Asosiy mavzular
16 yanvar 2017

O‘zini kartoshka bilan ta'minlayotgan «qudratli davlat»

Har narsadan hikmat izlaydigan xalqmiz. Avvalgi prezidentning har bir gapidan hikmat izlayverib charchamagan ekanmiz shekilli, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori ham «XXI asr» gazetasidagi (12.01) chiqishida yangi davlat rahbarining «2017 yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nomlashida o‘ziga xos hikmat bor»ligini ko‘ribdi.

Professorning maqolasi prezidentning  biror uchrashuvi, ma'ruzasi yoki farmoniga munosabat bildirish an'anasining namunasi bo‘lib, davlat rahbarining ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvi ortidan chop etilgan.

Olim gapni uzoqdan boshlagan. «Bundan qariyb 26 yil avval aholisini birgina kartoshka bilan ta'minlashga imkoni bo‘lmagan bir qoloq respublika … dunyo miqyosida rivojlanishning «o‘zbek modeli» bilan e'tirof etilgan qudratli davlatga aylandi», deydi muallif.

U yoki atayin yolg‘on yozgan, yoki keyingi vaqtlarda bozor oralamagan. Agar bozorga borganida bu «qudratli davlat»ning fuqarolari hukumatning zo‘ri bilan arzonlashtirilgan narxda sotilayotgan kartoshkaga qator-qator navbatda turganini ko‘rgan bo‘lardi.

Shundan so‘ng professor mamlakatimizdagi ta'lim tizimining «zamon talablariga javob beradigan» shart-sharoitlari haqida lof urishga o‘tadi va buni qiyoslash uchun: «… hozirgi kunda rivojlangan davlat deb aytiladigan o‘lkalarda 12 yillik bepul majburiy ta'limga erishilgani yo‘q, aqalli 5 yillik majburiy ta'limni ta'minlashga davlatning qurbi yetmayapti», deb yozadi.

Albatta, maqtalayotgan ta'lim tizimida bolalar metallolom, makalatura yig‘ish, paxta terimiga jalb etilishi haqida olim hech narsa demaydi.

«Qorovulbozor raqobatga tayyor», deya jar soldi shu gazeta orqali Qorovulbozordagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi sex boshlig‘i.

Benzin taqchil bo‘lib, Toshkentdan boshqa joylar erkin yoqilg‘i savdosi haqida unutganiga ancha yillar bo‘lgan, chiqargan benzini ham iflosligi sababli mashina motorini chiyillatib yuboradigan zavod kim bilan raqobat qilmoqchi, deb o‘ylanib qoladi kishi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2023
AQShda yashaydigan yashaydigan 37 yashar o‘zbek Jonibek Rahimov (Doordash driver) ya'ni ovqatni buyurtmachiga eltib berayotgan paytda ovqat buyurgan xotinga ...
24 noyabr 2016
Kasalxonadagi ayolning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek ayol shikoyatini Adana ...
7 may 2021
Rassom Kirpi
27 aprel 2016
Gap O‘zbekistonda ancha vaqtdan beri davom etayotgan benzin taqchilligi muammosi haqida bormoqda. Bugun benzin faqat Toshkentdagina bir amallab topilayotgani, ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...