Asosiy mavzular
31 oktyabr 2016

Barcha partiyalar elektorati «manfaati»dagi farmon

O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon OAVda navbatdagi ura-ura to‘lqinini boshlab berganini avval ham yozgandik.

Partiyalarga tegishli gazetalar undan o‘z maqsadlarida foydalanishga harakat qilyapti. Xususan, O‘zLiDeP nashri bo‘lgan «XXI asr» gazetasi (27.10) bu farmon partiya «elektorati himoyasini mustahkamlashi» haqida bong urdi.

Bundan avvalroq boshqa partiyalarning nashrlari ham bu farmonni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, u «bugungi kun talabidan kelib chiqib qabul qilingani», endi tadbirkorlik «yanada vo-o-o» bo‘lishini bashorat qilgan, bu esa ularning elektorati manfaatlariga xizmat qilishi aytilgandi.

Ilgarigi davlat rahbari tomonidan qabul qilingan shu kabi farmonlar tadbirkorlarning og‘irini sezilarli daraja yengillashtirmagani, bunisi ham aro yo‘lda qolib ketishi mumkinligi bugun partiyalarni qiziqtirayotgani yo‘q.

Asosiysi, bu hujjat qabul qilinganini qizig‘ida maqtab qolish kerak. Keyin nima bo‘lsa bo‘lar, u yog‘iga xudo poshsho…

Nima ham derdik, O‘zLiDeP vakili bo‘lgan muvaqqat va aftidan bo‘lajak prezident hamma partiyalarning elektoratini o‘ylaydigan rahbar ko‘rinadi. Shuning uchun barcha partiyalar ertaga yangi prezident ko‘rsatadigan «oqilona tanlangan, farovon hayot» yo‘lini maqtashga o‘tib ketsa, hech hayron bo‘lmaslik kerak.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 iyun 2017
Davlat idoralari korporativ bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanilishi haqidagi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov shikoyati turli baxslarga sabab bo‘ldi. ...
17 iyul 2017
«Mana bitta misol, ertalab men Internetni o‘zim ochib o‘qidim, buni menga hech kim bermaydi!» dedi Mirziyoev deputatlar bilan 12 ...
23 oktyabr 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Bir yil avval yozgan ekanman… U paytlar do‘stlarimiz yozgan maqolalarga munosabat bildirib turardim, albatta samimiy, chin ...
28 aprel 2024
«Hayotda har bir odam qiladigan uch ish bor. Daraxt ekish. Farzand o‘stirish va kitob yozish.»Bu gap 19 asrda yashab ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...