishtirokchisi bo‘ldi.

1985 yili Raisiy Tehron prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 1988 yili maxsus vakolat asosida odamlarni o‘ldirish uchun «litsenziya oldi.»

Aynan Raisiy Erondagi siyosiy mahkumlarni ommaviy qatl qilishda asosiy figurant va tashkilotchi hisoblanadi.

Shu bois u 1988 yili «Tehron qassobi» degan tavqi la'nat oldi.

Raisiy shia islomchilari nazarida aybdor bo‘lgan minglab odamlarni o‘limga hukm qilgan va «o‘lim qo‘mitasi» deb atalgan yashirin sudning to‘rt sudyasidan biri va eng marazi edi.

Raisi 1989 yilddan 1994 yilgacha Tehron prokurori bo‘lib ishladi. 2014 yilda esa Eron bosh prokurori lavozimini egallladi. 2016 yildan boshlab Erondagi eng kattta islomiy fond raisi bo‘ldi.

2021 yildan to o‘limiga qadar Eron prezidenti lavozimida edi. 2024 yilning 19 mayida Raisi uchgan eski vertolet ontarildi. Raisiyning tanasi boshqa 8 kishi bilan birga kuyib ketdi.

Raisiyning kuyib ketgan o‘ligi bugun 21 may kuni Tabrizda ko‘miladi.

Ammo bugunning o‘zida yuzlab eronliklar uni qabrini vayron qilish uchun ont ichdi.

Raisiy o‘lgan kuni Texronda eng ko‘p mushak otildi. Odamlar jallodning o‘limini qutlashdi.

Eltuz dunyo voqealarini siz bilan birgalikda kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
27 avgust 2018
Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari 4 sentyabr kuni O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraga pora berishgani ...
23 avgust 2019
Mamlakat turg‘unlarining buzilayotgan uylari uchun bozor narxida tovon talab qilishi ochko‘zlik ekan. Prezident samolyoti uchun 300 mln. to‘lansa, mayli. ...
27 noyabr 2018
O‘zbekistonning bosh rasmiy huquq himoyachisi Akmal Saidov hozir ancha o‘zgargan. Mamlakat Inson huquqlari milliy markaziy rahbari sohada ko‘tarilgan og‘riqli ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...