Asosiy mavzular
9 mart 2017

Go‘sht deb sotilayotgan suyaklar

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda go‘sht narxi osmon bo‘lib ketdi. Hukumat ham buni ko‘rib, muammoni yechish harakatiga tushib qoldi.

Bozorlarda sotiladigan go‘sht narxini belgilab qo‘ydi hukumat. «Jamiyat» gazetasida (03.02) chop etilgan maqola aynan shu mavzuga bag‘ishlangan.

Unda yozilishicha, Toshkent shahri hokimligi ko‘rsatmasiga asosan, bozorlarda «go‘sht mahsulotlarining eng yuqori cheklangan narxi 20 ming, tadbirkorlar rastalarida 23 ming so‘m etib belgilangan».

Maqola muallifi mana shunday go‘sht sotish nuqtalaridagi qallobliklar haqida fikr yuritar ekan, bozordagi qassoblarning qilg‘iliklarini qalamga oladi.

Uning iddaosicha, qassoblar 2 kilo kilo go‘sht sotib olmoqchi bo‘lsangiz, unga kamida 500 g suyak va charvi qo‘shib beradi. Ya'ni shuncha suyak va charvini go‘sht narxida sotadi. Siz 2 kilo go‘sht narxida aslida bor-yo‘g‘i bir yarim kilo go‘sht olasiz, qolganiga suyaklik bo‘lasiz.

Muallifning e'tirof etishicha, qassoblar so‘yilgan molga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan suyaklarni ham sotayotir. Ya'ni go‘sht boshqa molniki, suyagi boshqasiniki.

Buning isboti sifatida maqolada har bitta so‘yilgan molning sof 1 kg go‘shtiga 150 g suyak to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida bir olimning isboti ham keltirilgan.

Darhaqiqat, hukumat go‘shtga qat'iy narx belgilagan. Lekin bozordagi erkin narx umuman boshqa. Shuning uchun davlat aytgan narxda savdo qiladigan qassoblar erkin bozorda faoliyat yuritayotgan hamkasblaridan quruq suyakni sotib olib, keyin uni xaridorlarga go‘sht bahosida pullamoqda.

Agar bozordan go‘sht sotib olmoqchi bo‘lsangiz, qassoblarning o‘zi ham qallobligini yashirib o‘tirmaydi.

«Go‘sht bozorda erkin narxda qanchaga sotilayotgan bo‘lsa, biz ham suyak qo‘yish orqali baribir o‘sha narxda o‘tkazmasak, bu yerda o‘tirishimizdan foyda yo‘q», deydi ular ochiqchasiga.

Bu o‘rinda bir haqiqat yana maydonga chiqadi. Hukumat qancha zug‘um o‘tkazmasin, qanchalik qat'iy narx belgilamasin, baribir savdogar hech narsani bozor ko‘rsatib bergan bahodan kamiga sotmaydi.

Garchi yuqorida tilga olganimiz maqolada bunday xulosa keltirilmagan bo‘lsa-da, undan anglashma shuki, davlat boshqaruviga asoslangan narx-navo siyosati hech qachon o‘zini oqlamagan!…

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 mart 2018
Respublika harbiy prokuraturasi rahbari o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Abdulhakimov iltimosnomasiga ko‘ra, mahkumlarni qiynab o‘ldirishda ayblanib 26 fevral kuni hibsga olingan ...
28 sentyabr 2015
Ba'zida o‘zaro bahslashayotanlar orasida bir-birini «manqurt (zombi)» likda ayblashlar uchrab turadi. Xo‘sh, aslida manqurtlar kimlar? Men hozir qo‘ldan kelgancha ...
4 iyun 2018
Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning ishdan olinishi unga aloqador kimsalarni kemadan qochishga urinayotgan kalamushlarga aylantirgan ko‘rinadi. Qudratli soliqchining katta-katta ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...