Asosiy mavzular
31 iyul 2023

Shahrixoncoydagi murdalar, ta'magir va poraxo‘rlar qamaldi – 600’50

Shaxrixonsoyda uch o‘spirin jasadi topildi. 30 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoydan uchta o‘spirin yigit murdasi topilgan.

Guvohlarga ko‘ra, yoshlar soyda cho‘milayotgan paytda murdalar oqib kelgan. IIB xodimlari cho‘milishga kelganlar yordamida o‘liklarni soydan chiqarib olishgan.

Qutqaruvchilar uch o‘spirinning Andijon viloyati Jalaquduk tumani Yorqishloq turg‘unlari ekanini bildirishgan. Jasadlar tez yordam mashinasida olib ketilgan.    

+++

Shuningdek Toshkent viloyatining Bo‘zsuvida 16 yashar yigit oqib ketgani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, 28 iyul kuni soat 17:30 lar atrofida 16 yashar Jozilov Abduaziz Bo‘zsuv kanalining Qibraydan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan. 

Bu haqda IIBga ma'lum qilingan.  Jasadini Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari qidirmoqda. Abduaziz hozirga qadar topilmagan.  

Yaqinlari Abduazizning o‘z istagi bilan kanalga tushganiga shubha bildirmoqda. Ularga ko‘ra, o‘spirin suzishni bilmagan.  Ular Abduaziz o‘ldirilgan degan gumonda.

+++

Olotda suv quvuri yorildi. Buxoro viloyati Olot tumani Hamza 1-nasos stantsiyasidagi quvur yuqori suv  bosimi tufayli yorilgan. Yerlarni sug‘orish avj pallasida to‘qqizta agregat suv ostida qolgani aytilmoqda.

+++

O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa Malika Ahmedovaning uyidan 680 ming AQSh dollari miqdoridagi qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani bo‘yicha to‘rt kishi ayblanib qamoqqa olindi! O‘g‘rilar qamoqda.

+++

Farg‘ona viloyati IIB xabariga ko‘ra, huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, o‘zini mustaqil bloger deb tanishtirgan fuqaro Olimjon Haydarov tovlamachilik ustida qo‘lga olingan.

Rasmiy xabarga ko‘ra u 12 iyun kuni “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksida «norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruktsiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylashtirgan.»

Bloger yana “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi MChJ rasmiylaridan o‘zi tayyorlagan “Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar'iy boshqaruvmi?» nomli salbiy mazmundagi «maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2.500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.», — deyiladi IIB bayonotida.

Bloger Olimjon Haydarov qamoqda.

+++

Suriyaga o‘tishga uringan o‘zbekistonlik 8 yilga qamaldi.

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan bu shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Andijon viloyatida yashovchi, 1993 yil tug‘ilgan  shaxs 2021-2022 yillarda Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining ta'siriga tushib, ularning safiga borib qo‘shilishni reja qiladi.

Shu maqsadda u bir necha bor Suriyaga o‘tishga urinadi, lekin, turk chegarachilari bunga imkon bermaydi. Ammo, navbatdagi urinish vaqtida u harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Ta'kidlash lozimki, mazkur shaxs doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot a'zolari bilan aloqada bo‘lgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra, I.U. ismli mazkur shaxs Jinoyat Kodeksining 155-2 va 244-2-moddalari bilan aybdor deb topilib, 8 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

+++

Soxta advokat soxta dollar bilan qo‘lga tushdi. Namangan viloyatining Norin tumanida o‘zini advokat deb tanishtirgan shaxs sud qarorini 3 oy muddatga kechiktirib berish evaziga 200 dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Rasmiy xabarga ko‘ra, shu yilning 19 iyul kuni Norin tumanida yashovchi fuqaro Davlat Xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilib, ayni tumanda yashovchi shaxs uning Uchqo‘rg‘on tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga yozgan arizasi yuzasidan fuqaroning yashash xonadonidan majburiy tartibda chiqarish qarorini uch oy muddatga kechiktirib berish evaziga 200 AQSh dollar pul talab qilayotganini ma'lum qilib ushbu shaxs harakatlarining qonuniyligini tekshirib berishni so‘ragan. Mazkur ariza yuzasidan tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi va korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyat bo‘limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida arizada nomi keltirilgan shaxs arizachidan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sinxron

Tergovga qadar Tekshiruv davomida ushbu shaxs hech qanday yuridik ma'lumotga ega emasligi, hozirga qadar u advokatlik firmasida oddiy ishchi sifatida faoliyat yuritishi ma'lum bo‘ldi.

+++

Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori davlat zahirasiga olingan hududda tarkibida oltin bo‘lgan ruda qazib olish uchun sharoit yaratib, huquq tartibot idoralari tomonidan bo‘ladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turish evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming dollar talab qilib, DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

+++

Buxoro viloyatining Kogon tumanida kuzatilgan xolatda esa,  Kogon tumani ichki ishlar xodimi fuqaroning ichki ishlar organlariga kelib tushgan arizasini o‘zining vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga ijobiy hal etib berish evaziga 1300 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura xuzuridagi departament xodimlari tomonidan ushlandi.

+++

Namangan viloyatida qayd etilgan xolatda, Davlatobod tumani Davlat soliq inspektsiyasi bosh inspektori MChJning moliyaviy faoliyati yuzasidan kameral soliq tekshiruvi natijasida jamiyatga 383 million so‘mlik foyda solig‘i qo‘shimcha hisoblanganligi va bu pul mablag‘i jamiyat tomonidan to‘lanishi kerakligini aytadi. Shuningdek soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali ushbu summani bartaraf etib berish evaziga jamiyat vakilidan 3000 AQSh dollari talab qiladi. DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan porani olayotgan paytida ushlandi.   

+++

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muxofaza qiluvchi idora xodimlari bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan tezkor tadbirda Milliy Gvardiyaning Andijon viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Andijon bo‘limi zobiti yuqori bo‘limda ishlovchi hamkasblari orqali fuqaroni milliy gvardiya tizimiga harbiy xizmatchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Hozirda barcha yuqoridagi holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.

+++  

Istanbulning Esenyurt mintaqasida joylashgan do‘konda yuz bergan otishmada ikki kishi o‘ldi. Otishmaga birining ikkinchisini tarmoqda haqorat qilgani sabab bo‘lgan.

Do‘konga bostirib kelganlardan biri,  «Otangga telefon qil, gaplashaylik,» degan, «Sen nimaga kelding bu yerga?» deya e'tiroz bildirgan do‘kon sotuvchisi.  Tortishuv otishmaga aylangan…

+++

Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2016
23 noyabr kuni Alisher Navoiyning 575 yilligiga bag‘ishlangan adabiy musiqiy kechada so‘z berilgan hofiz gapirishga qo‘rqishini bildirdi. Musiqiy kecha ...
31 avgust 2017
Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va ...
9 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Camarqand, Xorazm, Toshkent va Surxondaryo ...
18 yanvar 2016
Rejalar zo‘r, aslidachi? Rasmiy nashrlarda yozilishicha, O‘zbekiston prezidenti Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakatning yalpi ichki mahsulotini 2030 yilgacha 2 barobar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...