Asosiy mavzular
5 may 2021

5 may – globalist imperator Napoleon Bonapart surgunda o‘ldi

Frantsiyaning qudratli imperatori Napoleon Bonapart 1821 yilning 5 mayida (Napoléon Bonaparte) Avliyo Yelena orolida bandi bir tarzda olamdan o‘tdi.

Napoleon Bonapart 1769 yilda tug‘ilib, 1789 yilgi Frantsiya inqilobidan so‘ng katta armiya jamlab, Frantsiyani qudratli mamlakatga aylantira oldi.

Pirovardida u 1804 yili Frantsiya imperatori sifatida tan olindi.

Napoleon hukmronligi davrida ko‘plab mamlakatlarga harbiy hujum uyushtirib, Frantsiya hududlarini kengaytirdi va Yevropaning ko‘p yerlarini o‘z tasarrufiga oldi.

1812 yilda katta armiya bilan Rossiyaga hujum qildi.

Rossiya Angliya va Avstriya ko‘magida Napoleonni mag‘lub qildi.

1814 yilda Napoleon hukumatdan chetlatildi.

Uni Elb jazirasiga hokim qilib qo‘ydilar. Lekin u 1815 yil jaziradan qochib, Frantsiyaga keldi va yana 100 kun hukm surdi.

U Vaterloo yaqinida mag‘lub bo‘lganidan keyin taxtdan voz kechdi. Alal-oqibat Yevropa jahongiri britaniyaliklar talabi bilan Avliyo Yelena oroliga surgun qilindi.

Jahongirning xoki 1840 yildan beri Parijda saqlanadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2021
Rassom Kirpi
12 may 2016
O‘tgan juma kuni Istanbulda o‘z do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kunlik uy kiralagan 19 yashar turk qizi o‘sha uyda ...
30 mart 2018
Ijtimoiy tarmoqda 30 mart kuni bog‘cha bolalarini urayotgan o‘zbek tarbiyachisi aks etgan navbatdagi video tarqaldi. «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, bu muassasa ...
16 iyul 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...