Asosiy mavzular
28 sentyabr 2017

«Paxtaga chiqmaganga gaz ballon yo‘q!»

Andijon shahrida, mahalla faollari gaz ballon berish va'dasi bilan odamlarni paxta terimiga jalb qilishmoqda.

«Eltuz» muxbiriga ko‘ra, Andijon shahridagi Gulchehra ismli «Erkin» mahalla faollari yig‘ini kotibasi «Paxta terimiga chiqmagan yoki mardikor terimchi yollamagan fuqarolarga propan gaz ballon sotilmasligini bildirgan.

Andijon shahar markazida joylashgan «Pillakash» maxalla faollari yig‘ini faollari ham uyma uy yurib gaz ballon olishni istaganlarning ro‘yxatini yig‘moqda.

«Hayot qiyinlashib ketdi, ikki oydan beri gaz ballon olib kelishmayapti. Endi bo‘lsa paxtaga chiqmasalaring gaz berilmaydi deyishayapti» deydi gaz o‘choqqa o‘tin yoqayotgan andijonlik uy bekasi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Uning «Eltuz» muxbiriga bildirishicha, bitta gaz ballon 13000 so‘m turadi, bu kunga bir mahal ovqat va choy qaynatgan taqdirda 15 kunga yetishi mumkin.

Boshqa bir suhbatdosh, MFY kotibidan ma'lumotnoma olish uchun borganida undan, paxta terimi uchun pul to‘lashni talab qilgani haqida bildirdi.

Shuningdek u mahallaning tabiiy gaz tarmog‘idan besh yil burun uzilgani, elektr tarmog‘ida ham, ba'zan 12 soatgacha davom etadigan uzilishlar borligini aytadi.

Bosh vazir Abdulla Aripovning 21 sentyabr kuni majburiy terimchilarni paxtadan qaytarish haqidagi ko‘rsatmasiga qaramay Andijonda talabalarni majburiy terimga jalb etish davom etmoqda.

Jumladan, «Eltuz» muxbirining o‘rganishicha, Andijon shahridagi Sport kolleji talabalari xamon paxta termoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 mart 2018
Ustidan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 22 fevraldan beri hibsda qolayotgan sobiq Bosh prokuror Rashidjon ...
14 sentyabr 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
23 noyabr 2018
Urganch tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi jurnalist Bobojonovlarning da'vosi bo‘yicha 23 noyabrga belgilangan sud majlisini noma'lum muddatga qoldirdi. Bobojonovlarning ...
31 mart 2016
Qozog‘istondagi parlament saylovi dastlabki natijalariga ko‘ra, Prezident Nursulton Nazarboev yetakchiligidagi «Nur Otan» partiyasi 82,15 foiz ovoz to‘plab g‘alabaga erishgan. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...