Asosiy mavzular
24 noyabr 2016

Ilmiy daraja olish biznesi

«Hurriyat» gazetasida (23.11) gazetasida «Munozara uchun mavzu» rukni ostida «Fan biznesmi yoki ilm?» sarlavhali maqola chop etildi.

Maqola O‘zbekiston prezidentining 2012 yilda qabul qilingan «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonidan ijobiy iqtibos bilan boshlangan bo‘lsa-da, mohiyatan ushbu farmon tufayli yosh olimlarga ilmiy daraja berish tizimi bugun ayanchli ahvolga kelib qolgani haqidadir.

Muallifning yozishicha, hozir fan doktori ilmiy darajasini olish uchun maxsus ro‘yxatdagi mahalliy nashrlarda dissertatsiya mavzusiga oid kamida 15 ta ilmiy ish, xorijning ixtisoslashgan nufuzli ilmiy jurnallarida 2 kam bo‘lmagan miqdorda maqolalar chiqarish sharti belgilab qo‘yilgan.

Muallif bu xorijiy nashrlarda maqola chiqarishning rasmiy narxi 500 dollardan 3000 dollargacha ekani, «mahalliy nashrlarda ham rasmiy va norasmiy to‘lovlar mavjudligi»ni aytib, oddiy oiladan chiqqan har tomonlama iqtidorli va intellektual salohiyatli yosh mutaxassislar bu xarajatlarni ko‘tara olmay, fanni tashlab ketayotganiga ishora qiladi.

Haqiqatan ham hozir O‘zbekistonda ilmiy ishini yozib tugatganiga bir necha yillar bo‘lgan, ammo shart qilib qo‘yilgan nashrlarda maqolalarini e'lon qildirishga mablag‘ topa olmayotgan yosh olimlar juda ko‘p. Ularning bir qismi O‘zbekistonni tark etib, omadini boshqa mamlakatdan yoki sohadan izlayotgani ham bor gap.

Maqolada bu shartlar haqiqiy yosh olimlarga emas, balki tanish-bilishi yoki moliyaviy imkoniyatlari mavjud, ammo fanga qiziqishi bo‘lmagan, «qachonlardir va qaerdadir asqatib qolishini o‘ylab» ilmiy daraja olishni ko‘zlayotganlarga qo‘l kelayotganiga e'tibor qaratiladi.

«Yuqorida qayd etilgan holatlar fanning biznes ob'ektiga aylanib qolayotganidan dalolat emasmikin», deya savol tashlaydi muallif va xulosa qiladi: «Maqola mavzusi – fanni biznes ob'ektidan chiqarish yoki uni xalq va millat manfaati uchun xizmat qildirish umumiy ishimiz ekanini eslatib qo‘yish edi».

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2020
Ayollar diskriminatsiyasi va gender tenglikka qarshi harakatlar avval masjidlarda, ichki ishlar xodimlari orasida (ayollarni yechintirib, to‘dalashib tomosha qilib videoga ...
21 yanvar 2020
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih hayoti haqidagi “Begona” filmining oxirgi 14-qismi uning umr yo‘ldoshi, biolog olima, ...
26 oktyabr 2018
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, ...
4 yanvar 2017
O‘zbek tili davlat maqomi olganidan 27 yil o‘tib ham, idora va shirkat nomlari rus tilida qolayotgani ajablanarli. Bundan ham ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...