Asosiy mavzular
3 iyul 2018

Uychilik qariyalar MIB boshlig‘ini sazoyi qilishdi

Uychida tuman ahlini haqorat qilgan Majburiy ijro byurosining tumandagi bo‘limi rahbari oqsoqollarning hassasi ta'mini tatib ko‘rdi. (Foto: Melis Abzalovning 1982 yilgi “Cuyunchi” filmida o‘xshash xolat talqin etilgan edi)

“Ozodlik”ning xabar berishicha, MIBning Namangan viloyati Uychi tumani bo‘limi boshlig‘i Sherali Mamarizaev qo‘l ostidagi xodimlarini muntazam tahqirlab, haqorat qilib kelgan.

Bunga tuman MIB xodimlarining aholidan qarzdorlikni undirish rejasini bajarolmagani sabab bo‘lgan.

Endi og‘ziga polvon Sheralining shaloq tilidan yangragan gaplarni tuyaga yuklab mag‘ribga jo‘natishning imkoni yo‘q. Sharmanda bo‘lamiz.

Islom Karimov davrida bobolarning paxtakashligini ko‘rib, ko‘nglingiz ozib ketardi. Ular mullalar boshchiligida paxta terib, orqasidan maktab o‘quvchisini ergashtirardi. Shu usulda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirardi.

Lekin Shavkat Mirziyoevning oshkoralik zamoni boboylarning ham tilini uzun qilgan ko‘rinadi.

Uychilik oqsoqollar Sherali Mamarizaevning oldiga borib, nega uychiliklarni haqorat qilganini izohlab berishni talab qilgan.

“Ozodlik” radiosi manbasining bildirishicha, maqoladan ikki kun o‘tib, bir necha nafar otaxon to‘g‘ri Sherali Mamarizaevning ish kabinetiga kirib borib, uning rosa adabini berishgan. Bir-ikki nafari hassasi bilan solgan ham. Keyin boshliq qochib ketgan.

“Shundan keyin boshqa ko‘rinmay qoldi. Ishni o‘rinbosari boshqarib turdi. O‘tgan hafta viloyat MIBdan kelishib, yangi rahbarni qo‘yib ketishdi. So‘kong‘ich rahbar shu ketganicha yo‘qoldi”, deydi manba.

Haqiqatan ham oqsoqollarning yaqin o‘tmishimizdagi qiliqlari ularning obro‘sini aslo yuksaltirmasdi. Aksincha, madhiyabozlik, laganbardorlikka asoslangan siyosat tegirmoniga suv quyishi ko‘pchilikning ensasini qotirardi.
Biz bolalikdan kattalarning, ayniqsa, keksalarning aytganlarini so‘zsiz haqiqatan sifatida qabul qilish ruhida tarbiyalanamiz.

Buni, bir tomondan, ko‘pchilik ongiga singdirilgani kabi milliy mentalitetimizni, qadriyatlarimizni avaylab-asrash nuqtai nazaridan bu yaxshi jihat sifatida ko‘rishimiz mumkin.

Boshqa tomondan, bundan tarbiyaning o‘z mustaqil fikriga ega, jamiyatdagi o‘zgarishlarga umumiy targ‘ibotdagidan farqli mulohazalarni bildiradigan avlodni shakllantirishda murakkabliklarga sabab bo‘lishini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik eslasa kerak, mustaqillikning ilk yillaridanoq Islom Karimov aksariyat ishlarini keksalarning maddohona so‘zlari bilan mustahkamlashni odat qilgandi.

Nazarimizda, “kamolotchi” yoshlarning to‘tiqushdek sayraydigan avlod bo‘lib voyaga yetishida oqsoqollarning ham kattagina hissasi qo‘shildi.

Endi esa xalq sha'ni va g‘ururini himoya qilishga bel bog‘lagan uychilik oqsoqollar timsolida bobolarimiz uyg‘onayotganiga ishora ko‘rgandek bo‘lyapmiz.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 iyun 2017
Shafqatsiz kaltak jarohatlaridan vafot etgan Toshkent tibbiyot kolleji talabasi o‘limi aybdorlariga jazo so‘ralgan petitsiyaga 15 mingdan ziyod imzo to‘plandi. ...
29 mart 2017
Prezident Mirziyoevning 7 martdan kuchga kirgan qarori ortidan dori darmon taqchillashuvi bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. Andijon shahridagi ...
13 noyabr 2020
“Ug‘ur” degani eski turkchada “muvaffaqiyat”, “omad” degan ma'no beradi.  Ug‘ur hali uch yosh ekan, ishchi oilaning farzandi o‘laroq Iskanderundan Germaniyaga ketdi. Bu 1965 yil edi. Onasi va otasi ...
21 oktyabr 2015
Eltuz O‘zbekistonning jasur inson huquqlari himoyachilari Malohat Eshonqulova va Yelena Urlaevalarning monitoring reydlari davomida olgan eksklyuziv fotosuratlar va audio ...
Bloglar
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko ...
24 noyabr 2020
“Humo” nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda “Humo” ...
20 noyabr 2020
Bugun kechqurun gazim yonmadi, o‘zi shundoq ham past yonardi. O‘tin-ko‘mir g‘amlamagandim. Kichkina elektrpech o‘zini o‘zi ...