Asosiy mavzular
8 yanvar 2017

Mirziyoev ikki kuyovini katta ishlarga joylashtirdi

Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg‘asi bilan siyladi.

Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari Zelimxon Haydarovning o‘rinbosari etib, kichigi Otabek Shaxanov esa prezdent xavfsizlik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda Eltuzga Shavkat Mirziyoev oilasiga yaqin ikki manba ma'lum qildi.

Karimov o‘limidan baxti chopgan kuyov

Mirziyoevning to‘ng‘ich qizi Saidaning eri Oybek Tursunov haqida turli ziddiyatli fikrlar yuradi.

Mirziyoev bosh vazir ekan davlat zahiralarini boshqarish qo‘mitasida mulozim bo‘lgan Oybek Tursunov ayni idoradagi kamomadi hamda valyuta qora bozoridagi faoliyati tufayli katta muammoga duch kelgan.

Jazodan omon qolish umidida Oybek Moskvaning eng hashamatli “Rublyovka” mavzesida yashashga majbur bo‘lgan va faqat Islom Karimov o‘limidan keyingina O‘zbekistonga qaytgan.

Uning otasi O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi sobiq boshlig‘i, iste'fodagi polkovnik Botir Tursunovdir.

Oybekning bojasi Otabek Shaxanov haqida ma'lumotlar nihoyatda oz.

2010 yili IzRus portali Otabekning xotini Shahnoza Mirziyoeva Isroilning «Ixilov» kasalxonasida qiz farzand ko‘rgani haqida yozgandi.

Bojalar davri

Shavkat Mirziyoev marhum prezident Islom Karimov izidan borishini baralla e'lon qilgan esa-da, amalda mutlaqo boshqacha siyosat yuritayotgani oxirgi paytlarda tobora yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Shu jumladan uning oila a'zolariga bo‘lgan munosabatida ham mutlaqo o‘zgacha yondashuvni ko‘rish mumkin.

Marhum prezident o‘z kuyovlarini hokimiyatdan qancha yiroq tutgan bo‘lsa, joriy prezident o‘z kuyovlarini hokimiyatga shuncha yaqinlashtirmoqda.

Shamsiddin To‘laganov

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 mart 2018
Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha 15 mart kuni o‘tgan sud majlisida Respublika sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jurnalistga nisbatan qiynoqlar ...
19 sentyabr 2021
O‘zbekistonning “Orient Group” kompaniyasi bilan bog‘liq bir yillik tergov ishi shuni ko‘rsatdiki, uning O‘zbekiston prezidenti bilan oilaviy aloqasi mavjud ...
3 sentyabr 2016
«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya ...
11 may 2020
1994 yildan beri surgunda yashayotgan muxolifat lideri Muhammad Solih 10 may kuni o‘zining feysbuk sahifasida O‘zbekiston prezidenti iste'fosini talab ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...