Asosiy mavzular
7 noyabr 2016

Abdulla Oripovning dafn marosimi payshanbaga qoldirildi (yangilangan)

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik qoldirilgani kabi chorshanba kuni xam emas, balki payshanba kuni dafn qilinishi mo‘ljallanayotgani bildirildi.

«Shoir jasadi solingan temir tobut kechikdi. Tobut Texasdan Nyu-Yorkka, Nyu-Yorkdan Moskvaga keltiriladi. Chorshanba kuni prezident uchog‘i Moskvaga borib Oripovni tobutini yuklab qaytadi», degan edi bundan ilgari eltuz.com manbaci.

Keyin esa, xali xam tobut Amerikadan yetib kelmagani, muftiy Usmonxon Alimov va Vazirlar Maxkamasi Diniy ishlar qo‘mitasi raisi Ortiqali Yusupovlar shoirning oila a'zolari bilan janoza marosimini qachon o‘tkazishni kelishib olishgani xaqida xabar keldi.

Bundan oldin shoirning janozasi shanba kuni Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solingan.

Eltuz.com manbasining aytishicha, yakshanba kunidan boshlab shoirning Do‘rmondagi hovlisiga fotiha o‘qish uchun odamlar kela boshlagan.

Duogo‘ylarni shoirning akasi Abdurazzoq Oripov va shoirning qizi Shoira Oripova kutib olmoqda.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

«Qora lola» shoirga so‘ng maskan hozirlamoqda

Shoirni Chig‘atoy qabristoniga ko‘mish tadorigi Toshkentdagi «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi zimmasiga yuklatilgani aytildi.

Qabristoni ma'muriyati, «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi va Toshkentdagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rasmiylarining nashrimizga tasdiqlashicha shoir uchun qabriston markazidan joy ajratilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 mart 2020
Rassom Kirpi Eltuz.com
27 sentyabr 2018
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilaridan birining “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Pskentda jazoni o‘tayotgan 55 yashar Jur'at Meliqulovga hujum qilishga ...
29 avgust 2018
26 avgust kuni efirga ketgan «Munosabat» ko‘rsatuvi ishtirok etgan Politexnika universiteti o‘qituvchisi Abdullaeva Anjelika hech kimga so‘z bermay «ma'naviyat» ...
9 mart 2018
BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...