ART-DURBIN
28 oktyabr 2016

Sahnalashtirilmagan hayot reportaji

1400660381c94
Yuriya Abramochkinning shaxsiy saytidan: http://abramochkin.telemark-it.ru

Shu yilning 11 dekabrida reportaj fotografi sifatida dunyoga tanilgan fotojurnalist Yuriy Abramochkin 80 yoshga to‘ladi.

Uning axborotlarga bo‘lgan rasmiy pozitsiyasi hamisha “Hech narsa yuz bermayapti” degan iborada aks etdi, biroq ayni sharoitda ham Yuriy Abramochkin haqiqiy fotomuxbir bo‘lib qola bildi.

U ko‘plab siyosiy arboblar, taniqli artistlar, adiblar va boshqa mashhur shaxslar suratini olgan. Ular orasida sakkiz nafar SSSR raxbari, to‘rt nafar amerika prezidenti, Yosir Arofat, Yelizavetta Ikkinchi, Fidel Kastro, Margaret Tetcher va boshqalar bor.

Biroq Yuriy Abramochkin, o‘z ijodida oddiy odamlar aks etgan suratlarini muhimroq deya hisoblaydi va u birinchilardan bo‘lib sovet fotografiya reportaji sohasiga sahnalashtirilmagan turmush manzaralarni olib kirgan shaxslardan biridir.

Bu tasvirlarning ko‘pi bugungi kunda sovet fotografiyasi klassikasiga aylandi. Bu esa to‘la ma'noda Yuriy Abramochkinning reportaj suratlarini olishga bo‘lgan ijodiy yondoshuvi samarasi edi.

“Shaxsni kashf qilish uchun, muloqot zarur. Men turli usullardan foydalanaman. Masalan, agar odam o‘zini juda aqlli sanasa, men go‘l bir odamga aylanaman. Unda menga bilim berish ishtiyoqini paydo qilish uchun, eng ahmoqona savollar beraman. Keyin esa u “aqlim kirib qolgani”ni ko‘rib hursand bo‘ladi.

Bu insoniy komediya deb ataladi. Odam bilan so‘zlashishni qanday boshlasang, u ham sen bilan shunday gaplashadi. Shaxsning o‘zini himoya qilishiga olib keladigan harakat qilmaslik kerak. Kamera ushlagan odamdan hadiksirashlari mumkin va hamisha odobga rioya etish joiz. Insonni tasvirga olarkan, u haqda va uning shug‘ullanadigan ishi haqida ko‘proq bilib olaman, shu yo‘l bilan unga yo‘l topaman” deya yozadi Yuriy Abramochkin o‘z ijodiy yo‘li haqida.

1400660088102
“Tilla Shayx” masjidida namoz. Toshkent 1966 yil
aaiq9l8
SSSR Moliya vaziri V. Pavlov va O‘zSSR Birinchi kotibi I. Karimov 1991 yil

 

14006589179bd
“Tilla Shayx” masjidida namoz. Toshkent 1966 yil

 

413129 21.07.1968 Skver revolyutsii, alleya chinarov, v glubine – pamyatnik Karlu Marksu v gorode Tashkente. Yuriy Abramochkin/RIA Novosti
Karl Marks haykali, Toshkent, Oktyabr Inqilobi hiyoboni, 1968 yil. Yuriy Abramochkin

Fotosuratlar Yuriy Abramochkinning xos vebsahifasidan olindi: http://abramochkin.telemark-it.ru

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2021
Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 5 aprel kuni aeysbukda jonli chiqish qilib, “Erk” demokratik partiyasiga a'zo bo‘lib kirganini e'lon qildi ...
8 may 2022
1865 yil 8 mayida zambarak bilan qurollangan rus bosqinchi otryadlari Toshkent yaqinidagi janglarda qo‘qonlik Alimqul qo‘shinlarining qaqshatqich hujumiga uchrab, ...
28 fevral 2023
O‘zbek mulozimlari Karimov davrida hozirgidan ancha aqlli ko‘rinardi. Chunki gapirishmasdi. Mirziyoev davriga kelib ularga til bitdi. Qarasak, hammasi o‘qimagan, ...
19 sentyabr 2018
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Toshkentga qilgan rasmiy tashrifi chog‘i «Belsat-TV» studiyasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari Umida ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...