Asosiy mavzular
23 mart 2017

Fermerlar nega ishlamayapti?

Prezidentning topshirig‘iga labbay deb javob berayotgan partiyalar deputatlari shu kunlarda tumanma-tuman chopib yuribdi. Bu partiyalarning nashrlari ham mazkur safarlar haqidagi hisobotlarni peshma-pesh o‘quvchiga yetkazib yotibdi.

Xususan, «Adolat» gazetasi shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, aholining muammolarini o‘rganib kelgani haqida yozar ekan,»Kamchiliklar o‘rganildi, navbat amaliy ishga», deya e'lon qildi.

Maqolada senator va deputatlarning qanchalik faol ishlayotganini ko‘rsatishga ishora beradigan raqamlar to‘lib yotibdi. Ular yechimini topib bergan ba'zi muammolarni o‘qir ekansiz, kulishni ham, kuyishni ham bilmaysiz.

To‘g‘ri, baraka topgurlar tumandagi 417 ta xonadonda bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan, ta'lim, kredit kabi ayrim sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etgan.

Lekin gazeta tushmagur bir guruh senator va deputatlarning qilgan amaliy yordamlariga keltirgan misollari bilan ularni sal kulgiga qo‘ygani yaxshi bo‘lmagan.

Ya'nikim, senator va deputatlar Surxon mahallasi hududidan o‘tgan 300 metrdan ziyod eskirgan elektr simi tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan almashtirilishiga erishibdi.

Shunday nufuzli xalq vakillarining qilgan ishlarini arzimagan misol bilan ko‘rsatib, ularning xizmatlarini yerga urish shartmikin, deb o‘ylanib qoladi odam.

Maqolada ayrim raqamlar ham keltirilganki, ular tumandagi ahvol ancha nochor ekanidan darak beradi.

Xususan, tumanda 938 ta korxonadan 128 tasi yoki 14 foizi faoliyat ko‘rsatmayapti. Fermer xo‘jaliklari bo‘yicha vaziyat esa bundan ham battar. Tumandagi jami 1022 ta fermer xo‘jaligidan 437 tasi umuman faoliyat yurgizmayotgan ekan.

«Demak, tumanda qanchadan qancha yer bekor yotgan ekan-da? Fermerlarning ishlashni xohlamayotganiga sabab nima?» kabi savollar paydo bo‘ladi bu raqamni ko‘rganingizdan keyin.

Ammo maqolada senatorlar va deputatlar bu masala yechimini topish uchun nima ishlar qilgani haqida hech narsa deyilmagan.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 oktyabr 2015
Paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga oid monitoring o‘tkazish maqsadida “Alyans” inson huquqlari lideri Yelena Urlaeva bilan 2015 yilning 27 ...
12 mart 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi yopiq chegaralar ochildi va ikki mamlakat vatandoshlari uchun 30 kunlik ...
14 mart 2017
O‘zbekistonda shu kunlarda ham notaruislarning oshig‘i olchi. Mamlakatdagi eng daromadli kasblardan biri notarius. Shu paytgacha ularning qirg‘irliklari haqida deyarli ...
29 oktyabr 2018
Prezident Mirziyoev 29 oktyabr kungi farmoyishi bilan bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaevni g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...