Asosiy mavzular
14 dekabr 2016

Virtual qabulxonaga murojaat ish bermadi, fuqaroning uyi buzildi

«XXI asr» gazetasi (08.12) bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarga oid navbatdagi maqolani e'lon qildi.

«Murojaatlar haqqoniy bo‘lsa..» sarlavhali maqolada dastlab Taxtako‘pir tumanilik Roza Kaipovaning virtual qabulxonaga murojaatiga e'tibor qaratiladi. Ushbu murojaatda R.Kaipova bemorlarga noto‘g‘ri tashxis qo‘ygani uchun muqaddam uch marta sudlangan, hatto mudhish xatosi tufayli shikoyatchining eri o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor amnistiya aktiga ko‘ra ozodlikka chiqarilgandan so‘ng yana o‘z ishida ishlayotganidan arz etgan.

Bu murojaat asosida noshud shifokor ishdan bo‘shatilgani ortidan shikoyatchi bosh vazirga tashakkurnoma yozgan.

Yana bir murojaatchi esa bosh vazirga ish haqini ololmayotganidan shikoyat qilganidan so‘ng maoshi olib berilgani bildiriladi. Albatta, gazeta oylar davomida ish haqini ololmayotgan katta-katta mehnat jamoalari ham borligini esga olmagan.

Ishtixonlik fuqaro esa bosh vazirga o‘g‘lining uy-joyi buzib tashlanayotganidan shikoyat etgan.

«O‘rganish jarayonida uy-joy aslida fermer xo‘jaligiga tegishli yerda noqonuniy qurilgani, bir necha bor tushuntirish berilganiga qaramay, fuqaro uni o‘z ixtiyori bilan buzmagani sababli uy sud qarori bilan buzilib, bu haqda dalolatnoma tuzildi», deyiladi gazetada.

Gazeta virtual qabulxonaga murojaat qilayotganlarning hammasi ham jabrlanuvchi emasligini bildirib, bu «joylarda sekin-asta adolat tarozisi tenglashayotganidan dalolat beryapti», deya xulosa qiladi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishini Eltuz.com manbalari tasdiqladi: «Shoir jasadi ...
5 oktyabr 2023
Eltuzga yetib kelgan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 4 oktyabr kuni Bishkek markazida amalga oshirilgan jinoyatchilarni  qo‘lga amaliyoti chog‘ida Qirg‘izistonlik Qamchibek ...
6 fevral 2018
Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketayotgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi. Turkiyadagi «Hurriyat» ...
31 iyul 2023
Shaxrixonsoyda uch o‘spirin jasadi topildi. 30 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoydan uchta o‘spirin yigit murdasi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...