Asosiy mavzular
17 noyabr 2016

«Jurnalistning tayanch nuqtasi»ni hukumat marhamatidan izlash kerakmi?

«Hurriyat» gazetasida (16.11) «Talaba-jurnalistga maktublar» ruknida chop etilgan maqolada muallif bo‘lajak hamkasblariga «Jurnalistning tayanch nuqtasi»ni topib berishga urinadi.

U dastlab mustaqillik yillaridagi o‘zbek jurnalistikasiga murojaat etadi. O‘sha paytda «bir nashr jurnalistika hukumatga oppozitsiyada bo‘lishi kerak, deya o‘z faoliyatini shu g‘oyaga moslagan»i, birov xalqaro jurnalistika printsiplariga tayanishini bildirsa, «o‘zini chin demokrat-jurnalist hisoblaydigan boshqa bir hamkasbi «Xalq manfaati – mening jurnalistik pozitsiyamni belgilaydi», deb aytganini eslaydi.

«Ularning har biri o‘zicha haq», deya xulosa qiladi muallif. So‘ng u dunyo jurnalistikasi haqida mulohaza bildirishga o‘tib, AQSh jurnalistlari o‘zlarini yurtning «sodiq itlari» deb hisoblashini ta'kidlaydi.

«Amerikaning milliy manfaati degan g‘oya ulardagi barcha qadriyatlarning asosida turadigandek, nazarimda», deydi muallif va nima uchun O‘zbekistonning o‘z milliy manfaatlari bo‘lmasligi kerak, degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

Gapni cho‘zib o‘tirmay, darhol ayta qolamiz: maqolada «Milliy manfaat hukumat manfaati bilan ayni bir xilmi?», «Nega bugungi o‘zbek jurnalistikasi faqat ura-urayu madhiyabozlikdan nariga o‘ta olmayapti?» kabi savollarga javob yo‘q.

Bu savollarga javob berish o‘rniga muallif «Milliy istiqlol g‘oyasi» fani atrofida biroz aylanadi va marhum prezident Islom Karimovning jurnalistlarga bayram tabrigidagi pand-nasihat so‘zlarni keltiradi.

Xalqaro maydonda I.Karimov har doim «matbuot dushmani» sifatida ko‘rilgani, O‘zbekiston esa matbuoti eng jilovlangan mamlakatlardan biri o‘laroq tilga olib kelinishi ham uni mana shu shaxsning faqat qog‘ozda qolib ketgan so‘zlariga murojaat etishdan qaytara olmagan.

Maqoladagi fikrlar muallif bo‘lajak hamkasblariga haqiqiy jurnalistika qanday bo‘lishini o‘rgatishni emas, balki ularga «jurnalistikaning tayanch nuqtasini hukumatning marhamatidan izlash kerak», degan g‘oyani singdirishni maqsad qilgandek taassurot qoldiradi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 oktyabr 2016
O‘zbekiston telekanallari sentyabr oyini yig‘i-sig‘i bilan boshlab, bayramona kayfiyatda tugatdi. Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan sovet davriga xos ...
23 fevral 2021
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov “Eltuz” orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini prezident Shavkat Mirziyoevning ...
20 noyabr 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning eng katta islohotlaridan biri aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan yaxshilash bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Hozir Yagona ...
4 avgust 2016
«Adolat» gazetasi «yigirma beshinchi dovonga ham zafarli odimlar bilan yetib kelgan lahzalar» haqida fikr yuritar ekan, shu kunlarda hammaning ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...