Asosiy mavzular
12 iyun 2018

Ko‘prikni nega chet elliklarga qurdiramiz?

Bundan bir qancha vaqt avval ayrim mahalliy saytlar “Jahon” axborot agentligi xabariga tayangan holda Belgiyaning Victor Buyck Steel Construction (VBSC) kompaniyasi Toshkentda 23 ta piyodalar yerusti ko‘prigi qurishi haqida xabar tarqatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, loyiha O‘zbekiston delegatsiyasining may oyida Bryusselga tashrifi doirasida taqdim etilgan.

Maqolada VBSC ijrochi direktori Pit Ferxayen bir necha oy avval Toshkentga tashrif buyurgani, o‘zbek hamkasblari piyodalar yerusti ko‘priklarini qurish bo‘yicha loyihani ko‘rib chiqishni taklif etganini aytgani bayon qilingan.

Eng qizig‘i, kun.uz sayti Toshkent shahri hokimligi masala bo‘yicha savolni javobsiz qoldirganini yozgan.

Agar masalaga chuqurroq qaralsa, o‘zbek quruvchilari Toshkentda ajoyib piyodalar ko‘priklarini qurgani, shu kunlarda yana qurayotgani e'tiborga olinsa, qiziq fikrlar uyg‘onishi mumkin.

Piyodalar ko‘prigi qurish quruvchi tashkilotga bir marta foyda keltiradi. Quruvchi pulni oladi, ko‘prikni quradi, shu bilan ketdi.

Ya'ni undan foydalanish quruvchi tashkilotga boshqa foyda keltirmaydi. Zero, ko‘prikdan foydalanish bepul.

Asosiy savollar shu o‘rinda tug‘iladi. Nega o‘zimizda ko‘prik qurishning hadisini olgan tashkilotlar bor bo‘lgan bir paytda chet elliklar xizmatidan foydalanishga ehtiyoj tug‘ildi?

Nega ko‘prik qurilishi uchun valyutada pul to‘lab, chet el kompaniyasini jalb etishimiz kerak? Yoki ular biznikilardan yaxshiroq quradimi?

Biznes markazlar, tijorat maqsadidagi katta-katta qurilishlarga xorijiy kompaniyalarni jalb etish kerakligi o‘z-o‘zidan tushunarli. Ular shunga mablag‘ ham tikadi, ya'ni investitsiya kiritadi, chunki bu qurilishlar kelajakda foyda keltiradi.

Albatta, Toshkent shahri hokimligi piyodalar ko‘priklarini qurish bo‘yicha xorijlik sheriklar bilan qanday shartlarda kelishuvga borayotgani bizga qorong‘u.

Agar gap yangi texnologiyalar haqida borayotgan bo‘lsa, bu texnologiyalarni o‘zimizning mutaxassislar o‘rganishini ta'minlab, zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilishga nima xalaqit beradi?

Axir xarid qilingan texnologiyalar, avvalo, o‘zimizda qolib, keyin ham xizmat qiladi-ku!

Zero, pulimiz bor ekanki, chet elliklarga qurdirmoqchimiz ko‘priklarni. Har holda ular tekinga qurmasa kerak?!

Mana shunday savollarga amaldorlar ochiq-oshkora javob bermay turgan bir paytda mutasaddilar o‘zimizning qo‘limizdan keladigan ish uchun chet elliklarga pul to‘lamoqchi bo‘layotganini tushunish ancha qiyin.

Shunday emasmi?

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2016
Bugun soat 16.00 da boshlangan mahkama bor yo‘g‘i bir kun davom etdi va kutilmaganda huquq himoyachisining ozod etilishi bilan ...
10 oktyabr 2018
O‘zbekiston madaniyat jamg‘armasi va Frantsiyadagi Luvr muzeyi o‘rtasida 9 oktyabr kuni o‘zaro memorandum imzolandi. Madaniyat vazirligi saytida bildirilishicha,  ushbu ...
22 dekabr 2017
Marhum prezidentning jiyani Jamshid Karimov haqida tasvirlar olayotgan jurnalist Ulug‘bek Ashur 22 dekabr kuni film treylerini taqdim etdi. U ...
22 iyun 2017
Talaba o‘limiga sabab bo‘lgan janjal ortidan Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopiladigan bo‘ldi. Ayni paytda O‘zbekistonda 11 sinflik maktab ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...