ART-DURBIN
28 iyul 2016

«Bosmachilar ustidan sud»

Qarshimizda Sovet Markaziy Osiyosida isyonchilik harakatiga qarshi kurashish davrida olingan eng muvaffaqiyatli fotohujjatlardan biri desa bo‘ladigan fotosurat turibdi. Biz sovet davrida o‘rganib qolganimiz uchun odatda bu harakatni bosmachilik deb ataymiz.

«Bosmachilar ustidan sud» nomli bu surat 1932 yilda Samarqandda tushirilgan.

rasm1638
Surat muallifi shveytsariyalik fotograf Ella Mayyar. (1903-1997)

Bu surat muallifi shveytsariyalik sayyoh va sharq mamlakatlarining taniqli ekstremal tadqiqotchilaridan biri Ella Mayyardir (Ella Maillart – 1903-1997). 1932 yilda burjua dunyosining eng markazidan kelgan yosh va go‘zal ayol yolg‘iz o‘zi Qizilqum sahrosini kesib o‘tib, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni kezib, Xitoy chegarasigacha yetib bordi va ortiga qaytdi.

E'tiborli jihati shuki, Ella Mayyarda sovet hukumatining ruxsat hujjatlari yo‘q edi. U blokpostlar va patrullarni ustalik bilan chetlab o‘tib, eson-omon o‘z vataniga qaytib keldi. Uyiga qaytgach, u o‘zining sovet O‘rta Osiyosi bo‘ylab sayohati haqida «Turkiston ohangi» kitobini yozdi.

«Bosmachilar ustidan sud»

Fotosuratda hibsga olingan «bosmachilar» ham, ularning raqiblari – qizil komissarlar ham yo‘q. Bo‘lib o‘tayotgan jarayon kulfati undagi detallar orqali his etiladi. Vayrona binoning qadim bezaklari qoldiqlari saqlanib qolgan devorlari oldida ustiga alvon mato yopilgan stol qo‘yilgan. Pastqamgina taxtasupaga sharqona gilam to‘shalgan. Ilichning yirik byusti xaloyiqqa yoqtirmaygina boqib turibdi. Surat markazida – butunlay qop-qora kiyingan «revolyutsiya inkvizitori»ning siymosi.

Bu mash'um tipaj aslida El Greko yoki Goyyaning kartinalariga mos tushadi.

Sudya fotograf tomonga horg‘in boqib turibdi. Surat taqiqlar zamonida tushirilgan va tsenzuradan o‘tganiga qaramay, unda qo‘rquv va sukunatning dimiq muhiti seziladi.

Ishi odamlarni o‘limga yo‘llash bo‘lgan «inkvizitor»dan toshbag‘irlik va inson hayotiga nisbatan loqaydlik hissi taraladi. 1932 yilda stalinizm davri hukmronligi oyoqqa qalqayotgandi. Butun sovetlar mamlakati kabi O‘rta Osiyo ham uzoq yillik yo‘qchilik va azob-uqubatlar botqog‘iga botayotgandi.

Akmal Rizaev
o‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 mart 2023
O‘zbekiston kalimasini tarixga kirgizib, bu davlatning ilk rahbari bo‘lgan Xo‘jaev siymosini tarixdan o‘chirishga urinish keyingi yillarda izchil tus olgani ...
26 mart 2016
O‘zbek huquq himoyachisi, mahkum A'zam Farmonovning umr yo‘ldoshi Ozoda Yoqubova 10 yildan buyon Toshkentdan 1500 km uzoqdagi olis, ekologik ...
17 dekabr 2019
O‘zbekistonda saylov o‘yinlari avj olishi fonida Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupov mamlakatda 25 yil davomida amaliyotda bo‘lgan ta'lim ...
9 yanvar 2017
Sho‘rolar davrida bir fantastik film bo‘lardi. Yerliklar yaxshi o‘zga sayyoraliklarga yomon sayyoradoshlari ustidan g‘alaba qozonishiga yordam berishi haqida edi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...