ART-DURBIN
22 noyabr 2021

Rip Xopkinsning O‘zbekistoni

muynak
Rip Xopkins, Qoraqalpog‘iston, Mo‘ynoq

Britaniyalik taniqli fotograf Rip Xopkins (Rip Hopkins) fotoob'ektivida aks etgan O‘zbekkiston turizm shirkatlari chop qilgan bukletlardan farq qiladi.

10 yoshidan beri suratkashlik qiladigan va Parijda taxsil olgan 44 yashar Rip Xopkins (Rip Hopkins) – mukammal fotorassom sifatida Britaniyada nom chiqardi.

“Chegara bilmas vrachlar” jamiyatida fotograflik qilgan Xopkins dunyoning dardli nuqtalarini bu dardga darmon bo‘lgan vrachlar bilan kezib insoniyatning asl yuziga razm sola oldi.

bukhara
Rip Xopkins, Buxoro

Xopkins Markaziy Osiyo bilan bog‘liq loyihalarda faol ishtirok qilda va mintaqaning barcha yerini qarichma-qarich kezdi.

Xopkins fotokamerasida aks etgan O‘zbekiston tasvirlarida kinoya va istixola unsurlari mavjud.

Vizual jihatdan mukammal deya bilingan bu suvratlarni Eltuz o‘quvchilariga havola qilamiz.

Avtor ayni paytda suratlar dizayni bilan mashg‘ul bu esa uni shunchaki suratkash rutbasidan yuksakroq mavqega eltadi.

zeravshan
Rip Xopkins, Zarafshon

Suratlarning barisida kompozitsiya va rang uyg‘unligiga erishilgan.

Bu esa Xopkins fotografdan ko‘ra musavvir kabi mushohada qildi degan fikrni paydo qiladi.

Asnoda rassom mintaqa qiyofasini chuchmal go‘zal qilishga tirishmaydi¸ balki g‘ayri-odatiy g‘adir-budir voqelikka diqqatimizni jalb qilishga tirishadi.

Xopkins g‘alati joylarda g‘alati odamlarni suratga oladi. Xopkins nazarida aynan g‘alati odamlar tomoshabinning shoyon diqqatiga loyiqdirlar.

Hatto Xopkins suratga olgan natyurmortlar ham insoniy muammolar haqida qichqirayotgan kabi tuyuladi.

fergana
Rip Xopkins, Farg‘ona

Tomoshabin bu rasmlardan bir etak pozitiv emotsiyalar oladi. Xopkins reportajlari esa alohida taxsinga loyiq.

Rip Xopkins doimo tomoshabin nigohini dunyo ajoyibotlariga qaratib olamning murakkab va nihoyatda go‘zal ekanligini urg‘ulaydi.

Xopkinsga ko‘ra hatto dunyo tamaddunidan olis puchmoqlarda ham inson asosiy va bosh qaxramon bo‘lib qolaveradi.

Xopkins O‘zbekistonidagi inson ham umidga loyiq kabi ko‘rinadi.

Rasmlar manbasi: http://www.riphopkins.com

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2015
O‘zResJKning firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan ayblov e'lon qilingan Ruhiyo Baitova Amnistiya Qaroriga asosan avf etildi va ozodlikka chiqarildi! ...
22 aprel 2024
Eltuz portali №141: So‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidan. Chiqindilarni yo‘q qilish muammosi: ...
14 dekabr 2018
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Bir necha kun ...
3 aprel 2015
Islom Karimov rejimi o‘zining alohida ayollariga ega. Ularning otryadlari bugungi kunda o‘z huquqini himoya qilishga uringanlarning abjag‘ini chiqarmoqda. Biroq ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...