Asosiy mavzular
11 dekabr 2016

Xyuman Rayts Votch Mirziyoevga real muammolar ro‘yxatini jo‘natdi

9 dekabr kuni Xyuman Rayts Votch huquq himoyasi tashkiloti Shavkat Mirziyoev nomiga O‘zbekistonda abgor holatda qolayotgan inson huquqlari ahvolini yaxshilashga qaratilgan aniq qadamlarni tashlash chaqirig‘i bitilgan maktubni yo‘lladi.

«O‘z saylovoldi kampaniyasi mobaynida Mirziyoev hukumatning mamlakat fuqarolari oldidagi mas'uliyatini oshirish zarurati haqida gapirdi. Bugun uning O‘zbekiston tarixida yangi bobni boshlash imkoni paydo bo‘ldi, biroq u o‘z prezidentligi davrida, saylovoldi va'dalari shunchaki berilmaganini isbotlashi uchun, o‘tmishdagi va bugun davom etayotgan inson huquqlarining buzilishi hollari bilan shug‘ullanishi lozim»,- deyiladi Xyuman Rayts Votch matbuot xabarida.

Huquq himoya tashkiloti, mamlakatdagi inson huquqlari ahvolini amalda yaxshilash uchun Mirziyoevga quyidagi qadamlarni qo‘yishni taklif etadi:
Siyosiy mahkumlarni ozod etish, BMT huquq himoya institutlari bilan hamkorlik qilish, qiynoqlarni to‘xtatish, OAVga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash, nohukumat tashkilotlarining davlat aralashuvisiz ishlashiga imkoniyat yaratish, din erkinligini kafolatlash, shuningdek «ekstremizm» kabi mavhum ayblovlar bilan qamalganlarni ozod etish, jinsiy va seksual mansublik alomatlariga ko‘ra diskriminatsiyani to‘xtatish, majburiy mehnatni taqiqlash va nihoyat andijon voqealari yuzasidan mustaqil surishtirish o‘tkazilishiga izn berish.

Ayrim sharhlovchilar, saylangan prezident iqtisodiyotni yaxshilash uchun qaysidir o‘zgarishlarni qilishi mumkinligini, biro Mirziyoevdan matbuot erkinligi, kuchli parlament yoki mustaqil OAVlarning paydo bo‘lishiga olib keladigan siyosiy islohotlarni kutmaslik kerakligini ta'kidlamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surhondaryo, Toshkent va O‘zbekistonning Qozog‘iston hamda ...
5 aprel 2021
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Yaxshigul Jumaeva (ismi o‘zgartirilgan) shar'iy nikohdagi eri o‘z tug‘ishgan ukasi bilan uni jinsiy ...
29 dekabr 2016
Kechayotgan 2016 yil O‘zbekiston tarixiga 27 yil umr surgan mustabid Karimovdan qutulish yili bo‘lib kirdi. Lekin voqealar zanjiriga qarasak, ...
10 sentyabr 2018
Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...