Asosiy mavzular
29 mart 2021

29 martda Milosh Formanning “Kakku qushi” beshta Oskar olgan edi

1976 yilning 29 martida AQSh kinokademiyasining 48-Oskar taqdimotida beshta asosiy mukofot bitta filmga berildi.

Bu Milosh Formanning “Kakku uyasi uzra parvoz” (One Flew Over the Cuckoo’s Nest) filmi edi.

“Agar u jinni bo‘lsa, sen nimaga yaraysan” (If he’s crazy, what does that make you?) degan slogan ustiga qurilgan bu film totalitar tutumni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yakka isyonchining taqdiri haqida hikoya qiladi.

Filmdan parcha

Maykl Duglas prodyusserlik qilgan bu film rejissyori Milash Forman “Eng yaxshi rejissura uchun”, bosh rol ijrochisi Jek Nikolson esa “eng yaxshi erkak roli” uchun Oskar oldi.

Shuningdek, Luiza Fletcher “eng yaxshi ayol» roli uchun Oskarga sazovor bo‘ldi.

Kino qamoq jazosini chetlab o‘tish uchun o‘zini jinnilikka solgan Rendl Patrik MakMerfining psixiatriya klinikasidagi ko‘rguliklarini hikoya qiladi.

Totalitar zehniyat sohibasi shafqatsiz hamshira Mildred Retchedning mutlaq hukmronligi ostidagi ruhiy xastalar o‘zgarishlar umididan allaqachon voz kechishgan.

MakMerfi “jinnixona”dagi vaziyatni yakka o‘zi o‘zgartirish uchun oyoqqa qalqadi. Isyon ruhiy xastaxona tutqunlari qalbida “o‘zgarishlar istagi”ni paydo qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2020
1 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi lideri Xidirnazar Allaqulovning omma oldida chiqishi ...
11 yanvar 2017
Yangi yil oldidan rossiyalik milliarder, agar uni O‘zbekistonga chaqirishsa borishga tayyorligini aytdi. Uni O‘zbekistonda kim kutayotgani, kim chaqirishi qorong‘u. ...
8 mart 2020
Rassom Dumham Eltuz.com
29 noyabr 2017
28 noyabr kuni O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri 61 yoshli Galina Saidova hamda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri 57 yoshli Elyor G‘aniev ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...