Asosiy mavzular
1 mart 2020

1995 yil 1 mart kuni jurnalist Vladislav Listev otib o‘ldirilgan edi

Gorbachyov davri yetishtirgan eng taniqli rus-sovet jurnalisti Vladislav Listev 1995 yilning 1 martida Moskvada otib o‘ldirilgan edi.

O‘sha paytda u Rossiyadagi «Birinchi» TV kanali (sobiq ORT)ning bosh direktori lavozimida ishlardi.

Bu qotillik hanuz ochilmasdan qolmoqda. O‘tgan davr ichida na buyurtmachi va na qotil ushlangani yo‘q. Foto: http://newlookmedia.ru

Tafsilotlar

1995 yilning 1 mart oqshomida «Chas pik» ko‘rsatuvini efirga uzatib chiqqan Vladislav Listev o‘z uyi yo‘lagi oldida otib ketildi. Birinchi o‘q qo‘liga, ikkinchi o‘q esa boshiga tegdi.

Jurnalistning o‘limi Rossiya va MDHni larzaga keltirdi. Qotillik borasida Rossiyaning o‘sha davrdagi prezidenti Boris Yeltsin maxsus bayonot bilan chiqdi.

Ehtimoliy qotillar ro‘yxati

1996 yili «Forbes» jurnalida bosilgan «Kremlning xoch otasi» sarlavhali maqola muallifi Pol Xlebnikov oligarx Boris Berezovskiyni qotillik buyurtmachisi, deya aybladi.

Ammo Pol Xlebnikovning o‘zi ham Moskvada otib ketildi. 2004 yilning 9 iyunida sodir bo‘lgan bu jinoyat ham ochilmadi.

2013 yil aprelida Rossiyadagi «Snob» jrnalida «Birinchi» kanali bosh direktori Konstantin Ernstning e'tirofi chop qilindi. Ernstga ko‘ra, Vladislav Listevni o‘ldirishga Sergey Lisovskiy buyurtma bergan.

O‘z navbatida, Lisovskiy bundan tondi.

FXX sobiq podpolkovnigi Aleksandr Litvinenko «Lubyanka jinoiy guruhi» kitobida KGB-FXX zobitlari Aleksandr Korjakov va Aleksandr Komelkovni Listev o‘limini tashkillashtirganda aybladi.

Pirovardida Litvinenkoning o‘zi radiaktiv modda bilan zaharlab o‘ldirildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2021
26 fevral kuni kuch ishlatar tizimlar mavjud qonun-qoidalarga zid tarzda siyosiy partiya tashabbuskori, professor Xidirnazar Allaqulovni kuch ishlatib uyidan ...
1 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 16-qismi millatni, o‘zlikni tanish mavzulariga bag‘ishlanadi. Shoir o‘zining 30 yillik ...
2 aprel 2016
Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank ...
22 fevral 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda bo‘lgan jurnalist, 64 yoshli Muhammad Bekjon 22 fevral kuni o‘zining feysbuk sahifasida shunday yozuv ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...