Asosiy mavzular
20 iyun 2017

O‘g‘lining o‘ldirilishidan arz qilgan ayol sudlandi

19 iyun kuni kechqurun prezidentga shikoyati yuzasidan Toshkentga, Ichki ishlar vazirligidagi qabulga ketayotganida Surxandaryolik Karomat Qodirova yulda ushlanib orqaga qaytarildi.

Darband postida ushlangan ayolning Surxondaryoga olib ketilgani haqida 20 iyun kuni mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulova xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, Karomat Qodirova Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudi binosiga keltirilgan.

Soat tungi 22.00-23.00 larda sud bo‘lib o‘tgan.

Sud idorasidan militsiyaning maxsus mashinasida olib chiqilgan Karomat Qodirova 19 -dan 20 ga o‘tar kechasi Termiz shahriga olib ketilgan.

Hozirga qadar, ayolning ustidan bo‘lib o‘tgan sud qanday qaror chiqargani, uni nimada ayblashgani noma'lum.

Mojaro tadbirkor o‘g‘ilning o‘ldirilishi bilan bog‘liq

Karomat Qodirova, o‘g‘li Murodilla Omonovning 2017 yilning 20 yanvarida Jarqo‘rg‘on IIB binosida o‘ldirilgan deya hisoblaydi.

«Farzandimni militsiya xodimlari militsiyaga olib kirib ketib, yarim soatda o‘ldirib, jasadini morgga olib borib, nimtalab-nimtalab kesib tashlab, mening oldimga ertalab saharda olib kelib tashlashdi» deydi Qodirova o‘zining prezidentga videomurojaatida.

Biroq, viloyat rasmiylari ayolning o‘g‘li o‘ldirilganini inkor etib keladi. Jumladan Sud ekspertizasining “Marhum Murodilla Amonov o‘zini o‘zi osib o‘ldirgan” degan hulosalari mavjud.

Surxondaryo viloyat IIB sobiq boshlig‘i Ataev Jasurbek esa, uning yurak hurujidan o‘lganini iddao qiladi.

Murodilla Omonovning ushlanishiga rasmiy ayblov, uning avtomobilda yo‘l harakati qoidasini buzgani bo‘lgani qayd etilgan.

Biroq marhumning onasi Karomat Qodirova, o‘g‘liga qasd qilinishida Bozor hududidagi unga tegishli 10 sotix yer sabab bo‘lgan deya iddao qiladi.

Bozorqum Abdullaboy Rahmonov undan yerini sotishni so‘ragan, u esa buni rad qilgan.

«Jarqo‘rg‘on tuman hokimi bo‘lgan Usmon Turobov va dehqon bozori bozorqo‘mi Abdulla Rahmonovning buyurtmasi asosida farzandimni o‘ldirishdi», deydi ayol:

O‘g‘lining o‘limi sabablarini har tomonlama surishtirishni talab qilib, Karomat Kodirova prezident qabulxonasiga shikoyat qilgan va uni 22 iyun soat 10.00 da Ichki ishlar vazirligidagi qabulga chaqirishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 noyabr 2023
Salom qadrli muxlislar, ko‘rsatuvlarimizni Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qish bilan davom ettiramiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax, ...
3 oktyabr 2019
Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matvienko bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasini o‘rganayotir. Matvienkoning aytishicha, ...
14 iyun 2024
Rus shovinist ashulachisi Oleg Gazmanov o‘zining “Rus dunyosi” deya atalgan yangi qo‘shig‘ida sobiq sovet mamlakatlariga tanklarda kirib borish bilan ...
28 aprel 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...