Asosiy mavzular
31 yanvar 2017

O‘zLiDePchilar vaqt kutib turmasligini bilib qoldi

«XXI asr» gazetasi (26.01) O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroqo‘mi va parlamentdagi fraktsiyasining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi haqida maqola e'lon qildi.

Partiya yetakchisi majlisni «muhtaram prezident tilga olgan barcha muammolar ortida hayotiy haqiqat yotgani» to‘g‘risidagi e'tirof bilan boshlagan.

Shundan so‘ng yangi prezidentning yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma'ruzasi «xalqimiz uchun dasturilamal» ekanini bildirib, uni «puxta o‘rganib chiqishni partiya a'zolari o‘rtasida tizimli tashkil etish lozim»ligini aytgan.

O‘zLiDePning «Diplom bilan biznes»ga nomli loyihasi bor. Bu loyiha doirasida kollej bitiruvchilariga tijorat banklari tomonidan kredit ajratiladi. Shu paytgacha partiya mazkur loyiha ishtirok etgan falonta bitiruvchiga falon million so‘m kredit berilgani to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib kelardi.

Endi ma'lum bo‘lyaptiki, gazetaning yozishicha, partiya berilgan deb ayyuhannos solingan bu kreditlar berilgan yoki berilmaganidan ham bexabar ekan.

«Umuman olganda, ularga kredit ajratilyaptimi, degan haqli savollar hali-hunuz ochiqligicha qolmoqda», deb yozdi gazeta.

«Vaqt endi kutib turmaydi, barchamizdan qat'iyatlilik, tashabbuskorlik, fidoyilik talab etilyapti», deya e'lon qilindi partiya majlisida.

Qiziq, shuncha vaqtgacha partiya vaqt kutib turadi, deb o‘ylaganmikin? Yoki marhum prezidentning uzoqqa cho‘zilgan hukmronligi sabab ularga vaqt to‘xtab qolgandek tuyulganmikin?
Partiya majlisida aytilgan gaplar qog‘ozda qolib ketishi hozirdanoq aniq ekaniga ishora qiluvchi jihatlar bor maqolada.

Jumladan, partiya yetakchisi aholining muammolarini va ularni yechish yo‘llarini o‘rganish o‘rniga prezident nutqining o‘zini o‘rganishni tizimli tashkil etishga urg‘u berayotgani ana shunday xulosaga yetaklovchi ishoralardan biridir.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 may 2017
Britaniyada yashayotgan, 69 yoshn o‘zbek professori Ahmad Hoji Xorazmiy bir soatlik qo‘shiqlari dastasini yutub kanaliga qo‘ydi. Dam tor, dam ...
7 yanvar 2020
Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan ...
18 mart 2023
Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida 2014 yilning 18 martida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. ...
16 dekabr 2019
Taniqli siyosatchi va shoir Muhammad Solih “Begona” filmining 7-qismida 80-yillarning ohirida O‘zbekistonda xalq irodasi bilan sovet tuzumiga qarshi milliy ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...