Asosiy mavzular
4 iyul 2016

O‘qituvchi va shifokorlar paxta qurtini terishga safarbar etildi

Farg‘ona viloyati o‘qituvchi va shifokorlari paxta ko‘sagiga tushgan qurtlarni dalalarda qo‘lda terishmoqda. Ularning bu safar dalaga chiqarilishi AQSh Davlat departamentining odam savdosiga qarshi yillik hisobotida O‘zbekiston reytingi pasaytirilgan 30 iyun kuniga to‘g‘ri keldi.

rasm1620
Paxta ko‘sagiga tushgan qurtlarni dalalarda qo‘lda terishmoqda. Foto © Eltuz.com

Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas'ul To‘lqinoy Tojieva Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarda bo‘lib, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlaridan dalaga chiqib, fermerlarga yordam berishni so‘ragan.

«Paxtaga qandaydir yomon qurt tushibdi», – dedi safarbarlikka jalb etilgan xodimlardan biri Eltuz.comga. Uning so‘zlariga ko‘ra, paxtaga tushgan qurtni terish uchun har kuni bitta maktab 10 nafar xodim berishi kerak.

Uning aytishiga ko‘ra, To‘lqinoy Tojieva kelib maktabda yig‘ilish o‘tkazgan. Paxta milliy boyligimiz, obro‘-e'tiborimiz ekanligini, u davlatga katta foyda keltirishini aytib, yordam berishlarini so‘ragan, aslida esa talab qilgan.

Qurtga qarshi biologik usul samara bermagan

O‘zbekistonda har yili avj oladigan ko‘sak qurtiga qarshi kurash bilan aslida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi markaz shug‘ullanishi lozim edi.

rasm1621
Ko‘sak qurtiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy va biologik vositalar samara bermagan. Foto © eltuz.com

Biroq Eltuz.com muxbirining ayni markaz qoshidagi O‘simliklarni himoya qilish otryadi mutaxassislaridan olgan ma'lumotiga ko‘ra, biologik usullar samara bermagan.

Markaz mutaxassislarining bildirishicha, tumanlarning katta kichikligiga qarab, har bir tumanda 4 tadan 10 tagacha biolaboratoriyalar mavjud.

«Biz qurtlarga qarshi biologik xashorotlarni ko‘paytirish, ular uchun dalalarda maxsus idishlarda ozuqalar qo‘yish va biologik vositalarni dalalarga purkash bilan shug‘ullanamiz, biroq bu usullar faqat qurtlar paydo bo‘lishining dastlabki bosqichidagina natija beradi» deydi biolaborotoriya mutaxassisi.

U shuningdek zarakunandalarga qarshi turli zaharli dorilar, gerbitsidlar, insektitsidlar va mikrobiologik preparatlar qo‘llanishini aytadi.

Bu zaharli va biologik vositalarning ro‘yhati va ularning qanchalik miqdorda qo‘llanilishi haqida Eltuz.comda hujjatlar bor, biroq ularning inson organizmiga, jumladan paxta dalalarida ko‘sak qurtini terayotgan odamlarga qanchalik zarari bo‘lishi mumkinligi, bundan o‘qituvchi va shifokorlar qanchalik himoyalanganligi haqida hozircha aniq javob yo‘q.

rasm1622
Paxta zararkunandalariga qo‘llaniladigan kimyoviy zaharli va biologik vositalar. Foto © eltuz.com 

Majburiy mehnat tufayli O‘zbekiston reytingi pasaytirilgan kunlarda

Paxta qurtini terib olishga safarbarlik, ayni majburiy mehnat tufayli Trafikingga doir yillik hisobotda O‘zbekistonning reytingi mavjud imkoniyatdan eng past daraja Tier 3 ga tushirilgan paytga to‘g‘ri keldi.

30 iyun kuni AQSh Davlat departamenti o‘zining odam savdosiga qarshi kurashishga doir yillik hisobotida O‘zbekistonning reytingini 188 mamlakatlar ro‘yhati ohiridan uchinchi darajaga tushirgan edi.

2015 yilgi paxta mavsumida majburiy mehnat monitoringini o‘tkazayotgan fuqarolik jamiyatining mustaqil faollariga hujumlar soni keskin oshgani qayd etilgan bu hujjatda O‘zbekiston paxtachiligida majburiy mehnat tizimi o‘zgarishsiz qolayotggani, davlat jazo qo‘llash, jumladan, ishdan bo‘shatish va ijtimoiy yordamdan mahrum etish, talabalarni universitetlardan haydash tahdidi ostida eng kamida million kishini paxta dalalarida ishlashga majburlayotgani qayd etiladi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 sentyabr 2017
Avgust oyi O‘zbekiston telekanallari uchun har doim qaynoq bir davr bo‘lib kelgan. Qaynoqligi shundaki, mustaqillik bayrami arafasida hamdu sano ...
26 mart 2018
Namanganning Pop tumanida 25 mart kuni mobil telefonni hojatxona chuquridan olmoqchi bo‘lgan ikki kishi o‘ldi. Voqea kechqurun soat 22.00 ...
26 may 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 7-qismini taqdim etadi. Avtobusni ...
2 dekabr 2016
Ayrim viloyat gazetalari ehtiyotkorlik bilan imkon qadar dadillikka qo‘l urayotganga o‘xshaydi. Samarqandda chop etiladigan «Zarafshon» gazetasining internetdagi sahifasida bu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...