Urush. Mustaqillik va Davlat chegaraci – 600’66
Durov maxsus xizmatlar bilan xamkorlik qilganini e'tirof etdi. Ukraina Rossiyaning neft zavodlariga, Rossiya esa Ukraina aholisiga zarba bermoqda. O‘zbekiston -Qirg‘iziston chegarasidagi muammolar va bu 600 sekund
Pavel Durov maxsus xizmatlar bilan xamkorlik qilganini e'tirof etdi. Ukraina Rossiyaning neft zavodlariga, Rossiya esa Ukraina aholisi yashayotgan uylarga zarba berdi. O‘zbekistonlik taniqli futbolchi olamdan o‘tdi va bu 600 sekund
+++
Telegram tarmog‘i egasi Pavel Durov tergov jarayonida Frantsiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilganini ta'kidladi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, u Frantsiya ichki xavfsizlik boshqarmasi vakillari bilan Dubayda uchrashgan. Ushbu boshqarma bilan bog‘liq rasmiy aloqa kanali va elektron manzil ochilgan. Hamkorlik terrorizmga qarshi kurash maqsadini ko‘zda tutgan. Shuningdek, Durov Frantsiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikka ochiq ekanini bildirib ularga o‘z telefoni va parolini taqdim etdi.
+++
Ukraina harbiy kuchlari Moskva neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Ushbu zavod Rossiyaning eng yirik hamda kuchli himoyalangan neftni qayta ishlovchi zavodlaridan biri. Hujum natijasida zavodda yong‘in chiqqan. Rossiya mudofaa vazirligining bayonot berishicha Ukraina harbiy kuchlari tomonidan mamlakatning 15 hududiga dronli hujumlar uyushtirilgan. Ukraina dronlari Kashir GRESi va Konakovo neftni qayta ishlash zavodini ham nishonga olgan.
+++
Niderlandiya Ukrainaga 28 dona Viking rusumli harbiy mashinalarni beradi. Rasmiy bayonotda mamlakatning mudofaa vaziri Ruben Brekenmans ushbu texnikalar Rossiya hujumiga qarshi qo‘llanishi, mashina boshqaruvi uchun ukrain askarlari Norvegiya dengiz piyoda qo‘shinlari korpusida tayyorgallik o‘taganini bildirdi.
+++
30 avgust kuni Ukrainaning Xarkov shahri hujumga tutildi. Rossiya hujumida qurbon bo‘lganlar orasida 18 yashar Veronika Kojushko ham bor. Bu qiz umidli rassom edi. Qizning bevaqt o‘limi haqida ukrain yozuvchisi Sergey Jadan ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Rossiyaning Xarkovga hujumi 10 dan ortiq avia zarbalaridan iborat bo‘ldi. Qurbonlar soni 29 nafar, ular orasida yosh bolalar ham bor.
+++
Kamchatkada MI-8 rusumli Rossiya vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot bortida uch nafar ekipaj a'zosi va 19 nafar turistlar bo‘lgan. Vertolyot tog‘ tepalik cho‘qqisiga urilish natijasida qulagan. Qurbonlar orasida Rossiya futbol ittifoqi moliyaviy direktori Arseniy Zamyatin va uning xotini ham bo‘lgani bildirildi.
+++
Rossiya raketalari Ukraina tomonidan ishg‘ol qilingan Rossiyaning Sudja shahrini vayron qilmoqda. Bu amaliyot Kremlning Donbass rejasiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Xususan Sudja shahridagi muz saroyiga uchib kelgan Rossiya bombasi uni butkul vayronaga aylantirdi. Rus harbiy propagandasi yaqin kunlarda Rossiyaning o‘z hududi bo‘lgan bu shahar kulini ko‘kka sovurishni niyat qilmoqda.
+++
Ukrainaning Suma-Xarkov yo‘nalishida harakatlanayotgan don ortilgan kolonna Rossiya hujumiga uchradi. Don ortilgan bitta yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi, 20 ta mashinaga har xil darajada talofat yetdi. Hujum natijasida 23 yashar haydovchi o‘ldi va 4 haydovchi jarohatlandi.
+++
Moskva shahri va Moskva viloyatidagi ayrim maktablarda xavfsizlik chorasi o‘laroq 2 sentyabr lineykasi bekor qilindi. Ba'zi maktablarda o‘quv yili boshlanishidagi lineyka to‘liq bekor qilingan, boshqa maktablarda esa bayramda qatnashuvchilar soni chegaralangan. Tadbirlarda har bir o‘quvchi oilasidan bir kishi, yoki bir sinf nomidan bitta ota yoki ona qatnashishi talab qilinmoqda. Maktab mutasaddilari bunday cheklovlar va taqiqlarga xavfsizlik chorasi deya izoh berishmoq.
+++
Ukraina urushidan qaytgan Rossiyalik askar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Urushdan qaytgan Grigoriy Starikov uch kishini montirovka bilan urib o‘ldirgan. Sud qotilning Vagner tarkibida urushda xizmat qilgani va jabrlanuvchilarning noqonuniy xulq-atvori sababli jazoni yengillashtirdi. Jabrlanuvchilarning noqonuniy xulq-atvori degan jumlaga sud hujjatlarida hech qanday izoh berilmagan.
+++
Kursk viloyati mutasaddilari Ukraina egallagan hududlarda tartib o‘rnatish uchun ko‘ngilli askarlarni yig‘a boshladi. Ko‘ngillilar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib Rossiya mudofaa kuchlari bilan hamkorlikda harakatlanadi. Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ko‘ngillilar bilan 6 oylik shartnoma tuzilishi, ular viloyatning evakuatsiya e'lon qilingan hududlarida harakatlanishini bildirgan.
+++
Putin Shimoliy Koreya diktatori Kim Chen Inga 24 ta ot sovg‘a qildi. Orlovskiy rыsak zotli otlar Shimoliy Koreyaga poezdda yetib boradi. Bu jonivorlar diktator Kim Chen Inning eng sevimli otlari bo‘lib Shimoliy Koreya harbiy bo‘linmalarini shakllantirishda ham qo‘llaniladi.
+++
Ilk bor iqtidorga kelgan yoshlik kezlarida «70 yashar qariya hukmdorlar davri o‘tdi, Belarus yangi odamlar, yangi siyosatga muhtoj» degan shior bilan chiqqan prezident Aleksandr Lukashenko kuni kecha 70 yoshini qarshiladi. 1994 yili davlat tepasiga kelgan Belarus diktatori mamlakatga 30 yildan ortiq hukmronlik qilmoqda.
+++
Afg‘onistonda shariat tuzumi tobora mustahkamlanmoqda. Tolibon 21 mingdan ortiq musiqiy asboblarni yoqib yubordi. Deyarli 300 nafar politsiyachi erkaklar soqol o‘stirishdan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Toliblar musiqa insonning axloqini buzishiga ishonadi, soqol esa har bir musulmon erkakka majburiy degan aqidani ta'kidlashadi. Bundan tashqari sotuvchilarga «yot g‘oyali» g‘arb filmlarini sotish taqiqlandi.
+++
Tolibon Afg‘onistonda Islom diniy qonunlariga zid bo‘lgani uchun MMA sport turini taqiqladi. Tolibon axloq politsiyasi rahbari Muhammad Xolid Hanafiy tomonidan imzolangan rasmiy taqiq akti may oyining oxirida paydo bo‘ldi. Biroq, bu buyruq endigina ijro uchun qabul qilindi. Taqiqlashning shariat asoslari quyidagilardan iborat: aralash jang san'ati ko‘z, yuz va miya jarohati bilan tahdid qiladi va o‘limga olib kelishi mumkin. Bu esa shariat bo‘yicha qabul qilinishi mumkin emas.
+++
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning 33 yilligini nishonladi. Bayram an'anaviy ravishda shahidlar xotirasi bilan boshlanib, ochiq maydondagi kontsert dasturi va mushakbozlik bilan yakunlandi. Prezident Shavkat Mirziyoev o‘z nutqida O‘zbekistonning demokratik davlat ekaniga, xotin-qizlar ta'limi va ularning ishlash huquqi dolzarbligiga alohida urg‘u berdi.
Mirziyoev shuningdek, Mustaqillik kuni munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 522 nafar mahkumni afv etdi.
+++
O‘zbekiston Paralimpiya jamoasi hozirga qadar 11 ta medalga erishdi. 5 oltin, 3 kumush, 3 ta bronza medallari bilan o‘zbekistonlik sportchilar Parij 2024 Paralimpiya musobaqasining kuchli o‘ntalik guruhiga kirdi.
+++
«Surxon» futbolchisi Sayriddin G‘afforov uchta operatsiyadan keyin olamdan o‘tdi va 25 avgust kuni dafn etildi. 34 yoshida o‘lgan Sayriddin futbol jaroxatalari oqibatida davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalindi. Sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada, futbolchi Tojikiston va O‘zbekistonning turli klublarida o‘ynashda davom etayotgan edi. Sayriddin Tojikistonda ikki marta operatsiya qilindi. Uchinchi amaliyotni Toshkent jarroxlari qildi. Futbolda mayib bo‘lgan Sayriddin ikki qo‘lida, keyin oyoqlarida vazn va kuch yo‘qotishni boshlagan. Keyinchalik u gapirish qobiliyatini ham yo‘qotgan. Sayriddin G‘afforov 1990 yilning 29 avgustida Surxondaryo viloyatinig Sariosiyo tumanida tug‘ildi. Dastlab «Sho‘rchi» jamoasida to‘p surdi. So‘ngra 2008 va 2010 yillar mobaynida «Sho‘rtan» va Samarqandning «Dinamo»sida o‘ynadi. Futbolchi «Andijon», «Norin», hamda «Surxon» jamoalari tarkibida ham o‘ynagan. Shu bilan birga u Tojikiston klublarida ham to‘p surgan.
+++
Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara postida O‘zbekiston vatandoshlari sarson bo‘lmoqda. Eltuzga yetib kelgan videoda chegara postining Qirg‘iziston tomonida katta navbat yuzaga kelgani aks etadi. «O‘zbekiston tomonidan tez-tez qiyinchiliksiz o‘tamiz, lekin Qirg‘iziston tomonda navbat katta. Issiq kunlarda yoshi kattalar, yosh bolali ayollar sarson bo‘lishyapti. Qirg‘iz chegarachilari juda qo‘pol muomala qilishyapti», dedi o‘zbek vatandoshlaridan biri Eltuz insayderiga.
Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 673 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing, sog‘ bo‘ling.