Asosiy mavzular
26 sentyabr 2016

«Deletant»larga diletantlarcha javob

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan amaldagi bosh vazir, mustaqil kuzatuvchilar fikricha, noqonuniy tarzda prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishini xaspo‘shlashga urinishlar davom etmoqda.

«Kun.o‘z» saytida e'lon qilingan maqolada muallif bunday fikr bildirayotganlarni «delitant ekspertlar», deb ataydi.

Ha, ha, maqola muallifi yuridik fanlar nomzodi Shuxrat Rasulov “diletant” so‘zini “deletant” tarzida ifodalaydi.

Buning ustiga, maqolada kamida beshta joyda kelgan bu atama goh deletant, goh delitant tarzida ifodalangan.

Olimning javobi “ilmiy-nazariy asos”ga ega ekanligiga shak keltirmagan Kun.uz nashri imlo xatolarini o‘z holicha qoldirgan.

Shuningdek muallif, Oliy Majlis qarorini asoslash uchun rus olimi N.M.Korkunovning fikrlariga tayanishni maqsadga muvofiq hisoblaydi.

«Olim o‘tgan asrning oxirlaridayoq davlat boshlig‘ining odatiy farmonlari bilan favqulodda farmonlarini farqlay bilishni taklif etgan.

Olimning fikriga ko‘ra, favqulodda farmonlar qonun bilan tartibga solinadigan masalalar bo‘yicha yoxud qonunni bekor qilish bo‘yicha chiqariladi. Favqulodda farmonni chiqarish aslida zarurat taqozosi bilangina oqlanishi mumkin bo‘lgan huqubuzarlikdir…. Biroq bunday farmonlar muvaqqat xususiyatga ega bo‘lib, favqulodda farmon bilan belgilangan choralar qonun chiqaruvchi organga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi kerak», deb yozadi muallif.

U prezidentning bevaqt vafoti va bu holatda Senat raisining prezident vazifasini vaqtincha bajarishdan voz kechishi va ushbu vakolat bosh vazirga yuklatilishini Korkunovning favqulodda farmon haqidagi ilmiy fikrlariga mos keladi, deya iddao qiladi.

«Deletant»(?)larga zarba berishga otlangan muallif o‘zbek qonunchiligida «zarurat taqozosi», «favqulodda farmon», «xalqning xohish-irodasi» kabi huquqiy tushunchalar yo‘qligini bila turib, diletantlarcha javob qaytarganini faqat qonunbuzarlikni, qolaversa o‘z savodsizligini oqlashga urinish, deb baholash mumkin nazarimizda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
19 may 2020
Leytenant chiqib, «Bu yerda to‘planishib turishma, tez ketish», deb milisaxona eshigini yopdi. Hayotillaning oldi aynagiga stiker yopishtirilgan  «Damasi»ga Absattor ...
19 noyabr 2019
Ayni saylov avj pallasiga chiqqan payti poytaxt hokimi bilan bog‘liq bunday kompromat chiqishi siyosiy jarayonlar rivojlangan davlatlarda deputatlikka nomzodlar ...
16 noyabr 2019
Men ko‘pincha bir million dollar pulim bo‘lsa nima qilardim, deb  o‘ylab qolaman. Ëshligimda eski paxsa hovlini yiqib, g‘isht qilib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...